Fanning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uzviyligi Mazkur fanni o’rganish uchun magistr-iqtisodchi davlat ta’lim standartlarida
ko’zda tutilgan iqtisodiy fanlar bilan bevosita aloqada bo’ladi.
Ushbu fan o’quv rejasida rejalashtirilgan “Buxgalteriya hisobi nazariyasi”,
“Buxgalteriya hisobi”, “Audit”, “Iqtisodiy tahlil”, “Buxgalteriya hisobining milliy
standartlari”, “Moliyaviy hisobot” fanlari bilan uzviy bo’lib, ko’rsatib o’tilgan
fanlardan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlikni talab qiladi.
Fanning “Ta’lim-fan-ishlab chiqarish” integratsiyasi va innovatsion rivojlanishdagi o’rni “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari” fani buxgalteriya xisobidan
olinadigan bilimlarning chuqurlashtirilgan qismi hisoblanganligi uchun, hisobning
korxonalar xo’jalik ahvolini mustahkamlashdagi ahamiyatidan kelib chiqib,
iktisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida real iktisodiyot sektorlarida buxgalteriya
xisobini xalkaro standartlarga moslashtirish va uni to’g’ri yuritish, korxona (tashkilot,
muassasa, birlashma)lar mablag’lari va ularning tashkil topish manbalari hisobini olib
borish hamda ular uslubiyotini takomillashtirish borasida magistrantlarning amaliy
bilim va ko’nikmalarini mustahkamlab boradi.
Fanni o’qitishda qo`llanilishi tavsiya etilayotgan pedagogik, axborot va internet texnologiyalari Magistrlarning
“Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari” fanini
o’zlashtirishlari uchun o’qitishning zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi
informatsion - pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga ega.
Ta’lim jarayoniga yangi axborot-kommunikatsiya va pedogogik texnologiyalarni,
elektron darsliklar va multimedia vositalarini keng joriy etish orqali o’qitish sifatini
yanada tubdan yaxshilash asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Fanni o’zlashtirishda
darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, pedogogik texnologiyalar,
tarqatma materiallar, elektron materiallardan foydalaniladi. Ma’ruza va amaliy
mashg’ulotlarni o’tkazish uchun tayyorlangan amaliy masalalar, nazorat va test
savollari asosida amalga oshiriladi hamda soliq organlarida ishlatilayotgan dasturiy
mahsulotlardan foydalaniladi. Ma’ruza va amaliy darslarda o’tilayotgan mavzuga mos
ravishda
o’qitishning “Aqliy
hujum”,
“Charxpalak”, “Blits-texnologiya”,
“Kollokvium”, “FSMU” va boshqa zamonaviy pedagogik texnologiyalari
metodlaridan (1S: Buxgalteriya, Buxgalteriya (VS), Balans, Microsoft Excel,
Microsoft PowerPoint), slaydlardan, multimedia vositalaridan, internet sahifalari va
tizimlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
“Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari” fani 2-kursning III semestrida
o’qitilib, unda ma’ruza, amaliy, mustaqil ta’lim mashg’ulotlari semestrlar bo’yicha
quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi.