Strategik menejment


Kurs ishini tashkil etish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə262/309
tarix20.11.2023
ölçüsü4,26 Mb.
#162872
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   309
Strategik menejment

 
 Kurs ishini tashkil etish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar 
 
«Strategik menejment» fani bo’yicha kurs ishi tanlangan mavzu bo’yicha 
natijalarni umumiy yaxlitlikka ega ilmiy va amaliy fikrlarni aks ettiruvchi loyihaviy 
ishdir. Kurs ishi «Strategik menejment» fani rivojlanishining zamonaviy darajasiga, 
iqtisodiyotning rivojlanish tendentsiyalariga doir masalalarini aks ettirishga mos 
kelishi kerak. 
Kurs ishi nafaqat nazariy ahamiyati, mavzusining dolzarbligi va erishilgan 
natijalarning amaliyotga tadbiqi, balki uning uslubiy tayyorgarlik darajasi hamda 
rasmiylashtirilishiga qarab baholanadi. Kurs ishini yozishning eng muhim bosqichi - 
bu qo’yilgan savollarning o’zaro nazariy va amaliy aloqadorligini ta’minlash. Kurs 
ishining tarkibiy tuzilishini to’g’ri belgilash talabaga kurs ishining maqsadi va 
vazifalarini aniq qo’yish hamda ko’zlangan natijaga erishish yo’llarini, shuningdek, 
kurs ishini tayyorlash bosqichlarini to’g’ri tanlashga imkon yaratadi. Kurs ishining 
tarkibiy tuzilishini oqilona va sifatli ishlab chiqilishi talabaga izlanishning oldiga 
qo’yilgan maqsad hamda natijalarini to’g’ri ifodalash, fikrlarni bayon etish uslublari 
va kurs ishini tayyorlash bosqichlarini ajratish imkonini beradi. 
Kurs ishi talabaning ilmiy jihatdan etukligi hamda «Strategik menejment » fani 
bo’yicha chuqur bilimga va amaliy ko’nikmaga egaligini namoyon qilishi zarur. Kurs 
ishida o’rganiladigan masalalarning nazariy jihatlari, aniqlangan muammolarini, 
qo’yilgan ilmiy va amaliy vazifalarni tahlil qilish hamda muammolarni hal etishni 
ko’zlagan holda bir-biriga mantiqiy mos reja tuziladi va shu asosida yoziladi. Talaba 
kurs ishi bo’yicha izlanish natijalarini yoritishda strategic menejmentning tashkil 
qilishning o’ziga xosligini hisobga olib, chet davlatlarning tajribalarini o’zimizda 
orttirgan amaliy yutuqlarni umumlashtirgan holda boshqaruv siyosatining 
xususiyatlarini, belgilangan muammolarning echimini topish yo’l-yo’riqlarni ishlab 
chiqadi va bartaraf qilish usullarini tavsiya etadi. 
Kurs ishini himoya qilishga quyidagi umumiy talablar qo’yiladi: 
- o’rganilayotgan muammo bo’yicha mavjud iqtisodiy adabiyotlarni chuqur 
tahlil qilish; 
- kurs ishida chizma va jadvallarni muayayn tizimga keltirilgan holda 
rasmiylashtirish; 
- kurs ishi bo’yicha to’plangan materiallarni tanqidiy o’rganish; 
- taklif va tavsiyalarning asoslab berilishi; 
-
talaba tomonidan fikrning ketma-ketlikda, muayayn izchillikda bayon 
qilinishi; 


373 
-
qo’yilgan talablar bo’yicha kurs ishining rasmiylashtirilishi. 
Kurs ishi o’quv rejaga ko’ra 5230200 – “Menejment” (Xizmatlar sohasi)
ta’lim yo’nalishida nazarda tutilgan. 

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   309




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin