Sug’urta bozori haqida ma’lumotlarni to’plash va tahlil etish usullari



Yüklə 52,74 Kb.
səhifə1/6
tarix22.10.2023
ölçüsü52,74 Kb.
#159483
  1   2   3   4   5   6
3 sugurta bozorining profesanal ishtirokchilari


Sug’urta bozorining professional ishtirokchilari va ularga tavsifnoma


Reja:
1. Sug’urta bozorining professional ishtirokchilari
2. SUG’URTALOVCHILAR
3. Sug’urtalash va qayta sug’urtalash brokerlari



1. Sug’urta bozorining professional ishtirokchilari


Sug’urta bozori – bu sug’urta holatlari ro’y berganda jismoniy va yuridik shaxslarni mulkiy mafaatlarini sug’urtalanuvchilarning pul mablag’lari hisobidan himoya qilishda aks etuvchi sug’urta xizmatlari oldi-sotdisi bo’yicha iqtisodiy munosabatlar yig’indisi.
Sug’urta bozorini amal qilishining asosiy sharti sug’urta xizmatlariga ehtiyoj (talab) va bu ehtiyojlarni qondirishga layoqatli sug’urtalovchilarning mavjudligidir.
Sug’urta bozorining subyektlari professional va professional bo’lmagan qatnashchilarga bo’linadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10 apreldagi PQ-618-sonli qaroriga bilan “Sug’urta bozorining professional qatnashchilari to’g’risidagi Nizom” qabul qilingan bo’lib, unda sug’urta bozorining professional qatnashchilarining tarkibi, ularning faoliyatini tashkil qilish tartib hamda shartlari, shuningdek asosiy funksiyalari belgilab qo’yilgan.
Nizomga ko’ra sug’urtalovchilar, sug’urta vositachilari (sug’urta brokeri, qayta sug’urtalovchi broker, sug’urta agenti), aktuar, adjaster, syurveyer xizmatlari, shuningdek assistans xizmatlari ko’rsatadigan yuridik va jismoniy shaxslar sug’urta bozorining professional qatnashchilari hisoblanadi.
Sug’urtalovchilar va sug’urta brokerlarini davlat ro’yxatiga olish O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan, sug’urta bozorining boshqa professional qatnashchilarini davlat ro’yxatiga olish esa - qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tumanlar va shaharlar hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini ro’yxatga olish inspeksiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Sug’urtalovchilar va sug’urta brokerlarining faoliyati O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosida amalga oshiriladi.
Aktuar, adjaster, syurveyer xizmatlari hamda assistans xizmatlari ko’rsatadigan yuridik va jismoniy shaxslar:
· sug’urtalovchi sifatida sug’urtalash va qayta sug’urtalash operatsiyalarini o’tkazish;
· sug’urtalash bo’yicha vositachilik faoliyatini amalga oshirish;
· sug’urtalovchilarning ustav fondlarida qatnashish huquqiga ega emas.
Sug’urta bozorining professional qatnashchilari o’z faoliyatini muvofiqlashtirish, umumiy manfaatlarni himoya qilish va ifodalash hamda umumiy vazifalarni hal etish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda notijorat tashkilotlar hisoblangan o’z uyushmalari va ittifoqlarini tuzishga haqlidir.
Sug’urta bozorining professional qatnashchilari uyushmalari va ittifoqlaridan sug’urta bozorini monopoliya qilishga yo’naltirilgan bitimlarga erishish uchun foydalanilishi mumkin emas.

Yüklə 52,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin