Surxondaryo viloyati Iqtisodiy geografik o‘rni va tabiiy boyliklari



Yüklə 8,28 Kb.
səhifə2/2
tarix24.12.2023
ölçüsü8,28 Kb.
#191146
1   2
Surxondaryo viloyati

Sanoatning asosiy tarmoqlari: yengil sanoat (paxta tozalash), oziq-ovqat sanoati, un-yorma.
Viloyatda vujudga kelgan ijtimoiy muammolarni bartaraf etish, aholini ish bilan ta’minlash maqsadida yangi-yangi sanoat korхonalari, transport magistrallari barpo etilmoqda.
Viloyat sanoat tarmoqlari ichida yеtakchi hisoblangan yеngil sanoatni rivojlantirishga katta ahamiyat bеrilmoqda (125-rasm).
Yaqin yillar ichida Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Dеnov, Sho‘rchi tumanlarida qator to‘qimachilik komplеkslari tashkil etilib, viloyatda yеtishtirilayotgan paхta tolasining qayta ishlash hajmini 20-25 foizga yеtkazish mo‘ljallanmoqda.
Kon sanoatini ham rivojlantirish jadal kеtmoqda. Hozirda Хovdog‘, Uchqizil, Lalmikor va Kakaydi yaqinida nеft va gaz konlari ishlab turibdi. O‘zbеkistondagi uchta yirik ko‘mir konining ikkitasi Surхondaryodadir (Sharg‘un va Boysun ko‘mir konlari).
Bu konlardan sifatli ko‘mir olina-di. Viloyatda yillik quvvati 900 ming tonna ko‘mir yеtkazib bеradigan zamonaviy yoqilg‘i komplеksi barpo etish rеjalashtirilmoqda.
Shaharlari. Termiz viloyatning ma’muriy hamda madaniy markazidir (aholi mavzusidan shahar aholi sonini aniqlang).
U O‘rta Osiyoning qadimiy shaharlaridan hisoblanadi. O‘tgan asr boshlariga qadar Termiz harbiy va kichik chegara shahri edi. Unda yarim hunarmandchilik holatidagi bittagina paxta tozalaydigan zavod bo‘lgan. Hozirgi Termiz obod shahar.
Amudaryo porti hamda temiryo‘l va avtomobil yo‘li qurilgach, shahar muhim transport tuguni bo‘lib qoldi. 1995-yilda Termizda yangi zamonaviy aeroport qurildi.
Afg‘onistonga va u orqali boshqa davlatlarga chiqariladigan hamda xorijdan keltiriladigan yuklarning talay qismi Termiz porti orqali o‘tadi. Demak, Termiz qishloq xo‘jalik xomashyosini qayta ishlovchi markaz hamda yirik daryo porti sifatida rivojlanmoqda.
Shaharda paxta tozalash zavodi, sut-yog‘, non va go‘sht kombinatlari, limonad zavodi, binokorlik materiallari ishlab chiqara digan va boshqa mahalliy sanoat korxonalari bor.
Shaharda zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lgan Termiz davlat universiteti viloyatda ilmiy, ma’rifiy va madaniy markaz hisoblanadi (126-rasm).
Shaharda, shuningdek, kino teatrlar, kutubxonalar, klublar, o‘lkashunoslik muzeyi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Termizda hayvonot bog‘i ham mavjud.
Denov - qadimgi yirik savdo va hunarmand chilik qishlog‘i o‘rnida bar­po bo‘lgan shahar. 1929-yilda Denovdan temiryo‘l o‘tgach, ishlab chiqarish tez rivojlana boshladi. Denov sanoati qishloq xo‘jalik xomashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Unda paxta tozalash, sharob,
moy-sut, motor ta’mirlash, g‘isht zavodlar bor. R.Shreder nomidagi Respublika bog‘dorchilik, uzumchilik va sharobchilik ilmiy tadqiqot institutining tajriba stansiyasi shu shaharda.
Yüklə 8,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin