Surunkali yallig'lanish


O'TKIR VA SURUNKALI YALLIG'LANISH MORFOLOGIYASI



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə2/7
tarix30.01.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#81639
1   2   3   4   5   6   7
PATAN 7

O'TKIR VA SURUNKALI YALLIG'LANISH MORFOLOGIYASI


O'tkir yallig'lanish suyuk, qism, hujayra massasidan tarkib topgan va tarkibida to'qimalarning parchalanish mahsulotlari bo'ladigan ekssudat paydo bo'lishi bilan birga davom etib boradi. Ekssudatning tabiati har xil bo'ladiki, bu narsa qo'zg'atuvchining nechoglik virulentligiga, makroorganizmning holati va jarayonining qaysi joyida boshlanganiga bog'liqdir. Masalan, virulentligi past bo'lgan qo'zg'atuvchilar ta'siri natijasida boshlanuvchi yallig'lanish paytida ekssudatda faqat globulinlar topiladi. Birmuncha kuchli virulent infeksiyalarda, masalan, difteriyada ekssudatda fibrinogen paydo bo'ladi. Ekssudatda eritrotsitlar bo'lishi ham tomirlar o'tkazuvchanligining ancha chukur buzilganligidan darak beradi. Ayniqsa xatarli infeksiyalar uchun ana shunday gemorragik yallig'lanish xarakterlidir. Ba'zi yallig'lanish reaksiyalarida ekssudatlar aralash, masalan, serozgemorragik, serozfibrinoz bo'lishi mumkin. O'tkir yallig'lanish uchun morfologik va klinik belgilarning turli-tuman bo'lishi xarakterlidir. Ekssudatning tabiatiga qarab o'tkir yallig'lanish seroz, kataral, fibrinoz, yiringli, chirik, gemorragik, aralash xillarga bo'linadi.


SEROZ YALLIG'LANISH


Seroz yallig'lanish salgina loyka ekssudat hosil bo'lishi bilan ta'riflanadi. Bu ekssudat tarkibida asosan 3-8% albumin, yakkam-dukkam leykotsitlar va seroz pardalarning ko'chib tushgan hujayralari bo'ladi.
Seroz yallig'lanishning sabablari turli-tuman, termik, kimyoviy omillar, infeksion va endokrin omillar shular jumlasidandir. Yallig'lanishning bu turi ko'pincha seroz bo'shliqlarda boshlanadi (plevra bo'shlig'i, qorin, yurak xaltasi, bo'g'imlar bo'shlig'ida) va seroz peritonit, plevrit, perikardit, artrit paydo bo'lishiga olib keladi. Seroz yallig'lanish yumshoq miya pardalarida ham kuzatilishi mumkin. Seroz meningit yumshok miya pardalarining varaqlari o'rtasida ekssudat to'planib qolishi bilan birga davom etadi. Seroz pardalar yallig'langanida ularda giperemiya boshlanadi. Parenximatoz organlarida seroz yallig'lanish kamroq uchraydi. Miokardda ekssudat muskul tolalari dastalari o'rtasida, kapillarlar atrofida to'planib boradi. Seroz gepatitda Disse bo'shlig'ida seroz ekssudat to'planib borishi munosabati bilan bu bo'shliqning kengayib ketishi ko'zga tashlanadi. Buyraklarning seroz yallig'lanishida ekssudat asosan Shumlyanskiy - Boumen kapsulasi bo'shligida to'planadi. Seroz pnevmoniya alveolalar bo'shlig'ida ekssudat to'planib borishi bilan birga davom etib boradi. Badan terisi kuygan mahallarda ham seroz yallig'lanish boshlanadi, bunda seroz ekssudat teri epidermisi tagida to'planib borib, yirik qavarchiqlar hosil qiladi.
Seroz yallig'lanish yiringli yoki gemorragik yallig'lanishga aylanib ketmaydigan bo'lsa, uning oqibati odatda xayrli, chunki seroz ekssudat hyech qanday iz qoldirmasdan osongina so'rilib ketadi. Bir qancha hollarda seroz pardalar salgina qalin tortishi yoki parenximatoz organlarning kichik-kichik joylari sklerozga uchrashi mumkin. Masalan, jigar, miokardda shunday hodisa kuzatiladi.
Seroz yallig'lanishning organizm uchun ahamiyati jarayonning qayerda boshlanganiga bog'liq. Masalan, badan terisining o'choqli seroz yallig'lanishi organizmga aitarli ziyon-zahmat yetkazmaydi. Lekin yurak xaltasi bo'shlig'ida ekssudat to'planib borishi bilan davom etadigan seroz perikardit esa yurak faoliyatini izdan chiqarib qo'yishi mumkin. Plevra bo'shlig'ida to'plangan ekssudat o'pkaning qisilib qolishi (kollapsga) va o'tkir o'pka yetishmovchiligi boshlanishiga olib keladi.



Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin