VII. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo’yicha 1. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorining 14-ilovasiga muvofiq tasdiqlandi.
2. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlari korxonalari (2 - 4-bandlarda ko’rsatilganlaridan tashqari), dehqon xo’jaliklari (yuridik va jismoniy shaxslar), shuningdek tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida suv resurslaridan foydalanadigan jismoniy shaxslar uchun 1 kub. metr yer usti suv manbalari uchun 71,2 so’m va yer osti suv manbalari uchun 90,4 so’m miqdorida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to’lashlari belgilandi.
Alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalarga alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarishda foydalangan suv hajmlarining 1 kub. metri uchun 11 500 so’m miqdorida hamda boshqa maqsadlar uchun 1 kub. metr yer usti suv manbalari uchun 71,2 so’m va yer osti suv manbalari uchun 90,4 so’m miqdorida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to’lashlari belgilandi. Bunda mazkur korxonalar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni soliq solish tartibidan (umumbelgilangan yoki soddalashtirilgan soliq solish tartibi) qathi nazar to’laydilar.
VIII. Yer qahridan foydalanuvchilar uchun soliq va maxsus to’lovlar a) yer qahridan foydalanganlik uchun soliq bo’yicha. Er qahridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorining 15-ilovasiga muvofiq tasdiqlandi.
Er qahridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2015 yilda (O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorining 15-ilovasida keltirilgan noruda qurilish materiallaridan tashqari) amal qilgan stavkalar darajasida saqlanib qolindi.
Bunda,2016 yil 1 yanvardan boshlab noruda qurilish materiallariga (O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorining 15-ilovasida keltirilgan) yer qahridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari birxillashtirilib,soliq solinadigan bazaga nisbatan yagona 5 foiz stavka belgilandi.