Steam-ta’limi-fanlararo bog‘lanishlar va amaliy yondashuv yunusova Cho‘lponoy Abierovna


STEAM -EDUCATION-NON-DISCIPLINARY RELATIONSHIPS AND A PRACTICAL



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix19.08.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#139865
1   2   3
steam-ta-limi-fanlararo-bog-lanishlar-va-amaliy-yondashuv

STEAM -EDUCATION-NON-DISCIPLINARY RELATIONSHIPS AND A PRACTICAL 
APPROACH 
Abstract.
STEAM today is one of the most important innovative methods of the global 
education system. STEAM educational technology is a new method of teaching students and 
young people, different from traditional teaching methods. At present, the development of 
education, non-traditional, embodied in visibility, instructiveness and coherence, based on the 
demand for this educational period, is of great importance. 
Keywords:
STEAM, educational technology, innovative method, integration, English 
language, project, educational research, knowledge, qualification. 
STEAM Amerikada ishlab chiqilgan bo‘lib, ayrim maktablar o‘z bitiruvchilarining 
keyingi faoliyatini kuzatib, tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik mahorati, matematika 
fanlarini integratsiyalashga qaror qilishdi, shunday qilib, STEM (Science, Technique, 
Engineyering and Math) tizimi yuzaga keldi. Keyinchalik unga san’at (Art) qo‘shildi, endilikda 
STEAM oxirigacha shakllandi.
Ushbu ta’lim maktabgacha yoshdan boshlab boshlanishi kerak, shuning uchun 
dasturlarni bolalar bog’chalariga kiritish kerak.


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
2136 
Fan tili bu ingliz tilidir. Agar ilm-fanni o’rganish va olim bo’lishni istasangiz, bu tilni 
bilishingiz kerak. Qizlar uchun Steam-ta’lim dasturlari kerak. Ilm-fan sohasidagi qizlar, ularning 
tartibliligi tufayli, o’g’il bolalar qila olmaydigan narsalarni qilishlari mumkin.
Science is fun! Ilm-fan quvnoq bo’lishi kerak, u talaba-yoshlar uchun qiziqarli va o‘ziga 
jalb qiluvchi bo‘lishi kerak. O’ziga jalb qiluvchi bo’lishi kerak. 
U oʻquvchilarni bir vaqtning oʻzida toʻrtta – fan (Science), texnologiya (Technology), 
muhandislik, (Engineering), tasviriy sanʼat (Art), matematika (Math) boʻyicha oʻqitishga 
moʻljallangan. STEAM fan boʻyicha emas, balki mavzular boʻyicha integratsiyalashgan oʻqitish 
tizimidir. O‘qituvchilarning fikricha, bu fanlardan egallangan bilimlar talaba-yoshlarlarning 
kelajakda yuqori malakali mutaxassislar bo‘lib yetishishlariga yordam beradi. Natijada bolalar 
bilimlarni egallashga va shu zahotiyoq ularni amalda qo‘llashga harakat qilishadi. 
STEAM taʼlimi amaliy mashgʻulotlar yordamida ilmiy-texnik bilimlarni real hayotda 
qoʻllash tushuniladi. 
Hech kimga sir emaski, ko‘plab fan tarmoqlarida katta yutuqlarga erishish uchun 
o‘zlashtiriladigan turli sohalardagi bilimlarning integratsiyasi talab etiladi. Lekin, bunga talaba-
yoshlarni qanday qilib tayyorlash mumkin, chunki maktab darslari orasidagi bog‘liqlikni ko‘rish 
juda murakkabdir. Aynan shunday muammolarni hal qilishda STEAM yordam beradi. 
STEAM-ta’limi fanlararo bog‘lanishlar va amaliy yondashuvga asoslangan. U ilmiy 
metod kundalik hayotda qanday qo‘llanilishini namoyish etadi. STEAM talaba-yoshlarning 
loyiha va o‘quv-tadqiqot faoliyatini maktabda va maktabdan tashqarida amalga oshirilishi 
imkonini beradi. 
STEAM yondashuvining asosiy g‘oyasi quyidagicha: amaliyot nazariy bilimlar kabi 
muhimdir. Bunda o‘quvchilar ta’lim jarayonida nafaqat o‘z aqlini, balki qo‘llarini ham 
ishlatishga majburdirlar. Sinf xonasida ta’lim olish jarayoni jadal rivojlanayotgan olam 
o‘zgarishlaridan ortda qolmoqda. STEAM yondashuvining asosiy xususiyati shundaki, bunda 
talaba-yoshlarning ko‘pchilik fanlarni samarali o‘rganishda ham aqli hamda qo‘llaridan 
foydalanishadi. Bilimlarni mustaqil egallashadi. 
STEAM ta’lim muhitida o‘quvchilar egallagan bilimlaridan o‘sha zahotiyoq amalda 
foydalanadilar. Shu sababdan ular ulg‘ayib, voyaga yetgach, real hayotda uchraydigan turli 
muammolarga duch kelishganida, masalan, atrof-muhit ifloslanishi bo‘ladimi, iqlim 
o‘zgarishimi, shu kabi murakkab muammmolarni yechish uchun faqatgina turli fan sohalari 
bo‘yicha egallagan o‘z bilimlariga suyanishlari va hamkorlikda ishlashlari zarurligini 
tushunishadi. Bunda bitta fan doirasidagi bilimlargagina tayanish yetarli bo‘lmaydi. Shunga 
ko‘ra, STEAM yondashuv o‘qitish metodigina emas, balki fikrlash uslubi hamdir. 
STEAM ta’limida talaba-yoshlarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga katta e’tibor 
berilishi natijasida ularning hamkorlikda ishlash, ijodiy qobiliyati rivojlanadi, irodasi 
mustahkamlanadi. 
Aynan shunday bilim va ko‘nikmalar o‘qitishning asosiy vazifasi bo‘lib, butun o‘qitish 
tizimi shunga intiladi. 
Har kuni yangidan-yangi ish turlari, shuningdek, yangi mutaxassislik sohalari paydo 
bo‘lmoqdaki, bu bugungi kun pedagoglarini o‘ylashga majbur qilishi kerak. Ular o‘qitayotgan 
talaba-yoshlarning bilim va malakalari hozirgi zamon talabiga mos keladimi? 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
2137 
STEAM ta’limi egallangan bilimlarni real ko‘nikmalar bilan chog‘ishtirishga o‘rgatadi. U 
o‘quvchilarning qandaydir fikrlarni o‘ylab topishlarinigina emas, asosiysi fikrlarini haqiqatda 
amalga oshirishga imkon beradi. 
Massachuset texnologik instituti (MIT) STEAM yondashuvga yorqin misol bo‘ladi. Bu 
universitetning shiori «Mens et Manus» («Tafakkur va qo‘l») bo‘lib, STEAM kurslari va 
bolalarning STEAM konsepsiyasi bilan oldindan tanishishlari uchun ba’zi o‘quv muassasalarida 
STEAM mashq markazlarini ochgan. 
STEAM ta’limida talaba-yoshlarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga katta e’tibor 
byerilishi natijasida ularning hamkorlikda ishlash, ijodiy qobiliyati rivojlanadi, irodasi 
mustahkamlanadi. 
Aynan shunday bilim va ko‘nikmalar o‘qitishning asosiy vazifasi bo‘lib, butun o‘qitish 
tizimi shunga intiladi. 
Xulosa qilib aytganda STEAM bu maktabda va maktabdan tashqari loyiha va o‘quv – 
tadqiqot faoliyatini amalga oshirish imkonini beruvchi innovatsion texnologiya. O‘qitishga 
bunday yondashuv ta’limni aralash turda olib borish va egallagan nazariy bilimlarni kundalik 
hayotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirishga imkon beradi. Xulosa qilib aytganda, shuni 
ta’kidlashni istardikki, an’anaviy o’qitish uslublari bilan taqqoslaganda, o’rta maktabdagi
STEAM yondashuvi bolalarni tajribalar o’tkazishga, modellar tuzishga, mustaqil ravishda 
musiqa va filmlar yaratishga, o’z g’oyalarini haqiqatga aylantirishga va yakuniy mahsulotni 
yaratishga undaydi. Ushbu ta’lim yondashuvi bolalarga nazariya va amaliy ko’nikmalarni
samarali tarzda birlashtirishga imkon beradi va universitetga kirish va keyingi o’qishni 
osonlashtiradi. Ingliz tili o'qitish: ushbu sinf o'quvchilariga nafaqat murakkab akademik til va 
so'z boyligi, balki murakkab tarkib va protseduralar ham tushunishlari kerak.
O'qituvchilar va o'quvchilarning fan, texnika va matematikadan bilimlarini oshirishda 
yordam beradigan bir necha usullardan foydalanishlari mumkin.
O'qituvchilar va talaba-yoshlarni qo'llab-quvvatlaydigan bir nechta ajoyib veb-saytlar 
mavjud. Ushbu veb-saytlarning ba'zilari turli xil mavzularda yozilgan qisqa maqolalar, shu
jumladan fan, muhandislik va matematikaga oid masalalarni, o'quvchilarga turli xil 
ko’nikmalarni hosil qilishda yordam beradi. O'quvchilarga ushbu mavzularga oid
maqolalarni o'qish orqali ular, savodxonlik mahoratini oshirishlari mumkin, bilimlarni
shakllantirish, va shu bilan birga tushunish qobiliyatlarini rivojlantirishlari mumkin va 
qancha ko’p yangiliklar o’qisa va video sifatida ko’rib tamosha qilsa, u o’quvchi oldin nazariy 
jihatdan o’rgangan so’z boyliklari yoki xorijiy tilning biror bir grammatik jihatini amalyotda
qanday bo’lishi haqida ushbu videotasmalar yoki turli maqolalar orqali ma’limotga ega bo’ladi. 
O'quvchilar bilimlarini chuqurlashtirish vositasi sifatida so'z boyligini o'stirishga e'tibor 
qaratishlari kerak. Saytlarda esa umumiy akademik lug'at bilan boyitilgan yangi so'zlar mavjud
bo’ladi. Xorijiy tillarni o’rganish sohalarida so'z boyligi muhim ahamiyatga ega. Ushbu 
sohadagi murakkablik so'zlarning ko'p qismi lotin tilidan kelib chiqqanligi sababli, ispan,
italyan, frantsuz yoki portugal tillarida so'zlashadigan o'quvchilarga, akademik lug'at 
so'zlaridagi lotincha ildizlar ularga, o'z ona tillarida bo’lishi mumkinligi haqida ma'lumot berish 
zarur.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin