Suv va suv resurslaridan oqilona foydalanish


irrigatsiya maqsadlarida sarflanadi. Bu sarflanish ekin maydonlari, suv omborlari, sug‗orish kanallari,kollektorzovurlar yuzasidan bo‗ladigan bug’‘lanish



Yüklə 39,09 Kb.
səhifə9/9
tarix15.05.2023
ölçüsü39,09 Kb.
#113608
1   2   3   4   5   6   7   8   9
irrigatsiya maqsadlarida sarflanadi. Bu sarflanish ekin maydonlari, suv omborlari, sug‗orish kanallari,kollektorzovurlar yuzasidan bo‗ladigan bug’‘lanish dan, yangi o‗zlashtirilgan yerlardagi, yangiberish kabilarni qo‗llash bilan bu yo‗nalishda ijobiy natijalarga erishish mumkin. Dalalarni ixotalash ham ekin maydonlaridan bo‗ladigan samarasiz bug’‘lanishni kamaytiradi.
Suv omborlari yuzasidan bo‗ladigan bug‘lanish miqdori ham o‗lkamiz sharoitida ancha katta qiymatlarda kuzatiladi. Bunga dalil sifatida A.M.Nikitin tomonidan aniqlangan va oldingi mavzularda qayd etilgan ma‘lumotlarni eslash kifoyadir.
Ma‘lum miqdordagi suv resurslari sug‗orish kanallari yuzasidan bug‘lanishga sarflanadi. V.A.Duxovniy va S.L.Mirkinlarning hisoblashlaricha, o‗lkamizda kanallar yuzasidan bo‗ladigan bug‘lanish irrigatsiya maqsadlarida olinadigan umumiy suv miqdoriga nisbatan 1 foizdan ort-maydi. Lekin, yirik kanallarda uning qiymati sezilarli darajada ortadi. Masalan, P.M.Lurening kuzatishicha Qoraqum kanalida bug‘‗lanishning bu turi umumiy olinadigan suvga nisbatan 2,9 foizni tashkil etadi. Suv resurslarining juda katta qismi daryolar va kollektorzovurlar suvlarining tabiiy botiqlarga oqizilishi tufayli yo‗qotilmoqda. Masalan, Arnasoy ko‗llar tizimi 1969 yilda Sirdaryo toshqin suvining bir qismini (20 km3 ga yaqin) shu joydagi tabiiy botiqlikka oqizilishi natijasida paydo bo‗ldi. Hozirgi kunda Arnasoydagi suv hajmi 20 km3 dan ortiq bo‗lib, har yili unga 2 km3 hajmdagi kollektorzovurlar suvlari hamda shu miqdorga yaqin Sirdaryo suvi kelib qo‗shilmoqda.
O‗tgan asrning 60yillarida quyi Amudaryo zonasida yangi yerlarni o‗zlashtirish natijasida Sariqamish ko‗li, AmuBuxoro kanali zonasidagi yerlarni o‗zlashtirish natijasida Dengizko‗l, Porsonko‗l, Qoraqir ko‗llari, 70yillarning o‗rtalariga kelib Qarshi cho‗llarini o‗zlashtirish natijasida esa Sultontog‗ ko‗li paydo bo‗ldi. Umuman 15 yil ichida (19651980 yillar) Amudaryo havzasida tabiiy botiqliklarga yig‗ilayotgan suv miqdori yiliga 2 km3 dan 6 km3 ga yetdi. F.E.Rubinova ma‘lumotlariga ko‗ra 70yillarning oxiriga kelib bu miqdor umumi yo‗qotilgan suvga nisbatan Sirdaryo havzasida 6,0 foizni, Amudaryo havzasida esa 10,8 foizni hajmini to‗ldirishga ketgan suvdan foydalanishda esa bunday imkoniyat mavjud emas. Masalan, 60yillarning ikkinchi yarmida Sirdaryo havzasida suv omborlarini to‗ldirish uchun yiliga qo‗shimcha 1 km3 suv sarflangan bo‗lsa, 70yillarning oxirida uning qiymati 2,45 km3 ga yetdi yoki umumiy yo‗qotilgan suvga nisbatan 3,5 foizdan 7,4 foizga ortdi. Bunday sarflanish birinchi holda Chordara suv ombori hisobiga bo‗lsa, ikkinchisida esa Andijon, To‗xtag‗ul suv omborlari tufayli bo‗ldi. Norak, To‗dako‗l, Tolimarjon va boshqa suv omborlarini to‗ldirish uchun Amudaryo havzasida sarflangan suv miqdori yiliga 1,5 km3 ni yoki umumiy yo‗qotilgan suvga nisbatan 2,9 foizni tashkil etdi. Keyingi yillarda yirik suv omborlari qurilishi natijasida, sarflanishning bu turi yana ham ortib ketdi. Suv resurslarining yuqorida keltirilgan sarflanish turlaridan tashqari hisobga olish imkoni bo‗lmagan ko‗rinishlari ham mavjud. Ular hisobga olinmagan ekin maydonlaridan bo‗ladigan bug‘‗lanish, kanallar atrofida yer osti suvlari linzasining hosil bo‗lishi, kanallar trassasi bo‗ylab o‗zanning buzilishi va filtratsiya (shimilish) natijasida ko‗llar vujudga kelishi kabilardan iborat. Ye.N.Minaevaning aniqlashicha, faqat Qoraqum kanalining o‗zidagina, uni 20 yil ekspluatatsiya qilish davomida, 21,7 km3 hajmdagi suv yer osti suvlari linzasi hosil bo‗lishiga sarf bo‗lgan. Xuddi shu ko‗rinishdagi sarflanish AmuBuxoro kanali zonasida 2,4 km3 ni, Sirdaryo havzasida esa 8 km3 ni tashkil etdi. Umuman, hisobga olinmagan antropogen omillar ta‘siridagi yo‗qotish DGI ma‘lumotiga ko‗ra 70yillarda Sirdaryo va Amudaryo havzasida, mos ravishda, yiliga 4,3 km3 va 15,5 km3 ga teng bo‗lgan. Ko‗rinib turibdiki, suv resurslarining samarasiz sarflanishi ham juda kattadir F.E.Rubinova ma‘lumotlariga asoslanib, quyidagi xulosaga kelish mumkin: 20 yil (19601980 yillar) davomida irrigatsiya maqsadlarida sarflangan umumiy suv miqdori Sirdaryo havzasida yiliga 14,2 km3 dan 26,1 km3 yetgan bo‗lsa, Amudaryo havzasida 15,6 km3 dan 34,2 km3 ga ortdi, boshqacha qilib aytganda har 1000 gektar yer hisobiga Sirdaryo havzasida 19,4 ml

XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, suv manbalarini sifat jihatdan muhofaza qilishning birorta universal usuli yo‗q. Asosiy yo‗nalish oqova suvlarini kamaytirish yoki umuman to‗xtatish bo‗lib, u bir qancha yordamchi choralar tufayli amalga oshiriladi. Suvdan foydalanish jarayonida uni muhofaza qilish ularning hammasi uchun xos bo‗lgan umumiylikdir. Boshqacha qilib aytganda suv boyliklarini himoya qilish faqat taqiqlashlaru chegaralashlardan iborat emas. Bu yo‗lda noto‗g‗ri yo‗nalishlarga tezda chek qo‗yish, oldindan tadbirlar belgilash, yo‗l qo‗yilishi mumkin bo‗lgan xatolardan ogohlantirish ham muhimdir. Bitiruv malakaviy ishni tayyorlash jarayonida O‗zbekiston va Markaziy Osiyodagidagi suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilishning xuquqiy asoslari ekologik nuqtai nazardan chuqur o‗rganildi va ilmiy manbalar, adabiyotlar asosida tahlil qilindi. Suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilishning xuquqiy asoslarini adabiy manbalar asosida ochib berildi. Suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilish xuquqiy tushunchasi va o‗ziga xos xususiyatlari o‗rganilib, ma‘lumotlar to‗plandi. Shuningdek suv manbalaridan foydalanish turlari, foydalanuvchilarning xuquq va majburiyatlari hamda suv resurslaridan foydalanish xuquqini himoya qilishning chora tadbirlari o‗rganildi. Suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilishning xuquqiy muhofaza qilish tushunchasi va xususiyatlari, transchegaraviy suv resurslaridan foydalanishni xuquqiy tartibga solish, suv manbalarini muhofaza qilish va undan foydalanish to‗g‗risidagi qonun xujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik haqida to‗la ma‘lumotlar berildi. Bitiruv malakaviy ishning natijalaridan universitetlarning Ekologiya va atrof muhit muxofazasi ta‘lim yo‗nalishi talabalari, tabiatni muhofaza qilish davlat qo‗mitasi, litsey va kollejlar talabalari manba sifatida keng foydalanishlari mumkin.


1. Ekologiya huquqi. Darslik. / Mas`ul muharrir: M.B. Usmonov. - Toshkent: TDYI, 2006. - 361 b
. 2. Ekologicheskoe pravo Respubliki Uzbekistan. Uchebnik dlya studentov, obuchayuщixsya po spetsialnosti «Pravovedenie» // Avtorskiy sostav: Rustamboev M.X., Usmanov M.B., Juraev YU.A. i dr. // Otvetstvennыe redaktorы: Skripnikov N.K., Juraev YU.A. - Tashkent: TGYUI, 2006. - 415 s.
3. Nigmatov A.N. O‗zbekiston Respublikasining Ekologiya huquqi. Darslik. - Toshkent: TDYUI, 2004. - 320 b
. 5. Fayziev SH.X. Teoreticheskie problemы pravovogo obespecheniya ekologicheskoy politiki Respubliki Uzbekistan: Monografiya. Pod redaksiey M.X. Rustamboeva, M.B. Usmanova. - Tashkent: TGYUI, 2004.- 200 s.
6. Fayziev SH.X. Ekologicheskaya politika gosudarstva: problemы pravovogo obespecheniya. - Tashkent: 2004. - 240 s.
7. Aripov D.U. O‗zbekiston Respublikasining ―CHiqindilar to‗g‗risida‖gi qonuniga sharh. - Toshkent: TDYUI, 2007. - 89 b.
8. Rajabov N.SH. Ekologik me‘yorlashning huquqiy muammolari: Monografiya. Mas‘ul muharrir M.B. Usmonov.-Toshkent: TDYUI, 2007.-142 b.
9. Xolmo‗minov J.T. Ekologiya va qonun. - Toshkent: ―Adolat‖, 2000. - 352 b.
Yüklə 39,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin