Suruvchi registrlar, tarkibi va kursatgichlar hamda tatbiqi Reja



Yüklə 97,4 Kb.
səhifə4/5
tarix18.04.2023
ölçüsü97,4 Kb.
#100241
1   2   3   4   5
Suruvchi registrlar, tarkibi va kursatgichlar hamda tatbiqi Reja

 Boshqarish registrlari 
Boshqarish registrlari guruxiga beshta registr kiritilgan, CR0, CR1, CR2, 
CR3, CR4. bu registrlarning vazifasi butun sistema ishini boshqarish hisoblanadi. 
Mikrolprotsessor beshta boshqarish registrlariga ega bo‘lsa ham, ulardan faqat 
to‘rtasi ishlatiladi. CR1 registri ishlatilmaydi, chunki uning funksiyasi 
aniqlanmagan.
CR0 registri mikroprotsessorning holatini va uning ish rejimiga tasvir 
etuvchi sistema flaglaridan tashkil topgan. Quyida ular bilan tanishamiz: 
 PE (protect enoble) mikroprotsessorning joriy vaqtida qaysi ish rejimida 
ishlayotganini ko‘rsatadi. Agar uning qiymati 1 bo‘lsa, himoya rejimi, 0 
bo‘lsa real rejim.

 MP(math present) soprotsessor borligi . 


 TS(task switched) amallar orasida o‘tish (pereklyuchatel zadach). 
 AM(alignment mask) tekislash maskasi, ushbu bit tekislashni boshqaradi. 
 CD(cache disable) kesh xotirani ta’kiklash, ushbu bit AM=1 da kesh xotira 
borligiga ruxsat beradi, AM=0 bo‘lsa ta’kiklaydi.
 PG(pa ging) xotirani sahifalashda ruxsat berish (Pg=1) yoki ta’kidlash 
(Pg=0) 

CR2 registri tezkor xotiraning sahifa rejimida ishlatilib ma’lum vaziyatdan 


chiqib ketishga mo‘ljallangan. Ushbu vaziyat quyidagicha: 


Agar buyruq xotirada joriy vaqtda bo‘lmagan sahifa adresiga murojaat qilsamikroprotsessor ushbu adresni CR2 registriga yozib qo‘yadi. Shu ma’lumotga 
qarab kerakli sahifa topiladi va xotiraga yuklanadi. 
CR3 registri ham xotiraning sahifalashda ishlatiladi. Ushbu registrni birinchi

darajali sahifalar katalogi registri deb atasak bo‘ladi. 


CR4 Pentium mikroprotsessorlarining turli modellariga paydo bo‘lgan 
elementlarni xarakterlaydi. 

Sistema adreslar registri, ushbu registrlar shuningdek xotirani boshqarish 

registrlari deb ham ataladi. Ular mikroprotsessorning multiamalli holatida 

ma’lumotlarni va dasturlarni himoyalash uchun qo‘llaniladi. Himoyalangan 

rejimda mikroprotsessor adresli muhiti 2 ga bo‘linadi:
Global – barcha vazifalar uchun umumiy
Lokal – har bir vazifa uchun alohida. 
Mikroprotsessor tarkibida quyidagi sistemali registrlar mavjud: 
 GDTR(global descriptor table register) 48 bit o‘lchamga ega, shundan 32 bit 
global deskriptor jadvali va 16 bit GDT jadvali chegarasi.
 LDTR(local descriptor table register) 16 bit o‘lchamga ega va LDT
deskriptor jadvali spektorini o‘z tarkibida saqlaydi. 
 IDTR(interrupt descriptor table register) 
 TR(task register) 16 bitli vazifa registri


Otladka registrlari, bu apparatli otladka uchun mo‘ljallangan registrlar guruhidir. 

Apparatli otladka vositasi birinchi marta i486 mikroprotsessorlarida paydo bo‘ldi. 

Apparatli qism tomonidan mikroprotsessor 8 ta otladka registridan iborat. Lekin 

real holda ularning faqatgina 6 tasi ishlatiladi.
DR0, DR1, DR2, DR3 registrlari 32 bit razryadga ega va 4 ta uzulish 
nuqtasi adresini kursatishga xizmat qiladi. Dastur tomonidan yaraladigan har 
qanday adres DR0…DR3 registrlari tarkibidagi adreslar bilan taqqoslanadi va mos 
tushgan holatda 1 raqamini otladka generatsiya qilinadi. B0 - agar ushbu bitda 1 o‘rnatilgan bo‘lsa, oxirgi uzulish DR0 registridan nazorat 
nuqta natijasida ro‘y beradi. 
V1 - V0 singari, faqat DR1 registridan nazorat nuqta natijasida ro‘y beradi.
V2 - V0 singari, faqat DR2 registridan nazorat nuqta natijasida ro‘y beradi. 

V3 - V0 singari, faqat DR3 registridan nazorat nuqta natijasida ro‘y beradi. 


BD - otladka registrlarini himoyalash maqsadida ishdatiladi. 
BS - eflages registrida tfq1 bo‘lsa 1 ni qabul qiladi. 
BT - qopqon bit ISSTq1 bo‘lganda 1 ni qabul qiladi.
Ushbu registrlarda qolgan bitlar nollar bilan to‘ldiriladi. 
DR7 – otladkani boshqarish registri deyiladi.
 Soprotsessor registrlari
Soprotsessor dasturiy modelida registrlarning 3 ta guruhini ko‘rish mumkin: 
1) soprotsessor stekini tashkil etuvchi R0…R7 nomdagi 8 ta registr. Har bir registr 
o‘lchami 80 bitdan. Bu hol hisoblash algoritmlarini bajaruvchi qurilma uchun 
xarakterli hisoblanadi. 
2) uchta xizmatchi registr: 
SWR (status word regiter) – soprotsessor holatini ifodalovchi registr. SWR 
registrlarida oxirgi buyruq bajarilganda qanday cheklanish kelib chiqdi,
soprotsessor stekining yuqorigi registrlari qaysiligini ko‘rsatuvchi maydonlar 
mavjud. 
CWR (control word register) - soprotsessor ish rejimlarini boshqaradi. 
Ushbu registrdan maydonlarga qarab sonli hisoblashlar aniqligi, yaxlitlashni 
boshqarish, o‘z ishlarini niqob qilish mumkin. 
TWR (tags word register) teg so‘zlari R0..R7 registrlarining holatlarini 
boshqarish uchun ishlatiladi. 
3) ikkita ko‘rsatish registrlari: 
DPR (data point regiter) ma’lumotlarni ko‘rsatgich registri 
IPR (instruction poin register) buyruqlar ko‘rsatiladi. 
Ular buyruq adres va ular operandi adresini eslab qolish uchun xizmat qiladi. 
Bu ko‘rsatgichlar qoidadan istiska holida bajariladigan qayta ishlash jarayonida ishlatiladi. SWR holat registrlari 

Yüklə 97,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin