III. Xalqaro hamkorlik 13 modda — Antidoping va sport tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik
Mazkur Konvensiya maqsadlariga xalqaro darajada erishish uchun
ishtirokchi davlatlar ularning hamda boshqa ishtirokchi davlatlarning antidoping
tashkilotlari, davlat organlari va sport tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni qo‘llab
quvvatlaydilar.
14 modda — Butunjahon antidoping agentligi missiyasini qo‘llab quvvatlash
Ishtirokchi davlatlar Butunjahon antidoping agentligining halqaro dopingga
qarshi kurash borasidagi missiyasini qo‘llab quvvatlash bo‘yicha majburiyatni o‘z
zimmalaraga oladilar.
15 modda — Butunjahon antidoping agentligini teng ulushli moliyalashtirish
Ishtirokchi davlatlar Butunjahon antidoping agentligining tasdiqlangan
asosiy yillik byudjetini davlat organlari va olimpiya xarakati tomonidan teng
ulushli moliyalashtirish tamoyiliga rioya qilishadi.
16 modda — Doping nazorati sohasida xalqaro hamkorlik
Sportda dopingga qarshi kurash choralari faqatgina sportchilarga oldindan
habar bermasdan turib ularni testlash va sinamalarni taxlil qilish uchun o‘z vaqtida
laboratoriyalarga yetkazish orqali samarali bo‘lishini tan olgan xolda ishtirokchi
davlatlar davlatichi qonunchiligi va huquqiy jarayonlardan kelib chiqib
quyidagilarni bajaradilar:
a) ... Butunjahon antidoping agentligi va antidoping tashkilotlariga davlat
hududida va davlat xududidan tashqarida musobaqa va musobaqadan tashqari
doping nazoratini o‘tkazishda hamkorlik qiladi;
b) doping nazorati tadbirlarini o‘tkazish davomida doping nazorati
guruhlarini kechiktirib bo‘lmaydigan tartibda chegaralararo xarakatlanishini
taʼminlaydi;
23
s) sinamalarni chegeradan o‘tkazishda ularni xavfsizligi va saqlanganligini
taʼminlash yuzasidan hamkorlik qiladi;
d) doping nazorati tadbirlarini xalqaro muvofiqlashtirishni taʼminlashda
yordam ko‘rsatadi va bu maqsadlarda Butunjahon antidoping agentligi bilan
hamkorlik qiladi;
ye) o‘zining va boshqa ishtirokchi davlatlarda joylashgan doping nazorati
laboratoriyalari bilan hamkorlikni ривожлантиради...;
f) Kodeksga muvofiq tayinlangan antidoping tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro
testlash to‘g‘risida kelishuvlarga kelish va ularni amalga oshirishga yordam beradi;
g) Doping nazorati jarayonlari va testdan keyingi jarayonlar, shu jumladan
Kodeksga muvofiq qabul qilingan sport sanksiyalarini o‘zaro asosda tan oladi.
17 modda — Ko‘ngilli jamg‘arma
1. «Sportda dopingni bartaraf qilish» jamg‘armasi taʼsis etiladi, u keyingi
o‘rinlarda «Ko‘ngilli jamg‘arma» deb yuritiladi. Ko‘ngilli jamg‘arma YUNESKO
mablag‘lari to‘g‘risidagi Nizomga asosan jalb etiladigan maqsadli mablag‘lar
hisobidan tashkil etiladi. Ishtirokchi davlatlar va boshqa ishtirokchilarning barcha
badallari ko‘ngilli xarakterga ega.
2. Ko‘ngilli jamg‘arma mablag‘lari quyidagilardan tashkil topadi:
a) ishtirokchi davlatlar badallari;
b) badallar, hayriyalar va vasiyat qilingan mulklar bo‘lib, ular quyidagilar
tomonidan taqdim etilishi mumkin:
i) boshqa davlatlar tomonidan;
ii) BMT tizimi tashkilotlari va dasturlari, masalan BMT Rivojlantirish
dasturi doirasida hamda boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan;
iii) davlat yoki xususiy tashkilotlar va jismoniy shaxslar tomonidan;
s) Ko‘ngilli jamg‘arma hisobiga o‘tkazilgan turli foizlar;
d) Ko‘ngilli jamg‘arma foydasiga o‘tkazilgan tadbirlar va xayriyalarni
yig‘ish jarayonida olingan mablag‘lar;
ye) Ko‘ngilli jamg‘arma to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan boshqa
mablag‘lar.
3. Ishtirokchi davlatlar tomonidan Ko‘ngilli jamg‘armaga o‘tkazgan badal
ularning Butunjahon antidoping agentligiga o‘tkazadigan badalining o‘rnini
bosuvchi sifatida ko‘rilmaydi.
18 modda — Ko‘ngilli jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish va ularni
boshqarish
Ko‘ngilli jamg‘arma mablag‘larini Tomonlar Anjumani tasdiqlangan
tadbirlarni, xususan, ishtirokchi davlatlarga mazkur Konvensiya talablariga
muvofiq antidoping dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish hamda mazkur
24
Konvensiya talablarini bajarishga yo‘naltirilgan xarajatlarni qoplash uchun
ajratadi. Ko‘ngilli jamg‘armaga badallar hech qanday siyosiy, iqtisodiy yoki
boshqa shartlar bilan berilmaydi.