107
VIII-MAVZU. GANDBOL O`YIN TEXNIKASI VA
TAKTIKASINING TASNIFI
8.1 GANDBOL O`YIN TEXNIKASI.
Qo`l to`pi o`yinida to`p bilan va to`psiz usullar bajariladi.
Qo`yilgan maqsadga erishmoq uchun o`yinda qo`llanadigan
xilma-xil
maxsus usullar yig`indisi qo`l to`pi texnikasini tashkil etadi.
Texnik usullar
– bu qo`l to`pi o`yinini vujudga keltirish vositasi
demakdir. Yuksak sport natijalariga ko`p jihatdan gandbolchilarning
ana shu xilma-xil vositalarni qanchalik to`liq bilishiga, raqib
jamoa
o`yinchilari qarshilik ko`rsatayotgan, ko`pincha esa charchoq ortga
borayotgan sharoitda o`yin jarayonidagi turli holatlarda ularni qanchalik
mohirlik bilan, samarali qo`llashga bog`liq. Qo`l to`pi texnikasini
yaxshi bilish gandbolchining har tomonlama tayyorgarligi va har
jihatdan kamol topishing ajralmas qismidir.
O`yin taraqqiyotining yuz yildan ortiq
tarixi mobaynida gandbol
texnikasida muayyan o`zgarishlar ro`y berdi. Bu taraqqiyotning asosiy
yo`nalishlari quyidagilardan iborat: avval keng tarqalgan 11x11
o`yin o`rniga hozirgi kunda shiddatli, doimiy yuqori tezlikda harakat
qiluvchi o`yinlar vujudga keldi.
O`yin texnikasida hujum va himoya bir-biridan farq qiladi. To`pni
ilish, uzatish,olib yurish va darvozaga
otish hujum texnikasiga
tegishlidir. To`p yo`lini to`sish, uni tutib olish,urib qaytarish va
darvozabon o`yin texnikasi himoyasida qo`llaniladi. Maydonda
hujumchi va himoyachi sifatida harakat
qilish hamda aldamchi
harakatlar usuli o`yin texnikasining asosini tashkil etadi.
Dastlabki holat
– turish, tayyorgarlik va harakat qilishni
belgilaydi.
Baland va past holatda turish har xil, qaysi holatda turishni vaziyat
belgilaydi. Zamonaviy gandbolda ko`pincha
baland holatda turish
(oyoqlar ozgina bukilib), oralig`i yelka kengligida, gavda sal
oldinga egilib, qo`llar bukilgan holatda tutiladi. Qaysi o`yinchi
maydonda tez va tejamli harakat qilsa, o`sha o`yinchi ko`proq
foyda
keltiradi. Shuning uchun har bir o`yinchi tez start olishni, yon
tomon bilan yurishlarni, yugurayotib yo`nalishni o`zgartirishni, to`xtash
va sakrashni, orqa bilan erkin oldinga yurishni bilishi shart.
Qo`l to`pi o`yining tasnifi texnik usullarni umumiy maxsus
belgilarga qarab guruhlarga bo`lishdan iborat. O`yin faoliyati tavsifiga
qarab gandbol texnikasida 2bta yirik bo`lim ajratiladi:
108
1.Maydon o`yinchisi texnikasi.
2.Darvozabon texnikasi.
Har qaysi bo`lim harakatlanish texnikasi va to`pni boshqarish texnikasi
bo`limchalariga ajratiladi. Kichik bo`limlar
turli usullarda ijro
etiladigan aniq texnik usullardan – harakatlanish texnikasi uslublari va
usullaridan iborat. Bulardan maydon o`yinchilari va darvozabon
foydalanadi. Usul va turlarda harakatning asosiy mexanizmi umumiy
bo`lib, detallari bilangina farqlanadi.
Har xil usulni ijro etish
shartlari gandbol texnikasini yanada turli-tuman qiladi.
O`rganilayotgan materialni surunkalashtirish usul turlarini tuzukroq
tushunishga, larni tug`ri tahlil qilishga, ta’lim va olingan bilimlarni
takomillashtirish vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilishga yordam
beradi.
Dostları ilə paylaş: