1-rasm. To’g’ri chiziqli koordinata tizimi 2- rasm. Qutbli koordinata tizimi
Masshtab (miqyos)
- bu raqamli ko’rsatkichlarning grafikda aks ettirilgan o’lchamidir.
U statistik grafiklarda raqamlar bilan ifodalangan ko’rsatkichlarni
grafik maydonda
tasviriy nisbatlarga aylantiradi.
Grafik masshtabini belgilashda
shkala
muhim ahamiyatga ega.
Shkala
deganda aniq
raqamlar kabi o’qilishi mumkin bo’lgan, nuqtalar bilan ajratilgan chiziq tushuniladi.
Shkala quyidagi uch unsurdan iborat: shkala tayanchi, shkala raqamlari, shkala nuqtalar
(3-rasm).
3-rasm. Shkala
Shkala tayanchi to’g’ri va egri chiziqli (yoysimon, aylanasimon) bo’lishi mumkin.
Shkaladagi oraliqlar (nuqtalar orasidagi masofa) teng yoki teng bo’lmagan holda bo’lishi
mumkin. Agar shkala oraliqlari teng bo’lsa, bunday shkala teng o’lchovli shkala deb, agar
oraliqlar teng bo’lmasa teng bo’lmagan o’lchovli shkala deyiladi.
Grafikning oxirgi unsuri – bu grafik talqindir (eksplikatsiya).
Bu
unsur grafikning
mohiyatini, mazmunini so’z bilan ifodalanishini ta’minlaydi.
Grafik talqin grafik nomini, masshtab
shkalasidagi yozuvlarni, grafikning ba’zi bir
qismlariga izohlarni aks ettiruvchi unsurdir. Grafik talqin qisqa va tushunarli bo’lishi
lozim.
Statistik grafiklar quyidagicha tasniflanadi:
1.
Mazmuni yoki vazifasiga ko’ra: taqqoslovchi grafiklar;
turli nisbiy miqdorlar
(tarkib, dinamika va h.k.) grafiklari;
dinamika qatorlari grafiklari; variatsion qatorlar
grafiklari; hududlar joylashuvi grafiklari (xaritalar); o’zaro bog’lanishdagi ko’rsatkichlar
grafiklari va boshqalar.
2.
Grafik tasvirni geometrik shakliga ko’ra (4-rasm): nuqtali; chiziqli; yassi (ustunli,
lentali yoki tasmali, kvadrat, doira, sektor, figura va hokazo); hajmli.
3.
Grafik tasvirni ifodalash usuliga ko’ra (5-rasm): diagrammalar; statistika xaritalari
(xaritogramma va xaritodiagrammalar).
- 2
Shkala
tayanchi
- 1
shkala
rao’amlari
Shkala
nuo’talari