313
mayda ko‘rsatkichlarining o‘zgarib turishiga o‘xshash darajaga asoslangan
normalashtirish yo‘li ancha ta’sirini ko‘rsatdi.
Tug‘ulishdagi umr ko‘rishning minimal qiymatini 25 dan 20 ga
tushirishning boisi nima?
Bu tarixiy ko‘rsatkichlarga asoslangan. Maddison va
Rileylarning ko‘rsatishi bo‘yicha 20 yil bu minimal umr ko‘rish. Agarda jamiyat yoki
jamiyatning bir qismining umr ko‘rishi tipik reproduktiv
yoshdan pastlashsa u
jamiyat o‘ladi, butunlay yo‘qoladi. Krizis, moliyaviy iqtisodiy tangliklar davomida
bundan ham pastroq qiymatlar paydo bo‘lgan edi Ruanda genotsid-qirg‘inida,
lekin
bu hech bir turmush tarziga to‘g‘ri kelmaydigan holat va bu holatda omon qolish
mumkin emas.
Boshqa ko‘rsatkichlarning minimal qiymatlari nima uchun kerak?
Umuman olganda har bir davr davomida jamiyat yashashi uchun minimal qiymatlar
belgilanadi. Har ikkala ta’lim-savodxonlik ko‘rsatkichlari uchun minimum qilib “0”
belgilanadi, chunki jamiyat a’zolari rasmiy savodxonligi bo‘lmagan
taqdirda ham
yashay oladilar. Daromadga kelsak YAlpi Milliy Daromad kishi boshiga 163 AQSH
dollari qilib belgilangan. Bu har qanday jamiyatning insoniyat yaqin tarixida erishgan
eng past qiymat ko‘rsatkichi, masalan Zimbabve 2008 yilda va bu esa kuniga 45
sentdan kamroq (Jaxon bankining qashshoqlik chizig‘i 1,25 AQSH dollari
belgilangan darajaning 1/3 qismi). Minimal qiymatlarning
belgilanishi muhim
ahamiyat kasb etadi. YAlpi Milliy Daromad kishi boshiga 163 AQSH dollaridan
pasaysa minimal qiymat ham o‘shanga yarasha o‘zgartiriladi.
Dostları ilə paylaş: