Sud-kimyogar ekspertiza mutaxassisligi bo’yicha shakllantirilgan savollar ro’yxati Uchinchi va ikkinchi malaka toifasi uchun



Yüklə 58,44 Kb.
səhifə2/3
tarix09.10.2023
ölçüsü58,44 Kb.
#153408
1   2   3
135.1 Суд-кимё. экс. оғз. сав. сайт ўзб

Birinchi malaka toifasi uchun:



  1. Sud kimyogarlarining huquq va vazifalari nimalarda iborat? Ish jarayonida sud kimyogarlari qanday xujjatlar bilan ishlaydi?

  2. Kimyo toksikologik tahlil qanday asosiy bosqichlardan iborat? Misollar bilan izohlang.

  3. Biologik ob’ektlardan ajratib olingan zaharli moddalarni aniqlashda qanday reaksiya va usullar qo‘llaniladi?

  4. Ekstraksiya, uning organik zaharlarni ajratib olishdagi o‘rni. Ekstraksiyaga ta’sir etuvchi omillar.

  5. Biologik ob’ektlardan ajratib olingan zaharli moddalarni aniqlashda qanday reaksiya va usullar qo‘llaniladi? Ularni izohlab bering.

  6. Azeotropik aralashmalar tarkibi qanday va ular qanday haydaladi?

  7. Alifatik spirtlarni biologik ob’ektdan ajratib olish. Etil spirtini sifat va miqdoriy tahlili qanday olib boriladi? Kimyoviy tenglamasini yozing.

  8. Spirtlarni aniqlashda gaz-suyuqlik xromatografik usulni qo‘llash. Alkilnitritlar hosil qilish, ularni sifat va miqdorini aniqlash.

  9. Sirka kislotasi. Sof va bog‘langan sirka kislotasini ob’ektdan ajratib olish usullarini. Sirka kislotasi uchun sifat va miqdoriy tahlili qanday olib boriladi?

  10. Aseton. Biologik ob’ektdan ajratib olish. Asetonning sifat va miqdoriy tahlili qanday olib boriladi?

  11. Metall kationlari biologik ob’ektdan xo‘l usulda mineralizatsiyalashning mohiyati va uning turlarini izohlang.

  12. Biologik ob’ektni sulfat va nitrat kislotasi bilan mineralizatsiyalash qanday bajariladi?

  13. Mineralizatdan oksidlovchilarni qanday usullarda yo‘qotiladi?

  14. Kimyo toksikologik tahlilda halaqit beruvchi ionlarni niqoblash uchun qanday reaktivlar qo‘llaniladi?

  15. Metallsaqlovchi birikmalarni biologik ob’ektdan ajratib olish. Kationlarni aniqlash usullari.

  16. Organik zaharli moddalarni biologik ob’ektlardan ajratib olish usullari, ularning mohiyati va ahamiyatini tushuntiring.

  17. Ajratib olingan ajratmalarni yot moddalardan tozalash usullari.

  18. Murda alkaloidlari haqida tushuncha bering. Farmakologik tekshiruvi va uni ahamiyati.

  19. Sintetik azot saqlovchi organik birikmalarni biologik ob’ektlardan jaratib olish va tahlil qilish.

  20. Is gazi bilan zaharlanish. Karboksigemoglabinni qondan kimyoviy tahlil usullari.

  21. Qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan ximikatlar (pestitsidlar), ularning sinflanishi, qo‘llanilishi.

  22. Fosfororganik birikmalar, ajratib olish va umumiy tahlil usullari.

  23. Sintetik piretroidlarni biologik ob’ektdan ajratib olish, sifat va miqdor tahlil usullari.

  24. Tabiiy narkotik analgetiklarni biologik ob’ekt va biologik suyuqliklardan ajratib olish usullari, sifat va miqdor tahlili.

  25. Psixotrop moddalar guruhiga mansub moddalar va ularning tahlili

  26. Sintetik narkotik analgetiklarni biologik ob’ektlardan ajratib olish usullari, sifat va miqdor tahlili.

  27. Prekursorlar haqida tushuncha va ularning tahlili

  28. Giyohvand vositalar tahlilida ob’ektlar va ularga qo‘yilgan talablar, tahlilga tayyorlash.

  29. Narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasida mavjud normativ hujjatlar.

  30. O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan narkotik vositalar va psixotrop moddalar, prekursorlar ro‘yxati va me’yoriy hujjatlar ( VM qarorlari).

  31. Nasha. Kannabinoidlarni biologik suyuqliklardan ajratib olish va tahlil usullari.

  32. Barbitur kislota hosilalarini biologik ob’ektlardan ajratib olingan eritmalardan aniqlashda qo‘llaniladigan fizik-kimyoviy tahlil usullari.

  33. Sintetik fenilalkilaminlarni biologik suyuqlik va ob’ektlardan ajratib olish, sifat va miqdor tahlili.

  34. Tabiiy fenilalkilaminlarni biologik suyuqlik va ob’ektlardan ajratib olish va tahlil usullari.

  35. Narkotik moddalar uchun ekspress – test tahlil, musbat va manfiy ahamiyatga ega tahlil xaqida ma’lumot bering. Uning afzalliklari va kamchiliklari.

  36. Immunokimyoviy reaksiya nima? U qanday amalga oshiriladi? Immunokimyoviy reaksiyalar sinflanishi. Immunokimyoviy reaksiyalarni narkotik moddalar tahlilida qo‘llanilishi.

  37. Fenotiazin hosilalarini ashyoviy dalildan ajratib olish qanday bajariladi? Fenotiazin hosilalarini aniqlashda qo‘llaniladigan rang hosil qiluvchi reaksiyalari.

  38. Fenotiazin hosilalarini peshobdan ajratib olish qanday bajariladi? Peshobdan ajratilgan fenotiazin hosilalarini YuQX tahlili.

  39. Peshobni dastlabki tahlil usullari va bosqichlari. Peshobning rN muhiti va uning tahlilga ta’siri.

  40. Amfoter, nordon va asos xossaga ega moddalarni peshobdan ajratib olish.

  41. Gaz suyuqlik xromatografiyasi. Zaharli moddalarni sifati va miqdorini aniqlash uslublari.

  42. Termodesorbsion sirt ionlashuv spektrometriyasi. Zaharli moddalarni sifati va miqdorini aniqlash uslublari.

  43. Fotoelektrokolorimetriya usuli. Zaharli moddalarni sifati va miqdorini aniqlash uslublari.

  44. Ultrabinafsha spektrofotometriya usuli. Zaharli moddalarni sifati va miqdorini aniqlash uslublari.

  45. Nikotin, suyuq alkaloidlarni biologik ob’ektlardan ajratib olish usullari, sifat va miqdor tahlili.

  46. Anabazin, suyuq alkaloidlarni biologik ob’ektlardan ajratib olish usullari, sifat va miqdor tahlili.

  47. Paxikarpin, biologik ob’ektlardan ajratib olish usullari, sifat va miqdor tahlili.

  48. Paxikarpinni yod ioniga asoslanib aniqlash tartibini tushuntiring.

  49. Rezerpin alkaloidini formulasi, metabolizmi, biologik ob’ektlardan ajratib olish , sifat va miqdor tahlili.

  50. Xinin alkaloidini formulasi, metabolizmi, biologik ob’ektlardan ajratib olish , sifat va miqdor tahlili.

  51. Antipirin formulasi, metabolizmi, biologik ob’ektlardan ajratib olish , sifat va miqdor tahlili.

  52. Amidopirin formulasi, metabolizmi, biologik ob’ektlardan ajratib olish , sifat va miqdor tahlili.

  53. Analgin formulasi, metabolizmi, biologik ob’ektlardan ajratib olish, sifat va miqdor tahlili.

  54. Novokain formulasi, metabolizmi, biologik ob’ektlardan ajratib olish, sifat va miqdor tahlili.

  55. Dikain formulasi, metabolizmi, biologik ob’ektlardan ajratib olish, sifat va miqdor tahlili.

  56. Lidokain formulasi, metabolizmi, biologik ob’ektlardan ajratib olish, sifat va miqdor tahlili.

  57. Dimedrol formulasi, metabolizmi, biologik ob’ektlardan ajratib olish, sifat va miqdor tahlili.

  58. Opiy va uning narkomaniyasi. Opiy bilan zaharlanish holatini kimyoviy tahlili. Mekon kislotasi va mekoninni ajratib olish va tahlili.

  59. Nasha, kannabinoidlarni formulalari, nashadan olingan mahsulot turlari, organizmda bo‘ladigan metabolitik o‘zgarishlari.

  60. Fenotiazin guruhi moddalari. Ularning formulalari, fizik-kimyoviy xususiyatlari va narkologik ahamiyati.

  61. Omnopon narkomaniyasi. Omnopon bilan zaharlanish holatini kimyoviy tahlili. Opiy, omnopon va morfin iste’mol qilinganligini bir-biridan farqlash mumkin bo‘lgan holatlar haqida ma’lumotlar

  62. Oksazepam, formulasi, biologik suyuqlik va ob’ektlardan ajratib olish, sifat va miqdor tahlili.

  63. Nitrazepam, formulasi, biologik suyuqlik va ob’ektlardan ajratib olish, sifat va miqdor tahlili.

  64. Barbital, formulasi, biologik suyuqliklardan ajratib olish usuli, sifat va miqdor tahlili.

  65. Immunoferment tahlil nima? U qanday amalga oshiriladi? Immunoferment tahlilining sinflanishi. Immunoferment tahlil tartibini izohlang.

  66. Qattiq fazali ekstraksiya mohiyati va qo‘llanilishi. Qattiq fazali ekstraksiyani amalga oshirish bosqichlarini izohlang.

  67. Yuqori samarali suyuqlik xromatografiya usuli. Zaharli moddalarni sifati va miqdorini aniqlash uslublari.

  68. Gaz-xromato-mass-spektrometriya usuli. Zaharli moddalarni sifati va miqdorini aniqlash uslublari.

  69. Standart A-6 bo‘yicha sud kimyo tekshiruvini (ekspertizasini) o‘tkazish uchun ob’ektlar olish qanday amalga oshiriladi.

  70. Metgemoglobin xosil qiluvchi zaxarlarga qanday moddalar kiradi va tekshiruv uchun qaysi biologik ob’ektlardan foydalaniladi.

  71. Kofein formulasi, metabolizmi, biologik ob’ektlardan ajratib olish va xususiy reaksiyalari.

  72. Teobramin formulasi, metabolizmi, biologik ob’ektlardan ajratib olish va xususiy reaksiyalari.

  73. Teofillin formulasi, metabolizmi, biologik ob’ektlardan ajratib olish va xususiy reaksiyalari.

  74. Fenasetin, metabolizmi, biologik ob’ektlardan ajratib olish va metobolitik parchalanishi va tahlil usullari.

  75. Salitsil kislota formulasi, metabolizmi, ajratib olish va tahlil usullari.

  76. Strixnin formulasi, metabolizmi, biologik ob’ektlardan ajratib olish, sifat va miqdor tahlili.

  77. Brutsin formulasi, suyuq alkaloidlarni biologik ob’ektlardan ajratib olish usullari, sifat va miqdor tahlili.

  78. Atropin alkaloidini formulasi, metabolizmi, biologik ob’ektlardan ajratib olish, sifat va miqdor tahlili.

  79. Skopolamin alkaloidini formulasi, metabolizmi, biologik ob’ektlardan ajratib olish, sifat va miqdor tahlili.

  80. Koniin alkaloidini formulasi, metabolizmi, biologik ob’ektlardan ajratib olish , sifat va miqdor tahlili.

  81. Arekolin alkaloidini formulasi, metabolizmi, biologik ob’ektlardan ajratib olish , sifat va miqdor tahlili.

  82. Papaverin alkaloidini formulasi, metabolizmi, biologik ob’ektlardan ajratib olish , sifat va miqdor tahlili.

  83. Is gazi. Karboksigemoglabinni qondan UB spektrofotometrik usulda aniqlash.

  84. Xlororganik pestitsidlarni biologik ob’ektdan ajratib olish, sifat va miqdor tahlil usullari.

  85. Karbamin kislotasi hosilalarini biologik ob’ektdan ajratib olish, sifat va miqdor tahlil usullari.

  86. Narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar to‘g‘risidagi xalqaro normativ hujjatlar

  87. Zaharlar, ularning toksikologik ahamiyati. Zaharlanish turlari.Zaharlarning sinflanishi.

  88. Sud kimyo ekspertizasi dalolatnomasini tuzish va yozish tartibini tushuntiring.

  89. Zaharli moddalarni suv bug‘i yordamida haydash usulining mohiyati nimadan iborat?

  90. Uchuvchi zaharlarni biologik ob’ektdan ajratib olish. Ularning sifat va miqdoriy tahlili qanday olib boriladi?

  91. Chirigan biologik ob’ektlardan zaxarli moddalar qanday usulda ajratib olinadi va nima uchun.

  92. Tirik shaxslardan biologik ob’ektlar olishda bayonnoma tuzish jarayonida JPK ning qaysi moddalari asos bo‘ladi.

  93. Eksgumatsiya qilingan murda sud-kimyoviy tekshiruvi uchun qanday ashyoviy dalillar olinadi va qanday zaxarlarga tekshirish imkoniyati bor.

  94. Narkotik vositalar va psixotrop moddalarni saqlovchi ob’ektlardan namunalar olish, ularni tahlilga tayyorlash.

  95. Barbituratlarni biologik ob’ektlardan ajratib olishning xususiy usullari.

  96. Fenotiazin hosilalarini peshobdan dastlabki tekshirish reaksiyalari va ularni ahamiyatini izohlang.

  97. Peshob namunalarini olish, saqlash, tahlil qilish tartibini izohlab bering.

  98. Peshobning tarkibi va uni tahlillarga ta’siri (nordon va ishqoriy modda).

  99. Yupqa qatlam va qog‘oz xromatografiya usuli. Zaharli moddalarni sifati va miqdorini aniqlash uslublari.

  100. Dializ usulida qanday moddalar ajratib olinadi va ularning tahlili.

  101. Moddalarni ajratib olishda gidroliz usuli qachon va nima uchun foydalaniladi.



Yüklə 58,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin