1. Shaxsiy sug‘urta shartnomasini tuzishda sug‘urta qildiruvchi bilan sug‘urtalovchi o‘rtasida kelishuvga erishilishi lozim bo‘lgan holat noto‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang?
A) sug‘urtalangan shaxs to‘g‘risida
B) sug‘urta puli miqdori to‘g‘risida
C) sug‘urta mukofotining miqdori va uni to‘lash muddati (muddatlari) to‘g‘risida
D) sug‘urta ob’ekti bo‘lgan muayyan mol-mulk yoxud boshqa mulkiy manfaat to‘g‘risida
2. Mulkiy sug‘urta shartnomasini tuzishda sug‘urta qildiruvchi bilan sug‘urtalovchi o‘rtasida kelishuvga erishilishi lozim bo‘lgan holat noto‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang?
A) sug‘urta ob’ekti bo‘lgan muayyan mol-mulk yoxud boshqa mulkiy manfaat to‘g‘risida
B) sug‘urtalangan shaxs hayotida yuz berishi ehtimol tutilib sug‘urta amalga oshirilayotgan voqea (sug‘urta hodisasi)ning xususiyati to‘g‘risida
C) sug‘urta mukofotining miqdori va uni to‘lash muddati to‘g‘risida
D) sug‘urta puli miqdori to‘g‘risida
3. Qo‘shaloq sug‘urta…?
A) ayni bitta mol-mulkni yoki tadbirkorlik xavfini ikki yoki bir necha sug‘urtalovchida sug‘urta
qilish
B) sug‘urta ob’ektining bitta shartnoma bo‘yicha bir necha sug‘urtalovchi tomonidan o‘rtada sug‘urtalanishi
C) sug‘urta ob’ektining sug‘urta muddati tugaganda takror sug‘urtalanishi
D) sug‘urta ob’ekti bo‘yicha majburiyatlarning ikkilamchi sug‘urtalanishi
4. Sug‘urta mukofoti deganda ......
A) sug‘urtalovchi sug‘urta shartnomasida belgilangan tartibda va muddatlarda sug‘urta qildiruvchiga to‘lashi shart bo‘lgan sug‘urta haqi tushuniladi
B) sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda sug‘urtalovchi to‘lashi shart bo‘lgan
pul tushuniladi
C) sug‘urta qildiruvchi sug‘urta shartnomasida belgilangan tartibda va muddatlarda sug‘urtalovchiga to‘lashi shart bo‘lgan sug‘urta haqi tushuniladi
D) sug‘urta javobgarligi
miqdori tushuniladi
5. Qaysi holatda sug‘urta shartnomasi muddatidan ilgari bekor bo‘lishi mumkin?
A) shartnoma tuzilayotgan paytda sug‘urta ob’ekti mavjud bo‘lmagan holatda
B) jinoiy yo‘l bilan qo‘lga
kiritilgan, jinoyat narsasi hisoblanuvchi yoki musodara qilinishi lozim bo‘lgan mol-mulk mulkiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan holatda
C) sug‘urtalangan mol-mulkning yuz bergan sug‘urta hodisasidan boshqa sabablarga ko‘ra nobud bo‘lish
holatida
D) shartnoma bo‘yicha g‘ayrihuquqiy manfaat sug‘urtalangan holatida
6. Majburiy davlat sug‘urtasi bu.....
A) fuqarolarning ijtimoiy manfaatlarini va davlatning manfaatlarini ta’minlash maqsadida qonunda belgilab qo‘yilgan hayot, sog‘liq va mol-mulkning majburiy sug‘urtasi
B) qonun bilan belgilangan majburiy sug‘urta
turlari
C) baxtsiz hodisalardan davlat idoralari xodimlarini majburiy sug‘urtalash
D) harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarni kasallanish hodisalaridan majburiy sug‘urtalash