Standartlari


 BHXS (IAS) 16 “Asosiy vositalar”



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

 
4.2. BHXS (IAS) 16 “Asosiy vositalar” 
BHXS (IAS) 16 “Asosiy vositalar” nomli standartining maqsadi moliyaviy 
hisobotlardan foydalanuvchilar tadbirkorlik sub’ektining asosiy vositalariga qilgan 
investitsiyalarini va bunday investitsiyalardagi o’zgarishlar haqidagi ma’lumotlarni 
tushunishi uchun asosiy vositalarni hisobga olish tartibini belgilab berishdan 
iboratdir. Asosiy vositalarni hisobga olishda asosiy masalalar bo’lib aktivlarni tan 
olish, ularning balans qiymatini aniqlash va ular bo’yicha eskirish xarajatlarini va 
qadrsizlanish bo’yicha zararlarni tan olish hisoblanadi. 
Ushbu Standart asosiy vositalarni hisobga olishda qo’llanilishi lozim, biroq 
boshqa Standartlar asosiy vositalarni o’zgacha hisobga olishni talab etgan yoki ruxsat 
etgan hollari bundan mustasno.
Ushbu Standart quyidagilarga nisbatan qo’llanilmaydi
10
:
(a) 
MHXS 5 “Sotish uchun mo’ljallangan uzoq muddatli aktivlar va davom 
ettirilmaydigan faoliyat” ga asosan sotish uchun mo’ljallangan deb tasniflanadigan 
asosiy vositalar; 
(b) 
qishloq xo’jaligi faoliyatiga tegishli biologik aktivlar (BHXS 41 
“Qishloq xo’jaligi” ga qarang); 
(v) 
foydali qazilmalarni qidirish va aniqlashda ushbu foydali qazilmalarning 
10
M.Bonham and others.Generally accepted Accounting practice under IFRS. Ernst & Young LLP, United States, 2010.- part 2. 
p.1122-1123.


76 
tan olinishi va baholanishi (MHXS 6 “Foydali qazilmalarni qidirish va aniqlash” ga 
qarang); yoki 
(g) 
neft, tabiy gaz va shunga o’xshash qayta tiklanmaydigan resurslar kabi 
foydali qazilmalarga huquqlar va foydali qazilmalarning zahiralari. 
Biroq, ushbu Standart (b)–(g) bandlarda qayd qilingan aktivlarni qazib olish 
yoki ishlatishda foydalaniladigan asosiy vositalarga nisbatan qo’llaniladi. 
Balans qiymati – bu har qanday jamg’arilgan eskirish va yig’ilgan 
qadrsizlanish bo’yicha zararlar chegirib tashlanganidan so’ng aktivning tan 
olinadigan summasidir. 
Tannarx – bu aktivni uning xaridi yoki qurilishi paytida sotib olish uchun 
to’langan pul mablag’i yoki pul mablag’i ekvivalentidagi qiymat yoki boshqa turdagi 
uning evaziga berilgan tovonning haqqoniy qiymati yoki, tegishli hollarda, boshqa 
MHXSlarning, masalan MHXS 2 “Aktsiyaga asoslangan to’lov” ning aniq talablariga 
muvofiq ushbu aktivning dastlabki tan olinishidagi qiymatdir.
Eskirish hisoblanadigan qiymat – bu aktivning tugatish qiymati chegirilgandagi 
tannnarxi yoki tannarx o’rniga aks ettiriladigan boshqa qiymatdir. 
Eskirish – bu aktivning eskirish hisoblanadigan qiymatini uning foydali xizmat 
muddati davomida sistematik tarzda xarajatlarga olib borishdir.
Tadbirkorlik sub’ektiga xos qiymat - bu tadbirkorlik sub’ekti tomonidan 
aktivdan davomiy foydalanishidan va foydali xizmat muddati oxirida balansdan 
chiqarishdan yoki majburiyat so’ndirilganida kutiladigan pul oqimlarining keltirilgan 
qiymatidir.
Xaqqoniy qiymat - bu baholash sanasida bozor ishtirokchilari o’rtasidagi 
odatdagi operatsiyada aktivni sotishda olinishi mumkin bo’lgan yoki majburiyatni 
o’tkazishda to’lanishi mumkin bo’lgan narxdir. (MHXS 13 “Haqqoniy qiymatni 
baholash” ga qarang). 
Qadrsizlanish bo’yicha zarar - bu aktivning balans qiymatining uning 
qoplanadigan qiymatidan oshadigan qismidir. 
Asosiy vositalar – quyidagilar uchun mo’ljallangan moddiy aktivlardir: 
(a) 
mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki yetkazib berish, yoki xizmatlarni 
ko’rsatish, yoki boshqa tomonlarga ijaraga berish, yoki ma’muriy maqsadlarda 
foydalanish uchun mo’ljalangan; va 
(b) 
bir davrdan uzoqroq muddat davomida foydalanilishi kutilgan. 
Qoplanadigan qiymat – bu aktivning quyidagi qiymatlaridan yuqorirog’i: sotish 
xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati va uning foydalanishdagi qiymati. 
Aktivning tugatish qiymati - bu aktivning chiqib ketishi bo’yicha baholangan 
harajatlar chegirilgan holda, tadbirkorlik sub’ekti ayni paytda xuddi aktiv foydali 
xizmat muddati oxirida kutilgan muddati va holatida bo’lganidek aktivning chiqib 
ketishidan oladigan baholangan qiymatidir.
Foydali xizmat muddati bu
11

(a) 
aktivning tadbirkorlik sub’ekti tomonidan foydalanishi uchun yaroqli 
bo’lishi kutilgan davr; yoki 
11
M.Bonham and others.Generally accepted Accounting practice under IFRS. Ernst & Young LLP, United States, 2010.- part 2. 
p.1128.


77 
(b) 
tadbirkorlik sub’ekti tomonidan aktivdan olinishi kutilgan ishlab 
chiqarish hajmi (miqdori) yoki shunga o’xshash birliklar soni. 
Asosiy vositalar ob’ektining tannarxi faqatgina quyidagi shartlar bajarilganda 
aktiv sifatida tan olinadi:
(a) 
tadbirkorlik sub’ekti tomonidan asosiy vosita bilan bog’liq kelgusi 
iqtisodiy naf olinishi ehtimoli mavjud bo’lsa; va 
(b) 
aktivning tannarxi ishonchli baholana olsa.
Ehtiyot qismlar, yordamchi va ta’mirlovchi jihozlar kabi moddalar asosiy 
vositalar ta’rifiga mos kelganida ushbu MHXSga muvofiq tan olinadi. Aks hollarda 
bunday moddalartovar-moddiy zaxiralar sifatida tasniflanadi. 
Ushbu Standart tan olish uchun o’lchov birligini, ya’ni asosiy vosita ob’ekti 
nimadan tashkil topishini belgilab bermaydi. Shuning uchun, tadbirkorlik 
sub’ektining o’ziga xos shart-sharoitlarida tan olish mezonlarini qo’llash uchun 
mulohaza qilish talab etiladi. Qoliplar, dastaklar va muhrlar kabi alohida muhim 
bo’lmagan moddalarni birlashtirish va tan olish mezonlarini ushbu birlashtirilgan 
qiymatga nisbatan qo’llash o’rinli bo’lishi mumkin.
Tadbirkorlik sub’ekti barcha asosiy vositalar bilan bog’liq xarajatlarni ularning 
kelib chiqish paytiga qarab ushbu tan olish mezonlari asosida baholaydi. Bunday 
xarajatlar o’z ichiga asosiy vosita ob’ektini sotib olish yoki qurish bilan bog’liq 
boshlang’ich xarajatlarni, xamda asosiy vositani keyinchalik kengaytirish, qandaydir 
qismini almashtirish yoki unga texnik xizmat ko’rsatish uchun amalga oshirilgan 
xarajatlarni qamrab oladi.
Asosiy vositalar ob’ektlari xavfsizlik yoki atrof-muhitni muhofaza qilish 
maqsadlarida sotib olinishi mumkin. Bu kabi asosiy vositalarni sotib olish mavjud 
bo’lgan qandaydir asosiy vosita ob’ektidan olinadigan kelgusi iqtisodiy nafni 
bevosita oshirmasada, tadbirkorlik sub’ekti boshqa aktivlaridan kelgusida iqtisodiy 
naf olishi uchun zarur bo’lishi mumkin. Bunday asosiy vositalar ob’ektlari aktiv 
sifatida tan olinadi, chunki ular yordamida tadbirkorlik sub’ekti tomonidan ular bilan 
bog’liq bo’lgan aktivlardan kelgusida olinadigan iqtisodiy naf bunday ob’ektlar sotib 
olinmaganida olinadigan nafdan ko’ra ko’proq bo’ladi. Masalan, kimyoviy 
maxsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxona xavfli kimyoviy moddalarni ishlab 
chiqarish va saqlash bilan bog’liq ekologik talablarga rioya etish maqsadida yangi 
kimyoviy moddalar bilan ishlash texnologiyalarini jalb etishi mumkin; tegishli yangi 
texnologiyalar aktiv sifatida tan olinadi, chunki ularsiz tadbirkorlik sub’ekti kimyoviy 
maxsulotlarni ishlab chiqara va sota olmaydi. Biroq, bunday aktiv va u bilan bog’liq 
bo’lgan aktivlarning balans qiymati qadrsizlanganligi BHXS 36 “Aktivlarning 
qadrsizlanishi” ga muvofiq tekshiriladi.
Ayrim kompaniyalar asosiy vositalari tarkibida ijtimoiy ob’ektlar mavjud. 
Masalan, uy joylar, bog’cha va shu kabilar, xodimlarni pulsiz ko’rinishda 
rag’batlantirishni ifodalaydi va natijada, xodimlarga pullik xarajatlarni kamayishiga 
sabab bo’ladi. 
Tan olish mezonlariga ko’ra, tadbirkorlik sub’ekti asosiy vosita ob’ektining 
balans qiymatiga ob’ektning kundalik xizmat ko’rsatish bilan bog’liq xarajatlarini 
kiritmaydi. Bunday xarajatlar kelib chiqish paytida foyda yoki zarar tarkibida tan 


78 
olinadi. Kundalik xizmat ko’rsatish xarajatlari asosan mehnat haqi va materiallardan 
tashkil topadi, xamda o’z ichiga mayda extiyot qismlar qiymatini xam olishi mumkin. 
Bu kabi xarajatlarning maqsadi ko’pincha asosiy vositalar ob’ektiga “joriy xizmat 
ko’rsatish va ta’mirlash” sifatida izohlanadi. 
Ayrim 
asosiy 
vositalar 
ob’ektlarining qismlari muntazam ravishda 
almashtirilishi talab etilishi mumkin. Masalan, pechning futerovkasi ma’lum ishlash 
soatlari o’tganidan so’ng almashtirilishi kerak bo’lishi mumkin, samolyotlardagi 
o’rindiklar va oshxona kabi asbob-uskunalar samolyotning foydali xizmat muddati 
davomida bir necha marta almashtirilishi mumkin. Asosiy vositalarning ob’ektlari 
binoning ichki devorlarini almashtirish kabi almashtirishlarni kamroq takrorlash yoki 
takrorlanmaydigan qilib almashtirish maqsadida sotib olinishi mumkin. Tan olish 
mezonlariga ko’ra, tadbirkorlik sub’ekti asosiy vositaning balans qiymatida uning bir 
qismini almashtirish bo’yicha xarajatlarni ushbu xarajatlar amalga oshirilgan paytda 
tan olishi kerak, agar bunda xarajatlar tan olish mezonlariga mos kelsa. 
Almashtirilgan qismlarning balans qiymati ushbu Standartdagi hisobdan chiqarish 
qoidalariga muvofiq hisobdan chiqariladi. 

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin