Xorijiy mamlakatlardagi bakalavr va talabalarni tayyorlashni boshqarish tajribasi Jahondagi ko‘plab mamlakatlarda oliy o‘quv yurtlari o‘rta umumiy ta’lim
tizimidan keyingi, navbatdagi ta’lim bosqichi hisoblanadi. Oliy ta’lim maktablarining
ko‘pchiligida o‘qish muddati 2yil yoki undan ko‘proq bo‘lib uch siklda yoki
bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchi bosqich ta’limi 3-4 yil (yoki ko‘proq) davom etadi va bitiruvchilarga
bakalavr diplomi beriladi (AQSH, Angliya, YAponiya, Avstarliyada). Fransiyada
birinchi bosqich oliy maktabni bitiruvchilarga metriz Belgiyada lisans unvoni
beriladi.
Ikkinchi bosqich oliy ta’lim maktablariga birinchi siklni tugatgan
bitiruvchilarning 10-25 foizi qabul qilinadi. Masalan ko‘rsatkich AQSHda-20,Buyuk
Britaniyada-15,Avstraliyada–7, Avstriyada-10, YAponiyada-6 foizni tashkil qiladi.
Bu davrda tanlangan yo‘nalish bo‘yicha ihtisoslashtirilgan umumiy fundamental
bilimlar o‘qitiladi (Angliya, IspaniyaAQSH). GFR , Fransiya, Belgiya kabi
mamlakatlarda esa ikkinchi bosqich oliy ta;lim maktablari talabalari ancha
mukammal va muayyan maqsadga yo‘naltirilgan bilimlarni egallaydilar. Lekin hali
ular tor profildagi yuqori malakali mutaxassis unvonini olish uchun ikkinchi sikldagi
o‘qishlarini yana ixtisoslashtirilgan kurslarda 1-2 yil davom ettirishlari mumkin.
Ta’limning bunday tizimi o‘rta va oily ta’lim maktablari faoliyatini
muvofiqlashtirishga tanlangan soha bo‘yicha oliy ta’limdagi izchillikni ta’minlashga
samarali ta’sir qiladi.
Muayyan ixtisosliklar bo‘yicha maxsus imtihonlar 3 yillik amaliy ish
faoliyatidan keyin ham topshirilishi mumkin.
Oily ta’lim maktablarining ikkinchi bosqichida o‘qish 1-2 yil davom etadi. Bu
siklni
bitirgan
talabalarga
magistr
unvoni
beriladi
(AQSH,Buyuk
Britaniya,Yaponiya,Avstraliya).
Fransiya va Belgiyada magistr unvoni ma’lum mutaxassisliklari chuqur
o‘rganuvchi kurslarning bitiruvchilariga ham beriladi. Magistrlik ta’limining o‘ziga
xos xususiyatlaridan biri o‘quv dasturlarining individuallashtirilganligidir. Bunda
o‘quv dasturlari talabalar va ularning ilmiy rahbarlari tomonidan tuziladi va
kafedralar, dekanatlar tomonidan tasdiqlanadi. Magistraturani bitirgan yoshlar
doktoranturaga kirisg huquqiga ega bo‘ladilar.