Suv resurslari cheklangani ulardan oqilona foydalanishni taqozo etadi. Qolaversa, mazkur jarayon faqatgina biror mamlakat yoki mintaqaga tegishli bo‘lib qolmay, hozirgi vaqtda global ahamiyat kasb etmoqda



Yüklə 25,05 Kb.
səhifə3/3
tarix19.10.2023
ölçüsü25,05 Kb.
#157124
1   2   3
Suv resurslari cheklangani ulardan oqilona foydalanishni taqozo etadi

Birinchi bob xulosasi

  1. Suv resurslarini o‘rganishning geografik jihatlari hamda ulardan oqilona foydalanishning iqtisodiy-ekologik yo‘nalishlari asoslab berilgan. Bunda iqtisodiy va ekologik samaradorlik umumlashtirilib, suv resurslaridan oqilona foydalanishning iqtisodiy-ekologik samaradorlik tushunchasi qo‘llanildi.

  2. Mazkur resurslarni xo‘jalik maqsadida o‘rganishning asosiy sharti, ulardan foydalanishni hududiy tashkil etilishidir. Hududiy tashkil etish esa ma’muriy, regional-iqtisodiy, havzali hamda landshat yondoshuvlarida amalga oshiriladi. Tadqiqot yo‘nalishi doirasida ularning ba’zilariga ko‘proq (ma’muriy, havzali), ayrimlariga (landshaft) qisman ahamiyat berildi.

  3. Suv resurslarini o‘rganishda fanlar integratsiyasidan foydalanish ancha samarali hisoblanadi. Mazkur tadqiqot doirasida oladigan bo‘lsak, markazda iqtisodiy geografiya (iqtisodiy geografik tadqiqotlar), undan oldin tabiiy geografiya, keyin esa mintaqaviy iqtisodiyot fanlari turadi. Bu aloqani ikki tomondan yana uzaytirish mumkin (paleogeografiya, geomorfologiya, makroiqtisodiyot), biroq dissertatsiyada asosan shu fanlar aloqasidan foydalanildi.

  4. Suv resurslaridan oqilona foydalanishni tashkil etishda zamonaviy tadqiqotlarning ham o‘rni beqiyos bo‘lib, bu borada “barqaror rivojlanish konsepsiyasi” alohida ahamiyatga ega. Mazkur konsepsiyaga ko‘ra aholi rivojlanishi tabiiy resurslarning o‘zini tiklash qobiliyatidan yuqori bo‘lmasligi lozim.

  5. Ushbu ishda suv resurslaridan foydalanishning haqiqiy holatini o‘rganish uchun mutaxassislar bilan so‘rovnoma ishlari olib borildi. Bundan tashqari suv resurslaridan foydalanishni boshqa holatlar (aholi joylashuvi, qishloq xo‘jaligi va sanoat ishlab chiqarishi) bilan bog‘liqligi Korrelyatsiya-Spermen koeffitsiyenti orqali aniqlandi. Yer resurslaridan qishloq xo‘jaligi va boshqa maqsadlarda foydalanish samaradorligi (indeksi) hisoblandi. Suv resurslaridan xo‘jalikda foydalanish holati indekslarda aniqlanib, ularning integral samaradorligi 2 xil brutto va neto usullarda hisoblab chiqildi.

Yüklə 25,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin