2.3. Statistik kuzatish turlari va ularning o’ziga xos jihatlari. qanday qilib? degan savol statistik kuzatish usullari va turlarini aniq belgilashni talab qiladi. Hodisalarni qayd qilish vaqti, boshlang’ich ma’lumotlarni olish usuli, kuzatish birliklarini o’z ichiga qamrab olishi va tashkiliy jihatdan statistik kuzatish quyidagi turlarga bo’linadi (2.8- tarh).
Tashkiliy va moliyalashtirish jihatidan statistik kuzatishlarni to’rtta turga bo’lish mumkin: 1) statistik hisobot; 2) maxsus doimiy tekshirishlar; 3) ro’yxatlar; 4) biznes tekshirishlar. Ular keyingi ma’ruzada yoritiladi.
Voqealar sodir bo’lishini qayd qilish vaqtiga qarab statistik kuzatish uch turga ajraladi: 1) uzluksiz (joriy) kuzatish; 2) fursatli kuzatish; 3) bir yo’la kuzatish.
Uzluksiz kuzatish-bu voqea ro’y berishi bilanoq uni qayd qilish (hisobga olish)dir.
Uzluksiz kuzatishda voqea (hodisa) sodir bo’lishi bilanoq, ya’ni o’sha damning o’zida qayd qilinadi. Masalan, tug’ilish, o’lish, nikoxdan o’tish va ajralishlarni fuqarolik holatini qayd qilish organlarida va qishloq yig’inlarida qayd qilish, yaratilgan mahsulotlarni boshlang’ich hujjatlarda hisobga olish, ishchi va xodimlarning ishga chiqishini tabel hisobida qayd qilish va h.k.
Fursatli davriy kuzatish - bu voqea sodir bo’lgandan so’ng ma’lum muddat o’tganda uni qayd qilib tekshirishlarni teng vaqt oralig’ida takrorlab turish
Fursatli davriy kuzatish deganda voqea sodir bo’lgandan so’ng ma’lum vaqt o’tganda uni qayd qilish va kuzatishlarni teng vaqt oralig’ida takrorlab turish tushuniladi. Masalan, har o’n yilda aholi ro’yxatini o’tkazish, talabalar o’zlashtirish darajasini har yarim yilda reyting ballari orqali baholash.
Bir yo’la kuzatish -bu hodisani har zamonda, extiyoj tug’ilishiga qarab kuzatish.
Bir yo’la kuzatish qandaydir masalani yechish maqsadida zaruriyat tug’ilgan hollarda turlicha’lo muddatlarda qayta amalga oshirilib turiladi. Bunday kuzatishga uy-joy fondi ro’yxati, ko’p yillik mevali daraxtlar ro’yxati, tabiiy ofat natijasida ko’rilgan zararlarni baholash ishlari misol bo’la oladi. O’rganilayotgan to’plam birliklarini o’z ichiga qamrab olishiga qarab statistik kuzatish yoppasiga kuzatish va qisman kuzatishga ajratiladi.
YOppasiga kuzatish - bu to’plamning hamma birliklari haqida ma’lumot to’plash.
YOppasiga kuzatishda to’plam barcha birliklari haqidagi zaruriy ma’lumotlar to’planadi.Statistik hisobot shu tarzda tashkil etiladi. Uni barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tuzadi va statistika tashkilotlariga taqdim etadi. Aholi ro’yxati, ekin maydonlarining yakuniy hisobi, chorva ro’yxatlari ham yoppasiga kuzatishga misol bo’la oladi.
Hisobot - korxona va tashkilotlar faoliyati haqidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda belgi-langan tartibda va vaqtda olishni ta’minlovchi kuzatish turidir
Hisobot korxona va tashkilotlar faoliyati haqidagi ma’lumotlarni uzluksiz, belgilab qo’yilgan tartibda va vaqtda to’plashning muhim yo’li (shakli)dir. “O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistikasi haqidagi” qonunga muvofiq respublika hududida joylashgan va yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan barcha korxonalar va tashkilotlar, ularning mulkiy va tashkiliy-xuquqiy shaklidan qat’iy nazar, o’z faoliyati haqida aniq va to’la ma’lumotlarni belgilangan dasturda, tartibda va muddatda tegishli davlat statistika tashkilotlariga taqdim etishga majburdir.
Joriy maxsus tekshi-rishlar - bu maxsus respon-dentlarni yollab hodisalar haqida boshlang’ich ma’lumot-larni muntazam yoki vaqtma-vaqt qayd qilish yo’li bilan to’plash jarayonidir.
Joriy maxsus statistik tekshirishlar deganda statistik tashkilotlar tomonidan maxsus respondentlarni yollab o’rganilayotgan hodisa, jarayon haqidagi boshlang’ich ma’lumotlarni muntazam yoki vaqtma-vaqt qayd qilib to’plash tushuniladi. Bunday kuzatishga uy xo’jaliklari byudjeti statistikasi, iste’mol baholari statistikasi, uyushmagan savdo statistikasi, dehqon xo’jaligi (fermer xo’jaligi bilan aralashtirib yubormang!) statistikasi va h.k. misol bo’lishi mumkin.
Biznes tekshirishlar - bu savolnomalar yordamida iqtisodiy holatni tahlil qilish va qisqa muddatli iqtisodiy istiqbolni belgilash uchun savol-javob yo’li bilan tadbirkorlar-dan ma’lumotlar to’plash-dir.
Biznes-tekshirishlar bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan statistik kuzatishdir. Ularning asosiy maqsadi tadbirkorlarning iqtisodiy faoliyatini o’rganishdan iborat. Joriy maxsus tekshirishlardan farqli o’laroq, biznes tekshirishlar tadbarkorlardan intervyu olish, oldin tayyorlangan savollarga yozma yoki og’zaki javoblarni maxsus savolnomalarda qayd qilishga asoslanadi. Ularning o’ziga xos xususiyati shundaki, savolnomalar kompleks xarakterga ega bo’lib, o’zaro bog’langan bir-birini to’ldiruvchi savollardan, ularning ma’lum masalaga oid majmualaridan tashkil topadi, natijada iqtisodiy faollikni har taraflama yoritish imkonini beradi.
Joriy maxsus tekshirishlar va biznes tekshirishlar ma’lum masalalarni o’rganishda qo’llanadi. Bundan tashqari, ro’yxatlar ham statistik kuzatishning muhim tashkiliy yo’li sifatida qo’llanish sohalariga ega.
2.4. Statistik kuzatish xatolari va ularni aniqlash usullari
Kuzatish xatolari- bu ma’lumotlarni to’plash jarayoniga xos xatolardir
Har qanday kuzatish, qanchalik yaxshi tashkil etilib amalga oshirilmasin, xatolardan xoli bo’lmaydi. Ma’lumotlarni to’plash jarayonida yo’l qo’yilgan xatolar kuzatish xatolari deb ataladi. Juda katta aniqlikka ega bo’lgan o’lchov vositalari yordamida bajariladigan bir predmetli kuzatishlarda ham xatolar bo’ladi. Kuzatish xatolari ikki turga bo’linadi: a) muntazam xatolar va b) tasodifiy xatolar.
Muntazam xatolar o’z navbatida ikki xil bo’ladi: a) o’lchov xatolari va b) xususiy xatolar ya’ni kuzatuvchi shaxs xatolari.
qisman kuzatishlarda voqealarni hisobga olish jarayonida qayd qilish va arifmetik xatolar bilan bir qatorda muntazam xatolar ham uchraydi. Ular g’arazli va g’arazsiz bo’ladi. /arazli xatolar biror maqsadni ko’zlaydi. Beg’araz xatolar esa kuzatish uslubini, ayniqsa dasturni va yo’riqnomalarni umumiy ko’rinishda mujmal bayon etilishdan va kuzatuvchilarning ishni osonlashtirish uchun belgilangan tartibdan qisman chetlanishidan kelib chiqadi. SHu bilan birga qisman kuzatishlarda xususiy xatolar mavjud, ular reprezentativlik xatolari nomi bilan yuritiladi.
Reprezentativlik xatosi - bu bosh va tanlama to’plam umulashtiruvchi ko’rsatkichlari orasidagi farqdir.
Reprezentativlik xatosi deganda tanlama kuzatish natijasida to’plangan ma’lumotlarga asoslanib aniqlangan umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarni tekshirayotgan bosh to’plamning aynan shunday haqiqiy ko’rsatkichlaridan farqi tushuniladi.
Nazorat va muhokama uchun savollar 1. Kuzatish maqsadi va vazifalari deganda nimalar tushuniladi?
2. Kuzatish ob’ekti nima va u qanday tartibda chegaralanadi?
3. Kuzatish birligi nima? Hisob birligi-chi?
4. Kuzatish sub’ekti nima?
5. TSenz, milliy standartlar va xalqaro standartlar nima, qanday maqsadlarni ular ko’zlaydi?
6. Kuzatish formulyari nima va uning qanday turlari bor?
7. Yo’riqnoma nima va u nima uchun tuziladi?
8. Kuzatish vaqti va joyi deganda nima tushuniladi va qanday tartibda ular aniqlanadi;
9. Kuzatish muddati va keskin fursat nima va ular qanday maqsadlarni ko’zlaydi?
10. Statistik kuzatish hisobdan va oddiy predmetli kuzatishlardan qanday farq qiladi?
11. Voqealarni qayd qilish vaqtiga qarab statistik kuzatishlar qanday Turlarga bo’linadi, ularni mazmuni nimalardan iborat?
12. Hodisalarni hisobga olish usuli jihatidan statistik kuzatish qanday turlarga bo’linadi?
13. YOppasiga kuzatish nima va qanday turlarga bo’linadi?
14. qisman kuzatish nima? Monografik tasvirlash-chi, asosiy massivni kuzatish-chi, savolnoma orqali kuzatish-chi; tanlama kuzatish-chi?
15. O’zbekiston respublikasida oliy ta’limni qayta qurish masalalarini o’rganish maqsadida statistik kuzatishni o’tkazish ko’zlangan. Kuzatish ob’ekti nima va uni qanday tartibda chegaralaysiz; kuzatish va hisob birligi nima va uni qanday aniqlaysiz. Kuzatish dasturida qanday savollarni ko’zlash ma’qul. qanday statistik formulyardan siz foydalangan bo’lar edingiz. Yo’riqnoma tuzish kerakmi, nimalarni unda aks ettirish kerak?
16. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2003 yildagi asosiy faoliyat turlarini o’rganish uchun statistik kuzatish tashkil etish kerak. Kuzatish ob’ekti qilib nimalar olinadi, kuzatish birligi-chi? Kuzatish dasturini tuzish uchun eng muhim belgilar qilib nimalarni olish kerak. Universitet qoshidagi gimnaziya, kollej va litseylarni ham kuzatish ob’ekti tarkibiga kiritish kerakmi?
17. Universitetda yaxshi o’zlashtirish darajasiga erishgan ixtisoslikni aniqlash uchun statitsik kuzatish o’tkazish kerak. Kuzatish ob’ekti va birligi qilib nimani olasiz? Hisob birligi qilib-chi? Kuzatishni qanday turda va usulda o’tkazish ma’qul. Uning dasturi va statistik formulyarini tuzing. Yo’riqnoma tuzasizmi? Nimalarni unda aks ettirasiz.