Sud-kimyogar ekspertiza mutaxassisligi bo’yicha shakllantirilgan savollar ro’yxati Uchinchi va ikkinchi malaka toifasi uchun



Yüklə 58,44 Kb.
səhifə1/3
tarix09.10.2023
ölçüsü58,44 Kb.
#153408
  1   2   3
135.1 Суд-кимё. экс. оғз. сав. сайт ўзб


Sud-kimyogar ekspertiza mutaxassisligi bo’yicha
shakllantirilgan savollar ro’yxati


Uchinchi va ikkinchi malaka toifasi uchun:



  1. Zaharlar, ularning toksikologik ahamiyati. Zaharlanish turlari.Zaharlarning sinflanishi.

  2. Sud kimyo ekspertizasi dalolatnomasini tuzish va yozish tartibini tushuntiring.

  3. Kimyo toksikologik tahlil qanday asosiy bosqichlardan iborat? Misollar bilan izohlang.

  4. Biologik ob’ektlardan ajratib olingan zaharli moddalarni aniqlashda qanday reaksiya va usullar qo‘llaniladi? Ularni izohlab bering.

  5. Zaharli moddalarni suv bug‘i yordamida haydash usulining mohiyati nimadan iborat?

  6. Azeotropik aralashmalar tarkibi qanday va ular qanday haydaladi?

  7. Alifatik spirtlarni biologik ob’ektdan ajratib olish. Etil spirtini sifat va miqdoriy tahlili qanday olib boriladi? Kimyoviy tenglamasini yozing.

  8. Spirtlarni aniqlashda gaz-suyuqlik xromatografik usulni qo‘llash. Alkilnitritlar hosil qilish, ularni sifat va miqdorini aniqlash.

  9. Uchuvchi zaharlarni biologik ob’ektdan ajratib olish. Ularning sifat va miqdoriy tahlili qanday olib boriladi?

  10. Metall kationlari biologik ob’ektdan xo‘l usulda mineralizatsiyalashning mohiyati va uning turlarini izohlang.

  11. Biologik ob’ektni sulfat va nitrat kislotasi bilan mineralizatsiyalash qanday bajariladi?

  12. Organik zaharli moddalarni biologik ob’ektlardan ajratib olish usullari, ularning mohiyati va ahamiyatini tushuntiring.

  13. Ajratib olingan ajratmalarni yot moddalardan tozalash usullari.

  14. Alkaloidlarni biologik ob’ektlardan jaratib olish va tahlil qilish.

  15. Sintetik azot saqlovchi organik birikmalarni biologik ob’ektlardan jaratib olish va tahlil qilish.

  16. Is gazi bilan zaharlanish. Karboksigemoglabinni qondan kimyoviy tahlil usullari.

  17. Fosfororganik birikmalar, ajratib olish va umumiy tahlil usullari.

  18. Tabiiy narkotik analgetiklarni biologik ob’ekt va biologik suyuqliklardan ajratib olish usullari, sifat va miqdor tahlili.

  19. Sintetik narkotik analgetiklarni biologik ob’ektlardan ajratib olish usullari, sifat va miqdor tahlili.

  20. Prekursorlar haqida tushuncha va ularning tahlili

  21. Giyohvand vositalar tahlilida ob’ektlar va ularga qo‘yilgan talablar, tahlilga tayyorlash.

  22. Narkotik vositalar va psixotrop moddalarni saqlovchi ob’ektlardan namunalar olish, ularni tahlilga tayyorlash.

  23. Nasha. Kannabinoidlarni biologik suyuqliklardan ajratib olish va tahlil usullari.

  24. Barbituratlarni biologik ob’ektlardan ajratib olishning xususiy usullari.

  25. Fenotiazin hosilalarini ashyoviy dalildan ajratib olish qanday bajariladi? Fenotiazin hosilalarini aniqlashda qo‘llaniladigan rang hosil qiluvchi reaksiyalari.

  26. Fenotiazin hosilalarini peshobdan dastlabki tekshirish reaksiyalari va ularni ahamiyatini izohlang.

  27. Peshob namunalarini olish, saqlash, tahlil qilish tartibini izohlab bering.

  28. Peshobning tarkibi va uni tahlillarga ta’siri (nordon va ishqoriy modda).

  29. Peshobni dastlabki tahlil usullari va bosqichlari. Peshobning rN muhiti va uning tahlilga ta’siri.

  30. Amfoter, nordon va asos xossaga ega moddalarni peshobdan ajratib olish.

  31. Yupqa qatlam va qog‘oz xromatografiya usuli. Zaharli moddalarni sifati va miqdorini aniqlash uslublari.

  32. Dializ usulida qanday moddalar ajratib olinadi va ularning tahlili.

  33. Moddalarni ajratib olishda gidroliz usuli qachon va nima uchun foydalaniladi.

  34. Biologik materialda 1,4-benzodiazepin hosilalarini sud kimyo ekspertizasini (tekshiruvini) o‘tkazish.

  35. Biologik suyuqlikda 1,4-benzodiazepin hosilalarini sud kimyo ekspertizasini (tekshiruvini) o‘tkazish.

  36. Biologik materialda simob saqlovchi zaxarlarga sud kimyo ekspertizasini (tekshiruvini) o‘tkazish.

  37. Biologik ob’ektlarda kannabinoidlarni ajratib olishning o‘ziga xos xususiyatlari.

  38. Gaz suyuqlik xromatografi (LXM) ning tuzilishi va ishlash prinsiplarini izohlab bering.

  39. Nordonlashtirilgan suv va spirt usulida zaxarli moddalarni ajratib olishning Vasileva, Kramarenko va Stass-Otto usullarini tushuntiring va farqlab bering (afzalliklari va kamchiliklari).

  40. Ajratmalarni yot moddalardan tozalash qanday amalga oshiriladi.

  41. Xlororganik moddalarni sud-kimyoviy tekshiruvi qanday amalga oshiriladi.

  42. Sirka kislotasiga sud kimyo ekspertizasi qanday amalga oshiriladi.

  43. Xromatografiya usullarini sanab bering, sud-kimyo tekshiruvlarida qaysi usullar ko‘proq qo‘llaniladi.

  44. Ekspertning huquq va majburiyatlarini sanab o‘ting.

  45. Sud-kimyo tekshiruvlarida qo‘llaniladigan reaktivlarga qo‘yiladigan talablar.

  46. Ashyoviy dalillarni saqlash va xisobdan chiqarish qanday amalga oshiriladi.

  47. Ekspertiza xulosasini rasmiylashtirishda JPK ning qaysi moddalarini inobatga olish zarur.

  48. Sud-kimyo bo‘limida SanQvM qoidalariga amal qilish qanday amalga oshiriladi.

  49. Ashyoviy dalillarni qabul qilish, ko‘zdan kechirish va tavsiflash tartibi.

  50. Ashyoviy dalillar tekshiruvi (ekspertizasini) o‘tkazish tartibi.

  51. Ekspertiza (tekshiruvlar) natijalarini rasmiylashtirish.

  52. “Giyohvand moddalar tahlili” fanining ahamiyati va vazifalari.

  53. Tabiiy narkotik analgetiklar. Narkotin, formulasi, biologik ob’ekt va biologik suyuqliklardan ajratib olish usullari, sifat va miqdor tahlili.

  54. Droperidol, formulasi, biologik suyuqlik va ob’ektlardan ajratib olish, sifat va miqdor tahlili.

  55. Prekursorlar haqida tushuncha va ularning qo‘llanilishi

  56. Sintetik narkotik analgetiklar. Dionin, formulasi, metabolizmi. Biologik ob’ektlardan ajratib olish usullari, sifat va miqdor tahlili.

  57. Diprazin, formulasi, biologik suyuqlik va ob’ektlardan ajratib olish, sifat va miqdor tahlili.

  58. Psixotrop moddalar guruhiga mansub moddalar va ularning qo‘llanilishi

  59. Tabiiy narkotik analgetiklar. Kodein, formulasi, metabolizmi. Biologik ob’ekt va biologik suyuqliklardan ajratib olish usullari, sifat va miqdor tahlili.

  60. Tizersin, formulasi, biologik suyuqlik va ob’ektlardan ajratib olish, sifat va miqdor tahlili.

  61. Apomorfin, formulasi, biologik ob’ektlardan ajratib olish usullari, sifat va miqdor tahlili.

  62. Aminazin, formulasi, biologik suyuqlik va ob’ektlardan ajratib olish, sifat va miqdor tahlili.

  63. Giyohvand moddalar tahlili” fanida qo‘llaniladigan tahlil usullarini izohlang.

  64. Sintetik narkotik analgetiklar. Geroin, formulasi, metabolizmi. Biologik ob’ektlardan ajratib olish usullari, sifat va miqdor tahlili.

  65. Geksenal, formulasi, biologik suyuqliklardan ajratib olish usuli, sifat va miqdor tahlili.

  66. Narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar to‘g‘risidagi xalqaro normativ hujjatlar

  67. Opioid guruhiga mansub moddalar. Promedol, formulasi, biologik ob’ektlardan ajratib olish usullari, sifat va miqdor tahlili.

  68. Butobarbital, formulasi, biologik suyuqliklardan ajratib olish usuli, sifat va miqdor tahlili.

  69. Narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasida mavjud normativ hujjatlar

  70. Opioid guruhiga mansub moddalar. Metadon, formulasi, metabolizmi. Biologik ob’ektlardan ajratib olish usullari, sifat va miqdor tahlili.

  71. Barbamil, formulasi, biologik suyuqliklardan ajratib olish usuli, sifat va miqdor tahlili.

  72. Giyohvand moddalar tahlili fanining asosiy vazifalari va fanda o‘rganiladigan umumiy masalalar. O‘zR “Giyoxvand vositalar va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi Qonuni.

  73. Geroin, metabolizmi. Organizmda geroinni va metabolitlarini tarqalishi va chiqarilishi.

  74. Benzonal, narkologik axamiyati, biologik suyuqliklardan ajratib olish usuli, sifat va miqdor tahlili.

  75. O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan narkotik vositalar va psixotrop moddalar, prekursorlar ro‘yxati va me’yoriy hujjatlar ( VM qarorlari)

  76. Opioid guruhiga mansub moddalar. Siklodol, formulasi, biologik ob’ektlardan ajratib olish usullari, sifat va miqdor tahlili.

  77. Fenobarbital, formulasi, biologik suyuqliklardan ajratib olish usuli, sifat va miqdor tahlili.

  78. Narkomaniya, toksikomaniya. Dori vositalariga moyillik.

  79. Opioid guruhiga mansub moddalar. Petidin, formulasi, metabolizmi. Biologik ob’ektlardan ajratib olish usullari, sifat va miqdor tahlili

  80. Etaminal natriy, formulasi, biologik suyuqliklardan ajratib olish usuli, sifat va miqdor tahlili.

  81. Narkotik vositalarni qo‘llanilishi va tarqalishini oldini olish yo‘lida BMT da qabul qilingan hujjatlar haqida ma’lumotlar.

  82. Kokain, formulasi, (kokainizm), biologik suyuqliklardan ajratib ajratib olish va tahlil usullari.

  83. Barbital, formulasi, biologik suyuqliklardan ajratib olish usuli, sifat va miqdor tahlili.

  84. Giyohvand vositalar guruhiga mansub moddalar va ularning qo‘llanilishi

  85. Tabiiy narkotik analgetiklar. Morfin, formulasi, metabolizmi. Biologik ob’ektlardan ajratib olish usullari, sifat va miqdor tahlili.

  86. Galoperidol, formulasi, biologik suyuqlik va ob’ektlardan ajratib olish, sifat va miqdor tahlili.

  87. Kokain saqlovchi narkotik ta’sirli moddalar haqida ma’lumotlar. Kokain, metabolizmi. Organizmda kokainni va metabolitlarini tarqalishi va chiqarilishi.

  88. Biologik suyuqliklar tarkibidan barbitur kislota xosilalarini aniqlashda qo‘llaniladigan umumiy tahlil usullari. Cho‘kma xosil qiluvchi va rangli reaksiyalar.

  89. Opiy va uning narkomaniyasi. Opiy bilan zaharlanish holatini kimyoviy tahlili. Mekon kislotasi va mekoninni ajratib olish va tahlili.

  90. Nasha, kannabinoidlarni formulalari, nashadan olingan mahsulot turlari, organizmda bo‘ladigan metabolitik o‘zgarishlari.

  91. Fenotiazin guruhi moddalari. Ularning formulalari, fizik-kimyoviy xususiyatlari va narkologik ahamiyati.

  92. Omnopon narkomaniyasi. Omnopon bilan zaharlanish holatini kimyoviy tahlili. Opiy, omnopon va morfin iste’mol qilinganligini bir-biridan farqlash mumkin bo‘lgan holatlar haqida ma’lumotlar

  93. Oksazepam, formulasi, biologik suyuqlik va ob’ektlardan ajratib olish, sifat va miqdor tahlili.

  94. Barbitur kislota hosilalarini biologik ob’ektlardan ajratib olingan eritmalardan aniqlashda qo‘llaniladigan fizik-kimyoviy tahlil usullari.

  95. Nitrazepam, formulasi, biologik suyuqlik va ob’ektlardan ajratib olish, sifat va miqdor tahlili.

  96. 1,4-benzodiazepin hosilalari, ularni formulalari, fizik-kimyoviy xususiyatlari va narkologik ahamiyati.

  97. Nasha. Kannabinoidlarni formulalari, biologik suyuqliklardan ajratib olish va tahlil usullari.

  98. Fenazepam, formulasi, biologik suyuqlik va ob’ektlardan ajratib olish, sifat va miqdor tahlili.

  99. Barbituratlar, ularning toksikologik va narkologik ahamiyati. Ular to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar. Barbitur kislota hosilalarini biologik ob’ektlardan ajratib olishning xususiy usullari.

  100. Diazepam, formulasi, biologik suyuqlik va ob’ektlardan ajratib olish, sifat va miqdor tahlili.

  101. Promedol, formulasi, biologik suyuqlik va ob’ektlardan ajratib olish, sifat va miqdor tahlili.

  102. Oksazepam, formulasi, narkologik ahamiyati, biologik suyuqlik va ob’ektlardan ajratib olish, sifat va miqdor tahlili.

  103. Kodein, formulasi, biologik ob’ektlardan ajratib olish usullari, sifat va miqdor tahlili.

  104. Aminazin, formulasi, biologik suyuqlik va ob’ektlardan ajratib olish, sifat va miqdor tahlili.

  105. 1,4-benzodiazepin hosilalari, ularni formulalari, biologik suyuqlikdan gidrolizlab, gidroliz maxsulotlarini yupqa qatlam xromatografiya usulida tahlili.

  106. Metadon, formulasi, biologik suyuqlik va ob’ektlardan ajratib olish, sifat va miqdor tahlili.

  107. Xlordiazopoksid, formulasi, biologik suyuqlik va ob’ektlardan ajratib olish, sifat va miqdor tahlili.

  108. Fenotiazin guruhi moddalari. Ularning formulalari, fizik-kimyoviy xususiyatlari va narkologik ahamiyati, biologik ob’ekt va bisuyuqliklardan ajratib olish usullari

  109. Dionin, formulasi, biologik ob’ektlardan ajratib olish usullari, sifat va miqdor tahlili.

  110. Barbital, formulasi, biologik suyuqliklardan ajratib olish usuli, sifat va miqdor tahlili.

  111. Kokain, formulasi, metabolizmi, biologik ob’ektlardan ajratib olish usullari, sifat va miqdor tahlili.

  112. Organik zaharli moddalarni biologik ob’ektlardan ajratib olishning ahamiyatini tushuntiring.

  113. Biologik ob’ektlardan organik zaharli moddalarni Stas-Otto usulida ajratib olish.

  114. Biologik ob’ektlardan organik zaharli moddalarni Vasileva usulida ajratib olish.

  115. Biologik ob’ektlardan organik zaharli moddalarni Kramarenko usulida ajratib olish.

  116. Ekstraksiya, uning organik zaharlarni ajratib olishdagi o‘rni.

  117. Ekstraksiya koeffitsienti va ekstraksiya darajasi.

  118. Zaharli moddalarni suvli eritma va biologik suyuqliklardan ajratib olishda organik erituvchilarni ahamiyati.

  119. Zaharli moddalarni suvli eritma va biologik suyuqliklardan ajratib olishda rN-muxitning ahamiyati.

  120. Zaharli moddalarni suvli eritma va biologik suyuqliklardan ajratib olishda elektrolitlarning ahamiyati.

  121. Zaharli moddalarni suvli eritma va biologik suyuqliklardan ajratib olishda ekstraksiya sonining ahamiyati.

  122. Zaharli moddalarni suvli eritma va biologik suyuqliklardan ajratib olishda qayta ekstraksiyalanish ahamiyati.

  123. Ajratib olingan kislotali eritmani yot moddalardan reekstraksiyalab tozalash usullari.

  124. Ajratib olingan ishqoriy eritmani yot moddalardan reekstraksiyalab tozalash usullari.

  125. Alkaloidlarni aniqlashda qo‘llaniladigan cho‘kma va rang xosil qiluvchi reaktivlar.

  126. Murda alkaloidlari xaqida tushuncha bering. Farmakologik tekshiruvi va uni axamiyati.

  127. Kofein formulasi, metabolizmi, biologik ob’ektlardan ajratib olish va xususiy reaksiyalari.

  128. Teobramin formulasi, metabolizmi, biologik ob’ektlardan ajratib olish va xususiy reaksiyalari.

  129. Teofillin formulasi, metabolizmi, biologik ob’ektlardan ajratib olish va xususiy reaksiyalari.

  130. Fenasetin, metabolizmi, biologik ob’ektlardan ajratib olish va metobolitik parchalanishi va tahlil usullari.

  131. Salitsil kislota formulasi, metabolizmi, ajratib olish va tahlil usullari.

  132. Strixnin formulasi, metabolizmi, biologik ob’ektlardan ajratib olish, sifat va miqdor tahlili.



Yüklə 58,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin