SSD (inglizcha solid state drive — „qattiq yurituvchi“) maʼlumot saqlash uskunasi boʻlib, maʼlumotni doimiy saqlash uchun ishlatiladi. Flesh xotiradan farqli raishda, MHX qattiq disklarni oʻrnini bosish maqsadida shaklan va ishlash jihatidan unga oʻxshatilgan boʻladi. Shuningedek MHXda flesh xotira oʻrniga DTMX yoki O'TMX dan foydalaniladi va koʻpincha Tasodifiy Murojaat Xotira qurilmasi deb ham ataladi.
2.5 dyuymli SSD qurilmasi. mSATA SSD
Mustahkam holat atamasining asl maʼnosi elektron quvurlar oʻrniga yarim oʻtkazgichlardan foydalanganligini bildirsada, ushbu oʻrinda buning maʼnosi qurulmaning harakatlanuvchi mexanik qismlari yoʻqligini ham anglatadi. Buning hisobiga xotiraga boʻlgan murojaast (oʻqish va yozish) tezligi yuqori boʻladi va sarflanadigan vaqt ham juda kam boʻladi.
SSD-lar odatda HDD-larga qaraganda uzoqroq xizmat qiladi. Ikkala turdagi drayverlar koʻp yillar davom etishi mumkin boʻlsa-da, SSD disklari yomonlasha boshlashdan oldin koʻproq oʻqish/yozish davrlariga bardosh bera oladi. Ammo shuni taʼkidlash kerakki, SSD ning ishlash muddati flesh-xotira sifati va foydalanish tartibi kabi omillarga ham bogʻliq.
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
1978-yil StorageTek kompaniyasi birinchi mustahkam holdagi xotira qurilmasini ishlab chiqdi. 1980 yilga kelib Santa Clara Systems „BatRam“ dunyoga tanishtirdi, u 1 megabit massivdagi DIP TMX sxemalariga asoslanib, qattiq diskni emulyatsiya qilish uchun maxsus moslamga ega edi. Sharp yapon kompaniyasining 1983 yilda chiqargan „Sharp PC-5000“ noutbuklarida 128 kilobayt mustahkam holatdagi xotiradan foydalanilgan edi. TMX qurilmalar 1980 yilda tizimni boshlash uskunasi (booting media) sifatida juda mashxur boʻlgandi. Bunga asosiy sabab qattiq disklarning qimmatligi va epchil disklarning murojaat tezligini pastligi boʻlgan.
SSD disk — bu qattiq diskning(накопитель) bir turi bo'lib, kontroller va mikrosxemalardan tashkil topgan bo'ladi. Uning ichida HDD ichida joylashgan qandaydir harakat qiluvchi disklar bo'lmaydi. SSD disklarning 2 turi mavjud bo'lib, ulardan biri SSD flesh, ikkinchisi SSDRAM deb nomlanadi. Ikkinchi turi dunyodagi eng tez ishlovchi disk hisoblanadi, narxi ham ancha qimmat.
Biz maqolada, qattiq diskning ko'p tarqalgan turi SSD fleshni ko'rib chiqamiz. SSD disklarga oddiy fleshkalar deb qarash mumkin, faqat ularning hajmi va o'lchami kattaroq bo'ladi.
SSD disklarning afzalliklari:
Mexanik harakatlanuvchi qismlarning yo'qligi. Shu sababli ular fizik urilishlarga biroz bo'lsa ham chidamli sanaladi. Tashkil etuvchilari faqat mikrosxemalardir.
Ishlash harorati. Oddiy HDD'ga qaraganda SSD disklarning ishlash harorati yuqori, bu haroratga HDD chiday olmaydi.
O'qish va yozish tezligining yuqoriligi. Ulanish texnologiyasi SATA III hisoblanadi va bu orqali ma'lumotlarni yozish tezligi 3-6 Gb/s ga yetadi.
Ixchamligi. Hajmi ixcham bo'lib, og'irligi ham HDD'ga qaraganda yengildir.
Shovqinsiz. Qurilma mikrosxemalardan tashkil topganligi uchun, uning shovqini mavjud emas. Bir eslang, HDD'ning ishlashida chiqadigan shovqinni, ba'zi paytlarda bu shovqin ish jarayoniga halaqit ham beradi.
Asosiy afzalliklari shulardan iborat, har bir narsani afzalligi bo'lganidek, kamchiligi ham bo'ladi. Demak, SSD disklarining kamchiliklarini ko'ramiz.
Qayta yozish. Eng asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Bu jihozga fayllarni yozish, ularni o'chirish davomiyligi chegaralangan, aytishlari bo'yicha 10000 marotaba yozib-o'chirish amalga oshganidan so'ng, bu SSD diskni ishlatib bo'lmas ekan. Shuning uchun bu diskdan asosan o'qish maqsadida foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Yana bir narsa, shunday bo'sa ham, hali hech kimdan «mani SSD diskimning yozish-o'chirish davomiyligi tugab qolibdi» degan gapni eshitganim yo'q. Eng yaxshi yo'li, SSD+HDDasosida ish yuriting. SSD operatsion tizimni yuklash uchun, HDD esa fayllarni saqlash(o'chirib-yozish) uchun.
Kelishish. Operatsin tizim bilan kelishish. SSD disklar barcha operatsion tizimlar bilan kelishib ketaolmaydi(kelishib ishlayolmaydi). Ular uchun eng yaxshi variant Windows 7bo'lib turibdi, Windows 8'ni bilmiman. Shuning uchun SSD ulashda operatsion tizimga ham qarash lozim, ishlashga ishlaydi, lekin siz kutgan natijani bermasligi mumkin.
Narxi. HDD disklariga qaraganda SSD disklarining narxi qimmat. SSD disklari 1 Gb hajm bo'yicha narxlanadi(man bilishimcha bizda bunday emas). Shunday bo'lsa ham yildan yilga SSD'larning narxi pasaymoqdi, shu bilan birga HDD'larning narxi ham :). Demak, bularning narxi bir birga tez kunlarda yaqinlashmasa kerak.
Hulosa qiladigan bo'sak, 64Gblik SSD diskni sotib olib, unga operatsion tizim o'rnatib, yana 1 Tblik HDD disk olib, unga barcha fayllarni saqlab ishlatish samarali hisoblanadi. Shunda operatsion tizim juda tez yuklanadi va qolgan fayllar oddiy HDD diskda saqlanib ishlatishimiz mumkin bo'ladi. Agar SSD disk ishdan chiqsa, fayllarimiz o'chib ketmaydi(chunki ular HDD diskda).
Xulosa:
SSD disk — bu qattiq diskning bir turi bo'lib, kontroller va mikrosxemalardan tashkil topgan bo'larkan. Uning ichida HDD ichida joylashgan qandaydir harakat qiluvchi disklar bo'lmaydi. SSD disklarning 2 turi mavjud bo'lib, ulardan biri SSD flesh, ikkinchisi SSDRAM deb nomlanadi. Ikkinchi turi dunyodagi eng tez ishlovchi disk hisoblanadi, narxi ham ancha qimmat.