271
Aylanma aktivlar
Aktivlarni turkumlashda quyidagi qoidalarga amalqilish tavsiya qilinadi.
Aktivlar aylanma deb hisoblanadi, agar:
a) kompaniya normal operatsion faoliyatida ishlatish yoki sotish mo’ljallanayotgan
bo’lsa:
b) agar aktiv savdo maqsadlarida yoki o’n ikki oy ichida
sotish uchun xarid qilingan
bo’lsa;
v) agar u pul mablag’lari yoki uning ekvivalentlari ko’rinishida mavjud bo’lsa.
Boshqa barcha aktivlar uzoq muddatli deb turkumlanadi.
Qisqa muddatli majburiyatlar
Majburiyatlar qisqa muddatli deb tavsiflanadi, agar;
a) kompaniya normal operatsion faoliyati davomida to’lashni mo’ljallanayotgan
bo’lsa:
b) agar hisobot sanasidan o’n ikki oy ichida bajarilish kutilayotgan bo’lsa.
Boshqa barchamajburiyatlar uzoq muddatli deb turkumlanadi.
Buxgalteriya balansida aks ettirilishi lozim bo’lgan axborotlar:
a) asosiy vositalar;
v) nomoddiy aktivlar;
s) moliyaviy aktivlar;
d) ulush usulida ko’rsatilgan investitsiyalar;
e) zahiralar;
f) savdo va boshqa debitorlik qarzlari;
g) pul mablag’lari va ularning ekvivalentlari;
h) mol etkazib beruvchilar va boshqalardan kreditorlik qarzlari;
i) soliq bo’yicha majburiyatlar va aktivlar;
j) rezervlar;
k) uzoq muddatli majburiyatlar va ular bo’yicha foizlar;
l) ozchilik ulushi;
m) chiqarilgan kapital va fondlar.
Buxgalteriya balansiga izohlarda quyidagilar berilishi kerak:
Chiqarishga ruxsat etilgan aktsiyalar miqdori;
Chiqarilgan hamda to’langan, chiqarilgan va to’lanmagan aktsiyalar miqdori;
Aktsiyaning nominal qiymati yoki nominal qiymatning mavjud emasligi;
Yil boshiga va yil oxiriga muomaladagi aktsiyalar miqdori;
Dividendlar va kapitalni qoplash bo’yicha
huquqlar,
imtiyozlar va
cheklovlar;
Kompaniyaning o’ziga yoki farzand korxonasiga tegishli aktsiyalar;
Optsion yoki sotish shartnomalari bo’yicha
zahirada qolgan aktsiyalar
miqdori haqida ma’lumot.
Dostları ilə paylaş: