Sulton jo'ra hayoti va ijodi



Yüklə 58,34 Kb.
səhifə2/2
tarix10.05.2023
ölçüsü58,34 Kb.
#110950
1   2
SULTON JO\'RA HAYOTI VA IJODI

Sulton Jo`rani o`smirlar kuychisi sifatida yaxshi taniymizShoir she`rlarining g`oyaviy-badiiy xususiyatlari rang-barang. Uning “Oy nechta”, “Lola”, “Sog`inchli salom” kabi she`rlarida bolalar olamining ifodasi ufurib turadi. S.Jo`raning pedagog shoir sifatida yozgan “Tinish belgilarining majlisi”, “Kimning xati chiroyli” she`rlari ta`lim-tarbiyaviy jihatdan dolzarb. Shuningdek, shoirning “Yolg`onchi” dostoni, “Zangori gilam” ertaklarining syujeti va kompozitsiyasi o`ziga xos qimmatga ega.
She’riyatda havas Sulton Jo’ra qalbida juda erta uyg’ondi. U bilim yurtida o’qib yurgan kezlarida klassik va sovet shoirlarining asarlarini mutolaa qilib, o’zi ham ularga taqlidan she’rlar mashq qila boshladi. Keyinchalik shoir tarjimai xolida bu yillarni xotirlab “Birinchi marta 1927 yilning oxirida “Mehnat qo’ynida” degan she’r yozdim, u “Yangi yo’l” jurnalida bosildi”-deb aytgan edi.
Sulton Jo`raning dastlabki she`rlari 1933-yilda Buxoro yosh shoirlarning “She`rlar” to`plamida nashr etildi. Uning 1939-yilda “Fidokor”, 1941-yilda “Moskva” she`riy to`plamlari, 1942-yilda “Iroda” nomli pyesasi nashr etildi. Shoir vafotidan so`ng 1951-yilda rus va o`zbek tillarida “Tanlangan asarlar”, tinch qurilish yillari davrida iste`dodli shoirning “Havorang gilam”, “Zangori gilam”, “Bruno”, “Parvoz”, “Qaldirg`och” kabi kitoblari bosilib chiqdi.
Ayni choqda, u “yaxshi”va “a`lo”baholarga o`qish uchun kurashish, rostgo`y va intizomli bo`lish, madaniy va pokiza kiyinish, savodxon va chiroyli yozuv malakasini egallash kabi ta`lim- tarbiyaviy masalalarni ham badiiy vositalarda talqin etdi. Bunday g`oyalar shoirning “Yozgi yomg`irdan so`ng ”(1936), “Qizlar”, “A`lo” va “Yaxshining maqtovi ”, “Zangori gilam”, (1939), “Lola”, “Oy nechta?”, “Tinish belgilarining majlisi”, “Cho`ntak”, “Sirkda”(1940), “Qarzdor”, “Qaldirg`och”, “Yolg`onchi”, “Dengiz tagida”,(1941), “Sog`inib”(1942), “Sog`inchli salom”, “Salom xat”(1943) kabi asarlarida o`z ifodasini topdi.
Sulton Jo`ra o`z vatanining ozodligi, xalqining erki uchujngina emas, balki ularning porloq kelajagi bo`lgan kichkintoy do`stlarining baxti uchun ham kurashdi. Qirg`in maydonlarida bosqinchilar bilan olisha turib, navqiron avlodga o`z alangali salomini yo`llay oldi.
She’riyat sirlarini qunt bilan o’rganish, jiddiy va muttasil mashq Sulton Jo’raning adabiyot dargohiga o’z ovozi bilan kirib kelishiga imkon berdi. U poeziya olamiga katta umid bilan kirib kelgan yillar o’zbek adabiyotining yanada ko’tarilish davriga to’g’ri keldi. Bu paytlar yangi hayot davrini tarannum etuvchi. 30-yillar o’zbek poeziyasining eng yaxshi namunalarini yaratgan Oybek, Hamid Olimjon, G’afur G’ulom va Uyg’unlarning qator asarlari nashr etilgandi. Bular butun vujudi bilan poeziyaga berilgan Sulton Jo’raga ta’sir etmay, uni to’lqinlantirmay qolmadi. Shuning uchun ham shoir “Bu yillarda adabiyotga qiziqib Uyg’un, Hamid Olimjonlarning she’rlarini ko’p o’qirdim… yohud Shayxzoda, G’afur G’ulomlarning barcha asarlarini qiziqib o’rganib chiqdim,”-deb takror-takror yozadi. “Mening o’sishimga o’rtoq G’afur G’ulomning tashabbusi bilan 1939-yilning dekabrida Toshkentda adabiy kecha o’tkazildi”.
1940 yilgacha, shoirning o’zi «birinchi shе’riy to’plamim» dеb e’tirof etgan «Fidokor» majmuasi bosilgunigacha, u, asosan, davriy matbuotda bosilgan shе’riy va publitsistik asarlari bilan shunday e’tibor qozona olgan edi. Rost, bu asarlarning kattagina qismi katta yoshdagilarga mo’ljallangan esa-da, u bolalar va o’smirlarni qam unutmadi, ular uchun g’oyaviy-badiiy jihatdan yеtuk asarlar yozib, bolalar va o’smirlar kuychisi sifatida tanildi. U turli yoshdagi bolalar ruhiy olamini nafis his qila olganligi sababli ular xaraktеridagi tabiiy soddalikni, tinib-tinchimaslikni, ayrim hollarda yolg’onchiligu dangasalikni yorqin ifoda eta oladigan «Lola», «Oy nеchta», «Cho’ntak», «Mamatning kеchirimi», «Yolg’onchi», «Qarzdor», «Kimning xati chiroyli», «Yaxshi» va «A’lo»ning maqtovi», «Harflar paradi»,
«Tinish bеlgilarining majlisi» kabi XX asrning 30-yillaridagi o’zbеk bolalar shе’riyatining bеtakror namunalarini yaratdi.
Sulton Jo’ra adabiyot maydoniga kirib kelgan davrda rus va jahon ilg’or adabiyotining eng yirik namunalari bilan tanishish, mutolaa qilish imkoniga ega edi. Yana bir dalilni alohida ta’kidlash kerak. Ma’lumki, ana shu yillarda o’zbek adabiyotshunosligida ham muhim muhim asarlar maydonga kelgan edi.
Bu davrda e’lon qilingan “Lirika uchun”, “So’nggi yillarda o’zbek poeziyasi”(Oybek), “O’qish va o’rganish qiyinchiliklari to’g’risida” (Hamid Olimjon), “Realizmni egallash yo’lida” (Hamid Olimjon, Uyg’un), “O’zbek sho’ro adabiyotida dunyoqarashni egallash haqida chet ta’sirlar bilan kurashish masalasi” (O.Hoshim), “Bir reaksion nazariya to’g’risida” (O.Sharafiddinov) kabi asarlar va adabiyotimizning qisqa, lekin mazmunli tarixiy yo’lini xarakterlovchi boshqa maqolalar Sulton Jo’ra ijodining g’oyaviy takomilida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu yillari adabiyot maydoniga kirib kelgan Zulfiya, Usmon Nosir, A. Umariy, Hasan Po’lat, Z.Diyor, Parda Tursun kabi iste’dodlar o’rtasida avj olgan qizg’in ijodiy musobaqa esa Sulton Jo’rani ham ijodiy kamolot sari rag’batlantiradi
Yüklə 58,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin