Sut va doimiy tishlar o’tkir (medikamentoz) periodontitini davolash usullari qurbonboyev elyorbek



Yüklə 1,2 Mb.
tarix02.06.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#60394
medikamentoz periodontit

SUT VA DOIMIY TISHLAR O’TKIR (MEDIKAMENTOZ) PERIODONTITINI DAVOLASH USULLARI

QURBONBOYEV ELYORBEK


Medikamentoz periodontit asosan pulpitni davolash paytida qo'llaniladigan kuchli kimyoviy yoki dori vositalarni (margumush pasta, trikrezon, formalin, fenol boshqalarni) ta'siri natijasida rivojlanadi. Yuqorida nomlangan dori vositalari periodontga ildiz kanali orqali ta'sir qiladi. Medikamentoz periodontit plomba ashyosini (fosfat-cement, paracin, shtift, rezorcin-formalin pasta) ildiz uchidan xaddan tashqari chiqib ketishi natijasida kelib chiqishi mumkin. Ayrim dori ashyolari (antibiotik, evgenol) allergiya bolgan hollarda mahalliy immunologik reakciya rivojlanadi. Ushbu periodontit ham medikamentozli deb ataladi.
Zaharlanish bosqichidagi o'tkir medikamentoz periodontitni davolash
Periodontitning bu turi ko'pincha margimush pastasi va boshqa kuchli dori vositalarning pulpitlarni devital usul bilan davolaganda tish bo'shlig'ida uzoq muddat qolganda yoki miqdori ortib ketganda rivojlanadi. Periodontitning bu shaklida darhol toj va ildiz kanali pulpasini olib tashlashdan iborat. Ildiz kanallari antiseptiklar
1) 0,002% xlorgeksidin eritmasi
2) 1%- yodopirin yodinol eritmasi
3) 1% spirtli xlorfillipt eritmasi
4) 40% dimetilsulfoksid eritmasi
5) 0,01% mefenaminatning natriy tuzli eritmasi
6) 0,5% ektericid eritmasi
7)1-3 % metakrezolsulfon kislota bilan yuviladi.
So'ngra ildiz kanalida margumushning antidonti bo'lgan 5% unitiol eritmasi, 1% li yodinolga qo'llangan turunda yoki tampon qoldiriladi. Ko'p ildizli tishlarda yodid kaliy bilan elektroforez qilish maqsadga muvofiqdir. Agar periodontni ta'sirlanishi kuchli ta'sir etuvehi preparatlar sababli kelib chiqqan bo'lsa, davolash sababchi bo'lgan vositani olib tashlashdan boshlanadi.
Medikamentoz. periodontitni zaxarlanish fazasida davolash. intoksikaciyani va eksudaciya jarayonini oldini olishdan iborat. Buning uchun antidotlar va kuchli ekssudatga qarshi ta'sirga ega bo'lgan preparatlar qo'llaniladi. Tish bo'shlig'ida yuqorida aytilgan preparatlar bilan qo'llangan turunda yoki tampon qoldirib sun'iy dentin bilan germetik berkitiladi va nonarkotik analgetiklar buyuriladi (analgin, trimol, spazmalgon). Yuqorida o'tkazilgan davodan so'ng tishda og'riq qolgandan so'ng ikkinchi qatnovda ildiz kanaliga qaytadan mexanik, medikamentoz ishlov beriladi va ildiz uchi teshigi sohasida gotadigan ashyolar bilan plambalanadi.
Agar yuqorida o'tkazilgan davo natija bermasa va tish og rishda davom etsa, ikkinchi qatnovda fiziologik eritmani anoddan yuboriladi, ya'ni anodgalvanizaciya o'tkaziladi. Elektroforez 5% li yod eritmasi molyar tishlarda: kurak va qoziq tishlarda, kaliy yodidning to'yingan eritmasi bilano'tkaziladi. muolajadan so'ng og'riq yo'qoladi va tish bo'shlig'ida steril paxta bolishcha qoldirilib sun'iy dentin bilan berkitifadi. 1-2 kundan so'ng og'riq bo'lmasa tish plombalanadi.

TUGADI

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin