2-masala. Turli malakadagi ishchilarning detallarga ishlov berishida sarflagan vaqtini o’rganish uchun 10%li tipik tanlash o’tkazilgan va quyidagi natijalar olingan:
1ta detalga ishlov berishda sarflangan vaqtning o’rtacha kvadratik chetlanishi,
min.
1
50
15
6
2
120
20
9
3
70
27
7
4
60
32
11
0,997 ehtimol bilan korxona bo’yicha o’rtacha bitta detalga ishlov berishda sarflanadigan vaqt(min)ning ishonch intervalini aniqlang.
3-masala. Firma xodimlarining o’rtacha oylik mehnat haqini o’rganish maqsadida 20% li mexanik usulda tanlab kuzatish o’tkazilgan va uning natijalari quyida keltirilgan:
Hisoblang: 0,997 ehtimol bilan o’rtacha oylik mehnat haqining ishonch intervalini.
4-masala. 10% li tasodifiy tanlama kuzatish natijalari bo’yicha Xalq banki bo’limidagi 1000 ta omonat qo’yilmalari hisob varag’idan 600 tasi ishchilarga tegishli ekanligi aniqlandi. Agar o’rtacha omonat qo’yilmalari qoldig’ining chegaraviy xatosi (o’rtachaga nisbatan foiz hisobida ) 2,4% ni, variatsiya koeffisiyenti esa 40% ni tashkil etsa, 0,950 ehtimol bilan aniqlang:
1) o’rtacha omonat qo’yilmalari qoldig’ining ishonch intervalini;
2) jami omonat qo’yilmalari summasining ishonch intervalini.
5-masala. Tasodifiy takrorlanadigan tanlama kuzatish natijalari bo’yicha korxona ishchilarining o’rtacha tarif malakasi uchun ishonch intervali 4 dan 5 gacha bo’lishi aniqlangan. Agar tanlama to’plamdagi ishchilar tarif malakasining o’rtacha kvadratik chetlanishi 1 ga teng bo’lsa, 0,954 ehtimol bilan aniqlang:
1) tanlama to’plamdagi ishchilar tarif malakasining chegaraviy xatosini;
2) tanlama to’plamdagi ishchilar tarif malakasining o’rtacha xatosini.
1-ILOVA Misol. Jizzax shahrida 250 ming oila yashaydi. Barcha oiladagi o’rtacha bolalar sonini aniqlash maqsadida 2%li tasodifiy takrorlanmaydigan tanlash usuli asosida oilalar kuzatilgan. Natijada, bolalar soniga qarab oilalarning quyidagi taqsimlanishi aniqlandi:
0,954 ehtimol darajasi bilan bosh to’plamdagi oilalardagi bolalarning o’rtacha sonining ishonch chegaralarini aniqlang.
Yechish. Avvalambor oilalardagi o’rtacha bolalar soni va dispersiyani aniqlash lozim. Buni quyida keltirilgan yordamchi jadval ma’lumotlaridan foydalanib hisoblash mumkin:
Oiladagi bolalar soni, ( )
Oilalar soni
( )
0
1
2
3
4
5
1000
2000
1200
400
200
200
0
2000
2400
1200
800
1000
-1.5
-0.5
0.5
1.5
2.5
3.5
2.25
0.25
0.25
2.25
6.25
12.25
2250
500
300
900
1250
2450
jami
5000
7400
-
-
7650
Oiladagi o’rtacha bolalar soni:
kishi.
Tanlanma to’plam dispersiyasi 1,53 ga teng.
Ma’lumki, ehtimol R=0,954 bo’lganda, ishonch koeffisiyenti t=2ga teng bo’lishligi. Tanlama to’plam uchun o’rtacha xato 0,035 ga teng:
ga teng.
Bosh to’plam uchun o’rtacha miqdor ishonch intervali quyidagi oraliqda bo’lishi kutiladi:
Shunday qilib, 0,954 ehtimol bilan aytish mumkinki, shaharda yashovchi oilalardagi bolalarning o’rtacha soni 1,465 ta boladan 1,535 ta bolagacha intervalda bo’lishi kutiladi.