Statistikasi



Yüklə 29,14 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü29,14 Kb.
#205936
1   2   3
36-38

37 
Tahlil va natijalar:
G’allachilikda elektr energiyasidan foydalanish mehnat 
unumdorligini 3-4 marta oshiradi. G’allachilikda "OS-1", "OS-3", "OB-10" markali 
g`alla tozalash mexanizmlaridan foydalanish mehnat sarfini 20-25%, mahsulot 
tannarxini esa 15- 35% kamaytiradi. G’allani quritishda mehnat sarfi 30-40%ga, 
tannarxi esa 20- 35%ga kamayadi. Sug`orish ishlarini avtomatlashtirish chorva mollari 
mahsuldorligini 10- 15%ga oshiradi va olinadigan mahsulot sifatini yaxshilaydi. Yem-
xashakni molga berish uchun oldindan tayyorlash ishlarida elektr energiyasidan 
foydalanish mehnat sarfini 75-90%ga kamaytiradi, ozuqa sifatini yaxshilaydi. Chorva 
mollarini sog`ishni elektrlashtirish ham katta ahamiyatga ega. Sigir sog`ish apparatlari
yordamida sog`ilganda mehnat sarfi tejalishi bilan bir qatorda, sog`uvchilarning mehnati 
ham yengillashadi. 1 s. sut qo'lda sog`ilganda 4,4 kishi-soat sarflansa, sog`ish apparati 
yordamida sog`ilganda 2,5 kishi-soat, sog`ish zalida sog`ilganda esa 1,8 kishi-soat 
sarflanadi. Qo'y junini mexanizmlar yordamida qirqish mehnat unumdorligini 3-4 
barobar oshiradi, qirqib olingan jun sifati ham ancha yuqori bo'ladi. Parrandachilik 
fermalarini tunda elektr energiyasi bilan yoritish natijasida tovuq va o'rdaklardan 
olinadigan tuxum 25-30 foizga ko'payadi. Elektr energiyasidan xo'jalikning yordamchi 
tarmoqlarida, jumladan ustaxona, tegirmon, yog`och arralash va hokazo ishlarda 
foydalanish katta iqtisodiy samara beradi. Ilmiy-tekshirish institutlari ma’lumotlariga 
ko'ra, qishloq xo'jaligida foydalanilgan har bir milliard kvtG'soat elektr energiya yiliga 
700 ming mehnatga yaroqli kishining mehnatini tejab, mahsulot yetishtirish uchun 
sarflanadigan xarajatlarni 2 mln. so'mga kamaytiradi. Elektr energiyasidan foydalanish 
qishloq aholisini moddiy va madaniy farovonligini oshirishda, qishloq madaniyatini 
shahar madaniyatiga yaqinlashtirishda katta rol o`ynaydi. 
XULOSA
Chunonchi sohadagi asosiy ishlab chiqarish fondlari, texnika va texnologiyalar 
eskirgan. 
Fundamental ilmiy 
izlanishlarga 
asoslangan 
yangi energetik 
va 
elektrotexnologik uskunalar tizimi shakllanmagan. Mazkur uskunalar hamda 


38 
texnologiyalarning ko'pchiligi talabga to'la javob bermaydi. Ularni ishlatish, ta’mirlash, 
rostlash hamda kadrlarni qayta tayyorlash borasida muammolar bor. Shuningdek
mahsulot ishlab chiqarishda energiya salmog`ini oshirish uchun energiyaning 
noan’anaviy turlaridan,ya’ni "Quyosh energiyasi"dan ham foydalanishga alohida e’tibor 
qaratilishi lozim. 

Yüklə 29,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin