Surxondaryo viloyati hokimligi, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi hamda o‘qituvchi xodim o‘rtasida tuzilgan shartnoma № Surxondaryo viloyati 2023-yil “ ”


Buyurtmachining huquq va majburiyatlari



Yüklə 53 Kb.
səhifə3/5
tarix21.01.2023
ölçüsü53 Kb.
#79977
1   2   3   4   5
Uch tomonlama shartnoma) Олис худуд (2)

4. Buyurtmachining huquq va majburiyatlari

4.1 Buyurtmachining huquqlari:


a) O‘qituvchi mehnat shartnomasi bo‘yicha belgilangan muassasada belgilangan tartibda kamida 3 yil ishlashini nazorat qilish;
b) mazkur Shartnoma shartlariga qat’iy amal qilinishini O‘qituvchidan talab qilish;
4.2 Buyurtmachining majburiyatlari:
a) O‘qituvchini xizmat majburiyati bilan bog‘liq bo‘lmagan barcha turdagi ishlarga jalb qilmaslik;
b) O‘qituvchi ularning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilinmasligi, ularning bosma nashrlarga majburan obuna qilinmasligini tashkil etish;
d) O‘qituvchi xodimni oilasining boshqa a’zolariga (bog‘cha, maktab, ish bilan ta’minlash va boshqalar) qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratib berishda ko‘maklashish;
e) O‘qituvchiga bir martalik pul mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Olis hududlardagi budjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 11-yanvardagi PQ-4940-son qarorida belgilangan tartibda to‘lab berilishini ta’minlash;
f) O‘qituvchining uy-joyi bo‘lmaganida, 3 yil davomida yashash uchun zarur sharoitga ega xizmat uy-joylari berish yoki bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik ijara to‘lovlari kompensatsiya qilinishini ta’minlash.
5. Shartnomaning bajarilishi

5.1 Ushbu Shartnomaning shartlari Taraflar tomonidan bajarilishi majburiydir.


5.2 Shartnoma shartlarini bajarishni bir tomonlama rad etishga yoki Shartnoma shartlarini bir tomonlama o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.


6. Taraflarning javobgarligi va nizolarni hal etish tartibi

6.1 O‘qituvchi Shartnomada nazarda tutilgan o‘z vazifalarini Muvofiqlashtiruvchi tomonidan belgilangan muassasadagi faoliyatini 36 oygacha bo‘lgan muddat ichida to‘xtatgan taqdirda, boshlang‘ich yordam puli to‘liq hajmda budjetga qaytariladi, oliy ma’lumotli mutaxassis hamda ta`lim muassasasidagi faoliyati uning o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra (xodimning vafoti, nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilishi, budjet tashkilotining faoliyati to‘xtatilishi va O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining


106-moddasida belgilangan holatlar) to‘xtalishi bundan mustasno.

6.2 Mazkur Shartnomaning 3.1-bandida nazarda tutilgan to‘lovlar O‘qituvchi tomonidan bir oylik muddat ichida mahalliy budjetga qaytarilishi lozim.
6.3 Mazkur Shartnoma bo‘yicha Taraflar o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
6.4 Taraflar o‘rtasida vujudga kelgan nizolar o‘zaro kelishuv yo‘li bilan hal etiladi, kelishuvga erishilmagan taqdirda, sud tartibida hal qilinadi.
6.5 Ushbu Shartnomani bajarish bilan bog‘liq nizolar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga asosan hal etiladi.



Yüklə 53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin