Blokcheyn
—
bu bir-biri bilan internet orqali bog‘langan ko‘plab
kompyuterlarda bir vaqtning o‘zida saqlanuvchi taqsimlangan ma’lumotlar
bazasidir. Uning nega kerakligini misol yordamida tushuntirish osonroq. AQSh
dagi akangizga bank jo‘natmalari orqali 100 dollar yubordingiz deb tasavvur
qiling. Jo‘natma shaklini to‘ldirganingizdan so‘ng,
bank xodimi shahsiy
hisobingizdan pulni yechib olib, uni halqaro o‘tkazmalar uchun bankning yagona
hisobiga o‘tkazadi. Shundan so‘ng, boshqa xodim bu pullarni agent bankning
hisobiga o‘tkazadi, u esa, o‘z
navbatida, pullarni AQSh ga o‘tkazadi. U yerda
o‘tkazmangiz aynan shu tahlit akangizning shaxsiy hisobiga tushadi. Jo‘natma
davomida hech kim xatoga yo‘l qo‘ymagan bo‘lsa, uch kun o‘tib akangiz 97
dollarni oladi (
barcha banklarning komissionlari olinganidan so‘ng, albatta
).
Biroq eng qo‘rqinchlisi,
shu uch kun ichida na siz, va na sizning akangiz,
qolaversa, bankirlardan hech biri ayni vaqtda pullaringiz
qayerda ekanligini va
ularning hisobini kim yuritayotganligini bilmaydi.
.
Blokcheyn nima?
20
АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ
Serverning kutilmaganda buzilib qolishi, bank xodimining
insofsizligi yoki
xakerlik hujumi uzoq surishtiruvlarning boshlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Ahir bu kabi hodisalar hisobingizdagi pullar bilan ham sodir bo‘lishi mumkin-
ku. Demak, siz har kuni tizimga umid qilasiz va bankingizga ishonasiz, bu esa
katta muammo. Hozirda blokcheynlar asosan kriptovalyuta jo‘natmalari
uchun foydalanilmoqda. Biroq shu bilan bir vaqtda u turli tashkilotlarning
turli-tuman maqsadlarini amalga oshirish uchun ham faol joriy etilmoqda.
Blokcheynning
afzalligi uning shaffof, tezkor, soddaligi va qiymatida. Siz
kriptovalyuta yoki biror-bir ma’lumotni blokcheyn orqali jo‘natgan
bo‘lsangiz, bunday jo‘natma haqida ma’lumotni o‘zgartirish yoki
qalbakilashtirishning umuman imkoni yo‘q. Chunki bu jarayon butun dunyo
bo‘yicha yuz minglab kompyuterlar tomonidan tasdiqlanadi
Dostları ilə paylaş: