Sportda doping nazorati



Yüklə 2,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/54
tarix25.09.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#148246
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   54
3.4 Sportda doping nazorati O\'UM N.Tursunov

4. O‘yinli sport turlari
shiddatli mushak faoliyati va dam olish (tanaffus 
qilish) jarayonlarining doimiy o‘zaro almashib turishi bilan xarakterlanadi. Bularda 
xarakatlar koordinatsiyasi va ruhiy barqarorlik muhim o‘rin tutadi. Farmakologik 
taʼminotning vazifasi tiklash jarayonlari, sarflangan quvvatning o‘rnini bosish, 
bosh miyada modda almashuvini vitaminlar, nootroplar, adaptogen va 
antioksidantlar yordamida yaxshilash bilan bog‘liq bo‘ladi. 
5. Murakkab koordinatsiyali sport turlari
– nozik elementli xarakatlarni 
bajarishga asoslangan kuchli sabr-toqat va diqqatni talab etuvchi sport turlari 
(figurali uchish, gimnastika, suvga sakrash, o‘q va kamondan otish va b.). Bularda 
jismoniy yuklamalar turlicha va keng xajmlarda bo‘lishi mumkin. Masalan, 
murakkab sakrash uchun o‘ta yuqori portlovchi kuch kerak bo‘lsa, o‘q otishda 
diqqatni jamlash va qo‘l titrog‘ini kamaytirish talab etiladi. Mazkur sport turlarida 
ruhiy barqarorlikni mustahkamlash uchun tinchlantiruvchi effektga ega o‘simlik 
preparatlaridan (masalan, valeriana, spirtsiz boyarishnik va b.), nootroplar, turli 
vitaminlar majmuasi, energetik nuqtai nazaridan boy oziq maxsulotlaridan 
foydalanish zarur. 
Murakkab-texnik sport turlari ko‘pincha texnik vositalaridan foydalanish 
bilan bog‘liq (avtopoyga, bobsley, parashyut sporti, parus sporti va b.). Jismoniy 
yuklamalar o‘ta yuqori bo‘lmasada, lekin asabiy taranglik inson imkoniyatlarining 
chegarasiga yetadi. Farmakologik qo‘llab quvvatlash tamoyillari ham shunga 
munosib tarzda – ruhiy barqarorlikni mustahkamlash va oshirishga yo‘naltirilgan 
bo‘lishi lozim. 
Yuqoridagilardan tashqari, inson jismoniy faoliyatining ko‘p turlarini o‘zida 
mujassamlovchi har xil ko‘pkurash sport turlari mavjud. Tabiiyki, ularda 
farmakologik taʼminotning vazifalari ham o‘zgacha bo‘ladi. 


45 
Xulosa qilib taʼkidlash o‘rinliki, hozirgi kunda sport farmakologiyasi 
muammolarini xal etuvchi universal farmakologik vositalar mavjud emas. 
Sport faoliyati o‘zida dinamik va statik jismoniy faoliyatning deyarli barcha 
turlarini o‘zida qamrab oladi. Quyida sport turlariga ko‘ra ko‘pincha 
qo‘llaniladigan doping moddalari, ularning taʼsiri va asoratlari to‘g‘risida 
maʼlumot keltirilgan. 
1. Tezkor-kuch sport turlari: og‘ir atletika, buyum uloqtirish, bodibilding, 
yengil atletikada sprinter masofalari, suzish, konkida yugurish sporti, chang‘i 
poygasi. 
Dopinglar: anabolik steroidlar, somatotropin, gonadotropin, amfetaminlar, 
diuretiklar va b.
Keskin o‘zgarishlar: modda almashuvida, gormonal profilida, ayollarning 
erkaklashishi va erkaklarning ayollashishi. 
2. Siklik sport turlari: yugurish, suzish, chang‘i poygasi, velosiped poygasi, 
konkida yugurish sporti (uzoq masofalarga). 
Dopinglar: anabolik steroidlar, somatotropin, gonadotropin, qon dopingi
ruhiy qo‘zg‘atuvchilar (stimulyatorlar) va b.
Keskin o‘zgarishlar: oriyentatsiya va xushini yo‘qotish, to‘satdan o‘lim 
xolatlari, gormonal statusining buzilishi va b. 
3. O‘yinli sport turlari: futbol, basketbol, regbi, beysbol, top va shaybali 
xokkey, golf va b. 
Dopinglar: alkogol, kokain, geroin, amfetaminlar, marixuana va b.
Keskin o‘zgarishlar: to‘satdan o‘lim xolatlari, xushini yo‘qotish, toksik 
effektlar. 
4. Murakkab koordinatsiyali sport turlari: tepalikka sakrash, suvga sakrash, 
figurali uchish, gimnastika, qilichbozlik va b. 
Dopinglar: alkogol, narkotik analgetiklar, trankvilizatorlar, betablokatorlar 
va b.
Keskin o‘zgarishlar: giyohvandlik, alkogolizm va b. 
5. Yakkakurash sport turlari: kurashning barcha turlari, boks, sharq 
yakkakurashlari va b. 
Dopinglar: narkotik analgetiklar, marixuana, alkogol.
Keskin o‘zgarishlar: dorivor qaramlik, giyohvandlik va b. 
Ot sportida ham qo‘yilgan maqsadlarga ko‘ra turli dopinglarni (ruhiy 
qo‘zg‘atuvchi stimulyatorlar, trankvilizatorlar va boshqa preparatlar) qo‘llash xavfi 
mavjud bo‘lgani sababli otlar doping nazoratidan o‘tkaziladi. 


46 

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin