5.2. O‘ZBEKISTONDA VOLEYBOLNING VUJUDGA KELIShI
Tarixni, ajdodlarimiz merosini bilmay turib bugungi kunga baho
berish, kelajak loyihasini chizish va istiqlol binosini qurishga kirishish
boshi berk ko`chaga kirib qolish ehtimolidan holi emas. Shuning uchun
har bir sohani joylarda vujudga kelishi va rivojlanish tarixini o`rganmay
shu sohani bugungi va ertangi istiqbolini ta’minlash mushkul
muammodir. Voleybol jismoniy tarbiya va sport tizimining yirik va
mustaqil irmoqlaridan biri hisoblanib, O‘zbekiston, uning viloyatlari va
tumanlarida o`ziga xos rivojlanish tarixiga ega. Voleybol O‘zbekistonda
eng ommalashgan sport turlari qatoriga kirsada, respublikamizning
barcha mintaqalarida u turli darajada «obro`-e’tibor» qozonib kelgan.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida, vodiy shahar va qishloqlarida
voleybol boshqa viloyat tumanlaridagiga nisbatan samaraliroq
«hurmat»ga sazovor bo`lgan. Bunday vaziyatning sabablari deyarli shu
viloyatlar tarixiy-ijtimoiy negizlari bilan bog`liq deb taxmin qilinsada,
lekin masala chuqur izlanishni, mavzuga oid tarixiy ma’lumotlarni ilmiy
56
asosda o`rganishni taqazo etadi.
Voleybol O‘zbekistonda qachon, qayerda va qanday vaziyatda
vujudga kelgani haqida aniq ma’lumot yo`q. Lekin ayrim taxminlarga
qaraganda 1921-24 yillarda voleybol o`yini Qo`qon, Toshkent va
Farg`onada vujudga kela boshlagan. O`sha davrning sport veterani
K.Lebedevning hikoyasiga binoan 1924-25 yillarda ko`pgina yoshlarni
doira shaklida joylashib bir-birlariga to`p uzatish o`yinlari tarqala
boshladi. Qiziq, mazkur davrda voleybol bo`yicha qabul qilingan
xalqaro musobaqa qoidalari ancha takomillashgan bo`lib, maydoncha
9x18 m, to`p bilan faqat uch marta o`ynash mumkinligi, o`yinchilar
tarkibi bir jamoada 6 kishidan iborat bo`lishi, to`rni balandligi 243 sm
(erkaklar uchun), hisob 15 ochkoga yetganda o`yinning bir bo`limi
yakunlanishi, to`pni o`yinga kiritish – xullas barcha o`yin qoidalari
zamonaviy voleybol o`yini qoidalariga o`xshash edi.
Shunga qaramay O‘zbekistonda voleybol qoidalari 1924-25 yillarda
hali ancha sodda bo`lgan. O`sha davrning V.I.Perevoznikov degan sport
ixlosmandining
aytishicha,
1926
yilda
Toshkent
shahridagi
Chernishevskiy nomli maktab o`qituvchisi Moskvadan musobaqa
qoidalari, voleybol to`ri va to`pini birinchi bor keltirgan. 1927 yilning 26
aprelida esa aynan shu maktabning voleybol to`garagi jamoasi birinchi
rasmiy musobaqa tashkil etib, unda u yuksak mahorat ko`rsatdi va
musobaqa g`olibi bo`ldi. Mazkur musobaqa voleybolni ommaviylashishi
va shakllanishida katta burilish kashf etdi. 1927 yilning yoz oylaridan
birida voleybol bo`yicha Toshkent shahar birinchiligi o`tkazilib, unda 9
ta voleybol jamoasi ishtirok etdi. Chernishevskiy nomli maktab voleybol
jamoasi bu musobaqada ham g`oliblikni qo`ldan bermadi.
Voleybolni keng ommaviylasha borishiga KIM stadionida o`tkazilib
kelingan musobaqalar katta ta’sir ko`rsatdi. 1927 yilda Toshkentda 6 ta
voleybol maydonchasi mavjud bo`lib, ular Chernishevskiy va KIM
nomli maktablarda, Mexanika texnikumida (2 ta), «Metallist» sport
to`garagi qoshida va Profintern yozgi sport klubida joylashgan edi.
1928 yilda Toshkentda kuzgi voleybol musobaqalari bo`lib o`tdi,
unda 10 ta erkaklar va 4 ta ayollar jamoalari qatnashgan edi. 1929 yildan
boshlab voleybol bo`yicha Toshkent shahar birinchiligi muntazam
o`tkazila boshladi. 1930 yillarda «Dinamo» ko`ngilli sport jamiyatida
voleybol jamoalari tuzildi. Ilk bor tuzilgan «Dinamo» voleybol
jamoasining
birinchi
murabbiysi
B.A.Vorontsov
O‘zbekistonda
voleybolning rivojlanishiga salmoqli hissa qo`shdi. Shu bilan bir qatorda
malakali mutaxassislarni yetishmasligi, ayniqsa mahalliy millatga
57
mansub yo`riqchi, murabbiy va tashkilotchilarni sanoqli bo`lganligi
voleybolning uzoq viloyat va qishloqlarda quloch yozishiga halaqit berib
keldi. Mehnatkashlarni, ayniqsa ayollarni jismoniy tarbiya va sportga,
jumladan, voleybolga jalb qilish maqsadida Toshkent shahar Kengashi
Toshkent mavze qo`mitasi bilan birgalikda 1929 yil 25 apreldan 15
maygacha Respublika miqyosida amaliy haftalik tashkil qilgan edi.
Mazkur tadbir sezilarli natijalar berdi. Jumladan, joylarda jismoniy
tarbiya va sport, aksariyat voleybol bilan shug`ullanuvchilar soni keskin
ortib
borishi
ko`zga
tashlandi.
Ko`pgina
joylarda
voleybol
maydonchalari va boshqa sport inshootlari barpo etilishi avj olib bordi.
O`quv-trenirovka ishlariga va mutaxassislarning malakasini oshirishga,
alohida ahamiyat berildi. 1929 yil 30 sentyabrda Samarqandda mahalliy
millatga mansub bo`lgan yoshlardan iborat jismoniy tarbiya va sport
bo`yicha yo`riqchi-tashkilotchilar tayyorlandi. 1933 yilda O‘zbekiston
Spartakiadasi o`tkazildi. Erkaklar o`rtasida «Dinamo» va ayollar bahsida
«O`ztrans» jamoalari birinchi o`rinni egalladi. 1934 yil o‘zbek voleyboli
uchun muhim burilish yili bo`lib qoldi. Jumladan,o‘zbek voleybolchilari
birinchi bor Moskvada mamlakat birinchiligida ishtirok etdi. Shu yili
voleybol birinchi bor O`rta Osiyo va Qozog`iston Spartakiadasi
dasturidan o`rin oldi. 1936 yilda Toshkentda «Jismoniy tarbiya turkumi»
va «Fizkultura UYI» ochilishi voleybolning yanada ommaviylashishida
katta ahamiyat kashf etdi. Bundan tashqari Toshkent moliya-iqtisod
institutida voleybol bo`yicha mashg`ulot va musobaqalar o`tkazishga
mo`ljallangan katta sport zali ochildi. Samarqandda shahar ma’muriyati
va shahar fizkultura Kengashi Qaroriga binoan 60 kishiga mo`ljallangan
voleybol sport maktabi ochildi.
Shuni ham ta’kidlash o`rinliki, o‘zbek voleybolini ilk bor ravnaq
topishida A.Saakov, G.L.Keshishev, V.X.Shnurov, V.F.Shveduks,
A.A.Bogachenko, B.A.Vorontsov kabi trenerlarning xizmati alohida
ahamiyatga ega. 1938 yilga kelib O‘zbekistonda kuchli jamoalarning
soni 72 taga yetdi. Bular SAGU «Dinamo», ODO, Qurilish texnikumi,
«Lokomotiv», O`zTRANS, SazPI (Toshkent), Farg`ona, Xorazm,
Buxoro, Qoraqalpog`iston, Samarqand, Qo`qon va boshqa jamoalardir.
1938 yilning dekabridan boshlab birinchi bor Konstitutsiya kuniga
bag`ishlangan an’anaviy musobaqalar tadbiq etildi. 1939 yilning fevral
oyida Toshkentga Moskva «Lokomotiv» jamiyatining kuchli voleybol
jamoalari tashrif buyurishdi. O`tkazilgan musobaqalarda Toshkentning
ayollar terma jamoasi 2:1 hisobi bilan g`alaba qozonishgan bo`lsa,
erkaklar
jamoasi
mag`lub
bo`ldi.
Voleybolning
yanada
58
ommaviylashishiga va voleybolchilar mahoratining oshishiga 1939 yilda
o`tkazilgan mamlakat birinchiligining Toshkentda tashkil qilingan zonal
musobaqalari katta asos bo`ldi. Bu zonal musobaqalarda «Nauka»
(Tbilisi), «Spartak» (Stalinobod), «Uchitel» (Chkalov), «Lokomotiv»
(Boku), «Uchitel» (Kuybishev), «Spartak» (Ashxabad) va «Stroitel»
(Toshkent) jamoalari ishtirok etishgan edi. Toshkentning erkaklar
jamoasi uchinchi, ayollar jamoasi to`rtinchi o`rinni egalladi. Ulug`
Vatan urushi yillarida musobaqalar soni ancha kamaygan bo`lsada,
voleybol aholini jismoniy-harbiy tomondan tayyorlashda o`z vazifasini
topdi. O`sha davr hisoblariga qaraganda 1941 yilning 1 yanvarida e’lon
qilingan
ko`rsatkichlar,
bo`yicha
respublikada
voleybol
bilan
shug`ullanuvchilarning soni 14429 kishini tashkil etgan. 1941 yilning
oktyabr oyida O‘zbekistoning barcha viloyat, shahar va tumanlarida
harbiy o`quv shahobchalari tashkil etilib, ular faoliyatida jismoniy
tayyorgarlikka alohida e’tibor berildi. 1943 yil 18 iyulda O‘zbekiston
sportchilari va sport ixlosmandlari “Mamlakat” fizkulturachilar kunini
nishonlashdi. «Pishchevik» stadionida mazkur sanaga bag`ishlangan
voleybol musobaqalari bo`lib o`tdi. Urushning og`ir yillariga
qaramasdan O`rta Osiyo va Qozog`iston Respublikasi Spartakiadasi
o`tkazilib,
undagi
dastur
bo`yicha
tashkil
etilgan
voleybol
musobaqalarida O‘zbekistonning erkaklar jamoasi birinchi o`rinni,
ayollar jamoalari bahsida esa Qozog`iston sportchilari yuqori natijaga
erishishdi.
1944 yilda o`tkazilgan navbatdagi O`rta Osiyo va Qozog`iston
Respublikasi Spartakiadasida o‘zbek voleybolchilari yuqori mahorat
namoyish etib, erkaklar va ayollar jamoalari birinchi o`rinni egallashga
muyassar bo`lishdi.
1945 yildan boshlab jismoniy tarbiya va sport hamda jamoalarni qayta
tiklash davri kuchga kira boshladi.
1946 yili Toshkent, Andijon, Samarqandda shahar birinchiliklari,
shu yil iyun oyida respublika birinchiligi o`tkazilgan bo`lsa, oktyabrda
Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi Odessa shahriga “mamlakat”
birinchiligida ishtirok etish uchun jo`nadi. Mazkur musobaqada erkaklar
va ayollar jamoalari o`z guruhlarida to`rtinchi va uchinchi o`rinlarni
egallashdi.
1947 yil 1 yanvarda berilgan hisobotlarga ko`ra voleybol bilan
muntazam shug`ullanuvchilarning soni 9278 kishini tashkil etgan.
Respublika bo`yicha 1 razryadli voleybolchilar – 6 kishi, 2 razryadlilar
344 kishini o`z ichiga olgan. Bundan ko`rinib turibdiki, voleybolning
59
ommaviylik darajasi ham, voleybolchilarning mahorat saviyasi ham
ko`ngildagidek bo`lmagan.
Jismoniy tarbiya va Sport Qo`mitasining 1947 yilgi hisobotida bu ahvol
haqida Surxondaryo, Xorazm, Buxoro viloyatlaridagi sanoqli sport
inshootlarining, jumladan, voleybol maydonchalarining hech qanday
talablarga javob bermasligi qattiq tanqid ostiga olingan edi.
O‘zbekistonda voleybolning ommaviylik doirasi kengayishiga
respublikamizning 1948 yil 27 dekbrda qabul qilgan «Jismoniy tarbiya
va sportni aholi orasida rivojlantirish hamda sportning ommaviyligini
oshirish» haqidagi Qarori alohida kuch bag`ishladi.1949 yildan qishloq
sportchilariga, jumladan, kolxozchi-voleybolchilar sport harakatini
jadallashtirishga katta e’tibor berildi. Shu yili o`tkazilgan qishloq
sportchilarining
VII
Spartakiadasida
ishtirok
etgan
voleybol
jamoalarining umumiy soni 29887 kishiga etgan edi.
1947 yilda musobaqa qoidasiga o`yin 5 partiya davom etishi
haqidagi yangilik kiritilgandan so`ng, shug`ullanuvchilardan katta
jismoniy tayyorgarlik, chidamkorlik va matonat talab qilina boshladi.
O`yinlar mazmuni va mohiyati yanada qiziqarli tomonga o`zgara bordi.
Lekin shunday bo`lsada, o‘zbek voleybolchilarining mahorati hali
ittifoqdagi kuchli jamoalarnikidan ancha past edi.
Bulardan 1326 kishi institut talabalari bo`lsa, qolganlari ishchilar,
kolxozchilar, xizmatchilar va bolalarni tashkil etgan edi. 1950 yillardan
boshlab O‘zbekiston voleybolida uzluksiz hujum taktikasi ustunligi
ko`zga tashlana bordi. O`yinlarda turli taktik kombinatsiyalar qo`llana
boshladi. 1950 yilning iyulida Toshkent Temiryo`lchilar bog`ining sport
maydonchalarida erkaklar va ayollar jamoalari o`rtasida Ittifoq Kubogi
o`yinlari
o`tkazildi.
O‘zbek voleybolchilari bu musobaqada
mag`lubiyatga uchradilar. Bu mag`lubiyat asosli edi, chunki raqib
Moskvaning «Dinamo» jamoasi edi. Hisob 0:3. 1951 yildan o`smirlar
o`rtasida “Ittifoq” birinchiligi o`tkazila boshlandi. O‘zbek o`smirlari 14
o`rin bilan kifoyalandilar. 1953 yilda musobaqa jadvalida qishki
musobaqalar paydo bo`ldi. 1954 yildan boshlab voleybol bo`yicha
Ittifoq birinchiligi «A» va «B» guruhlariga bo`lingan holda tashkil etila
boshladi. O‘zbek voleybolchilari «B» guruhiga kiritildi. Shu yili
“Ittifoq” musobaqalari yopiq sport maydonchalarida o`tkazila boshlandi.
1954 yil 1 yanvarga kelib, voleybol bilan shug`ullanuvchilar soni
64942 kishiga ko`paydi. Lekin respublikada, viloyat, tuman va
qishloqlarda voleybolning mahorat darajasi juda past bo`lib, yuqori
malakali voleybolchilar sanoqli edi. 1955 yilning sentyabr oyida
60
Toshkentda ilk bor O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti tashkil
qilinib, uning tarkibida sport o`yinlari kafedrasi faoliyat ko`rsata
boshladi. 1955 yildan boshlab respublikamiz voleybolchilari “Ittifoq”
xalqlarispartakiadasiga tayyorgarlik mashg`ulotlari va musobaqalarni
rejalashtirdilar.
Chunonchi, 1955 yil yakunida Jismoniy tarbiya va sport qo`mitasi
taklifiga binoan Toshkentga Olma-otaning erkaklar va ayollar jamoalari
tashrif buyurishdi. Birinchi o`yinda o‘zbek ayollar jamoasi 3:0 hisobida
g`alaba qozongan bo`lsa, erkaklar jamoasi 2:3 hisobida mag`lubiyatga
uchrashdi. Ikkinchi o`yinda,ham ayollar (3:0), ham erkaklar (3:2)
jamoalari g`alaba nashidasini surishdi. 1956 yili (iyul-avgust)
Moskvaning Lujniki sport majmuasida “Ittifoq” xalqlari spartakiadasi
ochildi. Spartakiadaning voleybol musobaqalarida respublikamiz
erkaklar jamoasi 14 va ayollar jamoasi 13 o`rinlar bilan kifoyalandilar.
O‘zbek voleybolchilari mazkur Spartakiadada yaxshi natijalarga
erisha olmaganlaridan so`ng 1957 yildan boshlab “Ittifoqdosh”
respublikalar voleybol jamoalari bilan qator o`rtoqlik uchrashuvlari
uyushtirildi. Jumladan, o‘zbek voleybolchilari Boku, Tbilisi va Yerevan
jamoalari bilan kuch sinashib barcha o`yinlarda mag`lubiyatga
uchrashdi.
1958 yilda respublikamizda maktablararo musobaqalar avj oldi.
Ayniqsa, bu davrda Oliy o`quv yurtlari jamoalari o`rtasidagi
musobaqalar qizg`in tus ola boshladi. SAGU va «Burevestnik» talabalari
ko`ngilli sport jamiyati jamoalari eng kuchlilar qatoridan joy olishdi.
Maktab o`quvchilari orasida Toshkentning 64-maktab o`smirlar jamoasi
va 104-maktabning qizlar jamoasi mazmunli voleybol namoyish qildilar.
1959 yilda o‘zbek voleybolchilari “Ittifoq” xalqlari Spartakiadasida
ishtirok etib, erkaklar 14 o`rin, ayollar jamoasi esa 11 o`rinni egalladi.
Shu yili, ya’ni 1959 yilda O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti
o`zining birinchi bitiruvchilarini qutladi. Ular orasida voleybol
ixtisosligi bo`yicha 11 kishi oliy ma’lumotga sazovor bo`ldi (1 ta o‘zbek
ayoli va 2 ta o‘zbek yigiti voleybol bo`yicha institutni tugatishgan edi).
1960 yilda SKIF voleybolchilari (erkaklar va ayollar jamoasi) yozgi
respublika talabalar o`yinlarida eng yuqori natijalarga erishishdi. Shu
yili SKIF jamoalari Xarkov shahrida o`tkazilgan “Ittifoq” yozgi talabalar
o`yinlarida qatnashib, erkaklar jamoasi 13 o`rinni, ayollar oxirgi 18
o`rinni olishdi. 1961 yil oktyabr oyida Toshkentda O‘zbekiston ayollar
Spartakiadasi
ochildi.
Bu
tadbir
ayollar
voleybolining
ommaviylashishida katta turtki bo`ldi. 1962 yilda Toshkentda
61
Moskvaning «Burevestnik» ayollar jamoasi, «SKIF» va O‘zbekiston
terma jamoalari uchrashuv o`tkazdi. Bunda vakillarimiz g`alabani boy
berishdi. 1963 yili “Ittifoq” xalqlari III Spartakiadasida respublikamiz
erkaklar jamoasi 9, ayollar esa 15 o`rinni egalladi. Aynan shu yili o‘zbek
voleybolchilari trener I.L.Kiblinskiy rahbarligida «Dinamo» Markaziy
Uyushmasi birinchiligida g`olib bo`lishdi va O‘zbekiston voleybol
tarixida ilk bor 6 ta sport ustasi darajasiga ega bo`lgan sportchilariga ega
bo`ldi. Bular – G.Xudyakov, G.Bagirov, Yu.Simonov, V.Kucherov,
V.Ananich va R.Xusainovlardir.
Ayollar o`rtasida esa L.Velichko, Ye.Sklyarova, M.Katasonova,
L.Ishmayeva, L.Raxmanqulova, I.Nazarova va boshqalar birinchi bor
sport ustasi degan nomga sazovor bo`ldilar.
O‘zbek voleyboli tarixida respublikamiz terma jamoalarining
xalqaro musobaqalarda ishtirok etib kelishi alohida ahamiyatga egadir.
Shuni ta’kidlash o`rinliki, o‘zbek voleybolchilari o`zining ilk bor
xalqaro uchrashuvini 1935 yil oktyabr oyida Toshkentda Afg`oniston
terma jamoasi bilan o`tkazgan. Mazkur uchrashuv “Ittifoq” miqyosida
birinchi xalqaro musobaqa bo`lib o`rin olgan. Bu davrda xalqaro
musobaqa qoidalari bir-biridan sezilarli darajada farq qilgan. Shuning
uchun Afg`oniston voleybolchilari bilan bo`lgan uchrashuv shu davlat
qoidalariga binoan o`tdi. Chunonchi, maydonchada 9 kishi o`z joylarini
almashtirmasdan harakat qilishdi. Hisob 22 gacha davom etdi. 3
Dostları ilə paylaş: |