Standartlashtirish va ularning turlari
Reja.
1. Standartlashtirish davlat tizimi.
2. Standartlarning turlari va toifalari.
3.Xulosa
4.Foydalanilgan adabiyotlar
1. Standartlashtirish davlat tizimi (SDT)
Respublikamizda standartlashtirish jarayoni 3 bosqichdan iborat:
atamalarni standartlashtirish;
o‘lchovlarni, o‘lchash va sinov uskunalarini va ularni konstruksiyaga va mahsulot texnologiyasiga bog‘lab standartlashtirish;
mahsulotning o‘zini standartlashtirish.
ISO/MEK tomonidan yaratilgan konsultativ kengash texnika rivojining yo‘nalishini quyidagicha tavsiya qiladi:
standartlarni yaratishda va ularni kelishishda yangi mexanizmlarni yaratish;
harajatlarni ilk tadqiqotlarga va real istiqbolga ega bo‘lgan texnikaviy yutuqlarga to‘plamoq;
bor texnikaviy qo‘mitalarning ilmiy tadqiqot, tajribaviy konstruktorlik ishlarini shu jumladan ekologiya sohasidagi ishlarni, e’tiborga olgan holda yangi rejali ishlarni yaratish;
yetakchi mutaxassislar boshchiligidagi o‘tkaziladigan seminarlar, ilmiy ma’ruzalar shaklidagi ikkilamchi mexanizmlardan foydalanish;
sanoatning yuqori rahbarlari orasida yangi g‘oyalarni targ‘ibot qilishga e’tiborni qaratmoq.
Mana shuning uchun standartlashtirishda atamalarni bir yerga to‘plamoq, ular asosida ta’riflar yaratmoq va nihoyat bu sohada standartlar yaratmoq hozirgi kunning talabi, iqtisodiyotni rivojlantirishning dolzarb masalalari hisoblanadi.
Shu maqsadda standartlashtirish sohasidagi atamalarni to‘plashda xalqaro standartlashtirish tashkilotining hujjatlariga, sobiq Ittifoqdagi ma’lumotlarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida ilk yaratilgan hujjatlarga murojaat etildi.
Bu sohadagi asosiy tushunchalar 61 atamadan iborat bo‘lib, ularning mohiyati ketma-ketligi bo‘yicha ma’lum tartibda joylashtirilib, hozirgi vaqtda chop etilgan O‘zRST 1.10-93 “O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy atamalar va ta’riflar” standarti yaratildi.
Standartlashtirish sohasidagi bir qancha asos bo‘luvchi hujjatlar O‘zstandart agentligi huzuridagi standartlashtirish, metrologiya, sertifikat-lashtirish instituti (SMSITI) da yaratilmoqda. Bular qatoriga dastlabki standartlar O‘z RST 1.0-92, O‘z RST 1.1-92, O‘z RST 1.2-92, O‘z RST 1.3-92 va boshqalar kiradi.
O‘z RST 1.0-92 “O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy qoidalar” bo‘yicha standartlashtirishning mohiyati, maqsad va vazifalari hamda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar bilan oldingi ma’ruzamizda tanishib chiqdik.
Mazkur standart standartlashtirishning asosiy vazifa va maqsadini, standartlashtirish ishlarining tashkil etilishi va asosiy qonun-qoidalarini, meyoriy hujjatlarning toifasini, standartlar turlarini, xalqaro hamkorlik bo‘yicha asosiy qoidalarni, standartlar va texnikaviy shartlarning qo‘llanishini, standartlarga va o‘lchash vositalariga nisbatan davlat nazoratini belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: |