23
2) ijtimoiy afzalliklar va jamiyat ehtiyojlariga ijobiy qarab o’z faoliyatini tartibga
solish;
3) tartibga soluvchi me’yorlar bilan ziddiyatta bormaslik uchun zarur
harakatlarni o’z vaqtida amalga oshirish;
4) hissadorlar manfaati va jamiyat manfaatlari o’rtasida muvozanatni saqlash;
5) jamiyatda kompaniyaning fuqarolik mavqeini ta’minlash.
Tarmoqning jozibadorligi va raqobatchilik darajasi strategiyani belgilashga
katta
ta’sir ko’rsatadi. Kompaniya strategiyasini ilgari shug’ullanilmagan sohaga asoslab
qurish mutlaqo yaramaydi. Strategiyani kompaniyaning
yaxshi anglangan sohasiga
qurilishi lozim.
Strategiyada hisobga olinishi lozim bo’lgan va aslida uni belgilovchi birlamchi
omillarning oddiy modeli 5-chizmada keltirilgan. Bu omillarning o’zaro ta’siri
odatda
har tomonlama mazmunga ega bo’lib, tarmoq va kompaniya uchun alohida farqlanadi.
Odatda, ichki va tashqi vaziyat o’rtasidagi farq aniq bo’lmasa, raqobatli ustunlikka
erishilmasa, kompaniya faoliyati yaxshilanmagan bo’lsa, strategiya-ning o’zi
muvaffaqiyat keltira olmaydi.
2.2.-chizma. Kompaniya strategiyasini belgilovchi omillar
TAShQI
OMILLAR
Ijtimoiy, siyosiy
sharoitlar va qo-
nunchilik
Tarmoqning jozi-
badorligi, raqobat
shartlari
Kompaniya uchun
imkoniyatlar va xavf-
xatarlar
Kompaniyaning
strategik vaziyati
Ayrim omillar ning
muhimligi va ularning
strategiyaga ta’siri
haqidagi xulosa
Strategik
tashabbuslarni
identifikatsiya
lash va baholash
Vaziyatga mos
strategiyani
aniqlash
IChKI OMILLAR
Kompaniyaning kuchli
va zaif tomonlari
bozordagi raqobat
Shaxsiy nafsoniyat
biznes falsafasi
axloqiy tamoyillar
Aktsiyalarning qiymati
va kompa-niya
madaniyati