Сув ресурсларидан фойдаланганлик учун солиқ
2022-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari
05/01/2022
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash va to‘lash tartibi ham saqlab qolindi.
Soliq stavkalari o‘rtacha 1,1 baravarga, iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari (sanoat korxonalari, elektr stansiyalari va kommunal xo‘jaliklardan tashqari) uchun esa 1,3 baravarga indeksatsiya qilindi.
Bunda qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish va baliq yetishtirish (o‘stirish), shu jumladan dehqon xo‘jaliklari uchun foydalaniladigan suv hajmi bo‘yicha soliq stavkalari saqlab qolindi – 1 м³ uchun 40 so‘m.