Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida inson farovonligi va yurtimiz tinchligini ta’minlash muhim o‘rin tutadi. Fuqarolarning hayoti, sog‘ligi va mol-mulkini asrashda sug‘urta xizmatining alohida o‘rni bor. Shu bois jamiyatimiz hayotida sug‘urta kompaniyalarining mavqeyi tobora oshmoqda.

Prezidentimiz Islom Karimovning 2007 yil 21 mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida 2010 yilgacha bo‘lgan davrda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan o‘ttizga yaqin sug‘urta kompaniyasi orasida “O‘zagrosug‘urta” davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi alohida o‘rin tutadi. Kompaniyaning yurtimizdagi korxona va tashkilotlar bilan o‘rnatgan mustahkam hamkorligi barcha sohalarda iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishga xizmat qilmoqda.

Korxona, tashkilotlar va aholi mulkini, transport vositalarini sug‘urtalash, ixtiyoriy-tibbiy sug‘urtalash, transport vositalari egalarini fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarining (paxta, g‘alla) bo‘lg‘usi hosilini sug‘urtalash shular jumlasidandir.

“O‘zagrosug‘urta” davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasidan ma’lum qilishlaricha, kompaniya sohada yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, yuqori natijalarga erishmoqda. Jumladan, joriy yilning to‘qqiz oyi yakunlariga ko‘ra, tuzilgan sug‘urta shartnomalari va yig‘ilgan badallar bo‘yicha mamlakatimiz sug‘urta bozorida yetakchi o‘rinni egalladi. Bu esa o‘z-o‘zidan yurtdoshlarimizning kompaniyaga bo‘lgan ishonchi yanada ortayotganidan dalolatdir. Hozir kompaniyaning mamlakatimiz umumiy sug‘urta bozoridagi ulushi 23,7 foizni tashkil etayotir.

Mijozlar zarar ko‘rgan vaziyatda ularga sug‘urta tovonlari o‘z vaqtida to‘lanishi qat’iy nazoratga olingan. Shartnomaviy majburiyatlarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishiga qaratilayotgan katta e’tibor tufayli “O‘zagrosug‘urta” eng ko‘p to‘lovlarni amalga oshirib kelayotgan sug‘urta kompaniyalardan biri hisoblanadi. Ayni vaqtda mamlakatimiz miqyosida to‘langan sug‘urta qoplamalarining qariyb 30 foizi mazkur kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi.

Kompaniyaning bu yo‘nalishda yurtimizda faoliyat yuritayotgan banklar va boshqa moliya tashkilotlari bilan hamkorligi alohida ahamiyatga ega. Hozir kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yilayotgan hamda lizingga olinayotgan mulklarning zararlanishi yoki yo‘qotilishidan, garovga oluvchini baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash, kredit qaytmasligi xavfini sug‘urtalash orqali sug‘urta himoyasi darajasining ortishiga erishilmoqda. To‘lanayotgan sug‘urta tovonlari qarzdorlarning majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarilishiga xizmat qilayotir.