O‘yin uslubi
Harakat faoliyatini o‘yinlar sharoitida, ular uchun hos bo‘lgan qoidalar doirasida, texnik taktik usul va sharoitlarda bajarishni ko‘zda tutadi. Bu metodni qo‘llash shug‘ullanuvchilar turli hil oldindan aytib bo‘lmaydigan holatlarda mustaqil qaror qilishda dadil, faol harakatni ta’minlaydi, bu yesa tashabbuskorlik, dadillik, intiluvchanlik, mustaqillik, o‘z hissiyotlarini jilovlay olishdek hislatlarni tarbiyalaydi.
Mashg‘ulot mikrosiklini tuzilishi. Shu bosqichdagi tayyorgarlik vazifalarini kompleks ravishda yechishni ta’minlaydigan, bir necha kunlar ichida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar seriyasidir, mikrosikllarni davom yetishi 3-4 kundan 10-14 kungacha.
Ko‘pincha hayotda bir haftalik (7 kunlik) mikrosikl haftalik kalendari bilan mos kelib shug‘ullanuvchilarining umumiy rejimiga qo‘shilib ketadi.7 kun davom yetadigan mikrosikllarni ko‘pincha haftalik sikl deyiladi. Boshqacha ko‘p yoki kam kun davom yetadigan mikrosikllarni har xil variantlarda, shu jumladan shaxsiy musobaqa davrining aloxida kerakli joylarida, o‘tkaziladigan musobaqani davom yetishiga qarab tuzilishi modellashtiriladi. Masalan: agar qilichbozlik va sport gimnastikasidan quyidagi sxema bo‘yicha musobaqa o‘tkazilganda qilichbozlik 1- kun, shaxsiy musobaqa 2-kun komandalar musobaqasi, 3- kun final.
Sport gimnastikasi 1 kun majburiy dastur.
kun yerkin dastur.
kun ko‘p kurash finali.
kun ko‘p kurashning ayrim turlari finali.
Bu ko‘rinishda yesa mikrosikl shu sxemani o‘zgartirmasdan takrorlashi shart.
Mikrosikllar kamida ikki: kumilasion (yig‘uvchi), (u yoki bu darajadagi charchash bilan bog‘liq) hamda qayta tiklovchi, mashg‘ulotlar harakterida tuzilgan fazodan iborat bo‘ladi. Mikrosikllarning minimal davom yetish vaqti 2 kun. Yuklama olish kuni va qayta tiklash kuni bo‘ladi. Ko‘pincha bu fazalar mikrosikl ichida takrorlanib, har bir mikrosikl qayta tiklash fazasi bilan tugallanadi. Qayta tiklash fazasi hamma vaqt ham mikrosiklni tugallamasligi uning ichida qaytarilishi ham mumkin.
Mashg‘ulotlar mazmuning ketma - ketligi yesa tayyorgarlik davriga, vazifasiga va qanday mikrosikl bo‘lishiga bog‘liq. Katta bo‘lmagan shiddatda bajariladigan, katta xajmdagi ish tez-tez qayta tiklashni talab qilmaydi, balki yuqori shiddatda katta xajmli ish bajarish mashg‘ulotga qayta tiklashni tez - tez kiritishni talab qiladi.
Mikrosiklni tuzishda oldingi va keyingi mashg‘ulotlarni qaysi tomonga yo‘naltirilganligi hisobga olinishi kerak
Mikrosikl, tezkorlik va tezkorlik - kuchlilik sifatlarini optimal ish qobilyati oshgan kunlardagina qo‘yib tuzishni prinsipial ravishda talab qiladi. Shuning uchun chidamlilikka quyidagidan katta talab, tezkorlikdan keyin qo‘yiladi. Katta yuklamadan keyin, ko‘pincha organizmni qayta tiklash uchun 24 soat vaqt talab qiladi. Aniqroq qilib aytganda, organizmda tezkorlik va chaqqonlik va tezkor kuchlilik sifatlarini tarbiyalash, hamda mashqlar texnikasini takomillashtirgandan keyin o‘rtacha 2-3 kundan keyin:
Aerob imkoniyatlarni rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotdan keyin o‘rtacha 5-7 kundan keyin tiklanadi. Masalan: tezkor kuchlilikni tarbiyalashga qaratilgan mashg‘ulotni katta yuklamali mashg‘ulotlar oldida o‘tkazish shart.
Sport formasiga kirgan yuqori malakali sportchilarda 1-2 razryadli sportchilarga qaraganda 1,5 -2 marta tez tiklanishi mumkin.
Individual qobilyatiga qarab tezkor-kuchlilik mashqlaridan keyin 24-72 soatda, chidamlilikdan keyin 48-120 soatda tiklanadi. Shuning uchun shaxsiy musobaqa davridagi mikrosikldagi yuklama shunday taqsimlanishi kerakki musobaqa ish faoliyatini yuqori fazasiga to‘g‘ri kelsin. Bu yesa optimal yuklama orqali 2-3 kun oldin hosil qilinadi.
Mikrosikllar tuzilishini aniqlovchi shart va sharoitlarga quyidagilar kiradi.
Sportchilar hayotidagi umumiy rejim (o‘qish va mehnat qilish faoliyati) va unga bog‘liq bo‘lgan ishchanlik dinamikasi.
Mikrosikldagi yuklamani umumiy kattaligi mashg‘ulotlar soni va mazmuni. Bu omillarni ta’sir ko‘rsatishi sport mutaxassisligi hamda tayyorgarlik darajasi bilan belgilanadi. Masalan : mashg‘ulotlarning mazmuni, ularning mikrosikldagi soni, yuklamaning hajmi, xar bir sport turidan yengil atletikachilarda, gimnastlarda, suzuvchilarda, kurashchilarda, bokschilar va x.kada xar xil bo‘ladi. Bundan tashqari boshlovchi sportchilar va yuqori razryadli sportchilar mashg‘uloti jarayonida ham shunday farqni ko‘rish mumkin.
Mashg‘ulot yuklamasi va bioritmik faktorlarga nisbatan javob berish reaksiyasining individual hususiyatlari. Shug‘ullanuvchilar organizmi bir xil xajm va shiddatdagi yuklamaga bir xil javob beradi. Bu yesa ularning organizmini bir xil xususiyatlariga bog‘liq. Shunga nisbatan, mashg‘ulot yuklamasiga xam xar xil sportchini organizmi individual moslashish (adaptasiya) beradi.
N.S.Kucherev va boshqalarni ko‘rsatishiga qaraganda mikrosikl fazalarini xaftalik bioritmik fazalari bilan kelishtirish maqsadga muvofiqdir.
Mikrosikllar yuklamasining tuzilishi, siklning ichida o‘zgarishi mumkin, % yuklama xajmi siklning yuqori ahamiyatiga qarab chang‘ida balandlikdan sarovchilarning musobaqa davridagi mikrosikldagi yuklamaning dinamikasi.
Mikrosikllarning tuzilishi, mashg‘ulot davrlari va bosqichlarini tuzilishiga qarab, uni qaysi (joyiga qo‘yish rejalashtiriladi) jarayoniga bog‘liq. O‘zini shakli va mazmuniga qarab tayyorgarlik davrining umumtayyorgarlik bosqichidagi mikrosikl xech qachon shahsiy musobaqa davridagi mikrosiklga o‘xshamaydi. Xamma davrlar uchun ishlatiladigan universal mikrosikl xam bo‘lishi mumkin yemas. Mashqlar kompleksining asosiy va qo‘shimcha mashg‘ulotlarining tartibini almashtirish, yuklama va dam oligni o‘zgartirish bilan murabbiy mashg‘ulot jarayonining o‘sib borishini va sportchi organizmining yuqori natija ko‘rsatishi uchun tayyorlab boradi.
Mikrosikllarning turlari va ularning alohida hususiyatlari. Sport mashg‘ulot jarayonida quyidagi mikrosikl turi aniqlanadi;
tortuvchi
zarbdor
yaqinlashtiruvchi
musobaqa
qayta tiklovchi
tortuvchi mikrosikllar: katta bo‘lmagan hajmdagi yuklamalardan tuzilib, sportchi organizmini shiddatli mashg‘ulotlarga kiritilishiga qaratiladi. Bular fundamental davrni 1- (umumtayyorgarlik) bosqichida ishlatiladi.
zarbali mikrosikllar : katta hajmdagi yuklamani shiddatli bajarishga qaratiladi. Bularning asosiy vazifasi sportchilarning organizmi moslashish jarayonini asosiy texnik va taktik, jismoniy axloqiy irodaviy maxsus psixologik va integral vazifalarni yechishda yordamlashishdan iboratdir.
Bularni asosiy o‘rni fundamental davrni 2- maxsus tayyorgarlik bosqichi va shaxsiy musobaqa davrlarida ishlatiladi.
v) yaqinlashtiruvchi (modelli) mikrosikllar - asosiy vazifasi musobaqaga yaqinlashtirishdan iboratdir. Bularni ichki qismida kelguvchi musobaqalarni rejimi takrorlanadi. Murabbiy asosan sportchini mexnat rejimiga, uning organizmini tiklanishiga, dam olishiga asosiy diqqatini jalb qilib charchatmasdan musobaqaga olib chiqishi zarur.
g) qayta tiklovchi mikrosikllar - bular bilan ko‘pincha zarbali mikrosikllar seriyasi tugallanadi.
Shuningdek shiddatli musobaqa faoliyatidan keyin xam (rejalashtiriladi) rivojlantiriladi.
d) musobaqa mikrosikllari- musobaqada qatnashish. Bu yoki u sport turining dasturiga binoan tuziladi. Mashg‘ulot mikrosikllarini tuzish uchun quyidagilarni bilish shart.
sportchini rhorganizmiga, har xil xajmdagiva yo‘nilishdagi yuklama qanday ta’sir ko‘rsatishini;
yuklamalardan keyin organizmni qayta tiklanish dinamikasi va davom yetish
vaqtini.
va o‘rta darajadagi yuklamalarni ishlatish imkoniyati.
Mikrosikllarni yuklama va dam olishni almashtirish organizmni quyidagi 3 xil tipdagi reaksiyaga olib kelishi mumkin.
mashq bilan chiniqqanlikni maksimal rivojlanishiga,
mashg‘ulotnini ham samaradorligiga yoki uni butunligcha yo‘qligiga.
v) sportchini holdan toyishi yoki madori qurishiga.
Birinchi tipidagi reaksiya - mikrosiklda katta va anchagina yuklamali, optimal mashg‘ulot soni kiritib ular o‘zaro rasional holda hamda kichik yuklamali mashg‘ulotlar bilan almashtirilgan taqdirda organizmni reaksiya orqali javob berishga olib keladi.
Ikkinchi tipdagi reaksiya - mikrosiklga kiritilgan mashg‘ulotlar soni va ularning yuklamasi mashq bilan chiniqqanlik darajasiga kam ta’sir ko‘rsasa, uchinchi tipdagi reaksiya - mikrosiklga kiritilgan mashg‘ulotlar rasional almashtirilmagan taqdirda organizmni tez reaksiya berishiga olib keladi.
XULOSA
Dunyo mamlakatlarida o‘tkaziladigan katta musobaqalar ob - havosi, geografik sharoiti, sportchilarni musobaqaga tayyorlashiga maxsus ixtisoslashgan vazifalarni qo‘yadi. O‘rta va yuqori tog‘ balandliklarda mashg‘ulot o‘tkazish va musobaqa.
Hozirgi kunda ko‘pchilik katta musobaqalar, dengiz satxidan 2000- 2700 m balandlikdagi tog‘larda o‘tkaziladi. Bunda sportchilarning tayyorgarligi, musobaqalarga qatnashishi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar kelib chiqadi.
Bu sohada 1968 y. Mexikada o‘tkazilgan (2240 m dengiz sathidan balandlikda) olimpiya uyinlarida katta tajribaga yega bo‘lindi.
Tog‘ sharoitida havo zichligini pasayishi, tezkor kuchlilik ko‘rsatkichlarini oshishiga yordamlashadi. Masalan: 2200-2400 m dengiz sathidan balandlikdagi havo zichligini pasayishi, sprincha yugurishni orqasidan 1.5 - 1.7 m/s tezlik bilan ta’sir yetgandek 100, 200 va 400 m konkidagi 500 m msofalarga ta’sir ko‘rsatadi. Bunday sharoitda tabiiy hamda disk, kopyoni uloqtirish, uzunlikka sakrash, shest bilan sakrash, molotni uloqtirish natijalari oshadi. Masalan: 2240 dengiz sathidan balandlikda yadro uloqtirish natijasi 5 sm.ga, kopya 69 sm, 162 sm ga oshgan.
Ikki haftalik kuchli trenirovka, chidamlilik ko‘rsatuvchi sport turlari bilan bog‘liq bo‘lgan (2000-2500 m dengiz sathidan baland bo‘lgan) ko‘rsatkichlar kattaligiga qaramasdan moslashishga olib keladi. Gavdani 1 kg mushakiga xajmini oshishiga, gemoglabin mazmunini, laktatni kamayishi minnoglobin mazmunini oshishi, aerob fermentlarini faolligini oshishiga olib keladi. Shu sababli O‘zbekistonda ham Chimgan Bildirsoyda sport inshootlari qurilgan.
Keyingi yillarda sportchilarning amaliy tayyorgarligida har xil Gipoksiya gaz aralashgan va giperoksik (40- 60% kislorodli va aralashmadan nafas olish) variantlaridan foydalaniladi.
Shiddatli gipoksin trenirovka, davomida gaz aralashmasida kislorod mazmunini pastligi sportchining organizmida o‘rta va yuqori tog‘ balandliklariga o‘xshab: standart yuklamalarda yurak va qon tomir urishi kamayadi, hamda laktat kamayadi. Kislorodni maksimal qilish qobiliyati oshadi.
Insonning hayot faoliyatini to‘laqonli havo haroratini optimal darajasi 18-20 s tashkil yetadi. Shiddatli jismoniy faoliyat, havoni optimal haroratini pasaytirish bilan bog‘liq. Yurak qon tomir urishi 1 daqiqada 140 marta qisqarganda ishni 16-17 s aniq bajarish mumkin. Yu.Q.T.U 170- 180 marta urish aralash komfort zonasi bilan bajariladi.
Hamma jismoniy sifatlar ichida tashqi harakatga bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina chidamlilikdir. Ma’lumki 75 % ga yaqin yenergiya, shiddatli ish bajarish jarayonida tashqi muhitga chiqib ketadi.
Yuqori tashqi havo haroratida, gavdani ichki va tashqi darajasini o‘rtasida fiziologik, samarali farq yo‘qoladi va yuqori issiqlik chiqarishni oshishiga olib keladi.
Shiddatli ishda terlash orqali chiqib ketgan suyuqlik, shuningdek qon bilan terini ta’minlash natijasi shiddatli o‘tishi, mushaklar ishlashida qon bilan ta’minlashga oliy ta’sir ko‘rsatadi. Issiq kunda o‘pkani ventilasiyali yurak qon tomir urishi ortadi, qonni sistematik xajmi susayadi, qonda laktod darajasi ko‘payadi. Masalan: Bruxi va muallifdoshlarining (1960) ko‘rsatishicha 25-30 s 15 daqiqalik yugurish yuklamasida va undan keyingi 20 daqiqalik dam olish vaqtida yurakning qisqarishi ikki barobarga oshgan.
Bunday salbiy ko‘rsatkichlarga qarshi, tez - tez katta bo‘lmagan porsiyada (200 300 ml dan har 15- 20 daqiqada) suv ichib,og‘izni chayqab turish zarur. Suvga 1 l, 3 g natriy xlorid aralashgan bo‘lishi joiz.
Sovuq joydan issiq joyga va uni teskarisi musobaqaga boruvchi sportchilar oldindan akklimazasiya qilishi zarur. Buning uchun 5-8 trenirovkada 2-3 soatli mashg‘ulot o‘tkazish kifoya.
Sovuq havoda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar issiqqa qaraganda kamroq muammoga yega past haroratda terini izolyasiya qilish qobiliyati tomirlarni qisqarishi hisobiga 5-6 marta ko‘payishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |