Tuban o`simliklarning suvda, nam joylarda va tuproqda yashaydigan katta guruhi suvo`tlari deyiladi.
Suvo`tlar hujayrasida xlorofil bo`lishi bilan bakteriyalardan farq qiladi. Lekin ular tarkibida boshqa pigmentlar borligi tufayli rangi qo`ng`ir qizil va ko`k- yashil bo`ladi. Xlorofill borligi uchun suvo`tlar avtotrof o`simliklar hisoblanadi. Suvo`tlar tashqi ko`rinishidan juda xilma- xil bo`ladi. Ular orasida mikroskopik mayda bir hujayralilar bilan bir qatorda bir necha o`n metrga yetadigan juda yirik vakillari ham bor. Кoloniya bo`lib yashaydigan suvo`tlar bir hujayralilar bilan ko’p hujayralilar orasidagi bir to’dadir. Ularning tanasi o`zaro bo`sh birikkan hujayralar to`dasidan iborat.
Suvo`tlarining tanasi poya, barg, ildiz kabi organlarga bo`linmagan tallomdir. Biroq ba`zi vakillarining tallomi birmuncha murakkab tuzilgan bo`lib, funksyasiga muvofiq ravishda tanasi ayrim qismlarga ajralgan bo`ladi. Suvo`tlari vegetativ, jinssiz va jinsiy yo`l bilan ko`payadi. Jinsiy yo`l bilan ko`payish oogamiya, izogomiya, geterogamiya tipida ro`y beradi. Suvo`tlar dengizlarda va chuchuk suvlarda suvning tiniqligiga qarab xar xil chuqurlikda (tiniq dengizda 100-150 m ) yashaydi. Ularning ba`zilari, asosan, mikroskopik shakillarining juda ko`p to`dasi erkin suzib yurib fitoplonkton hosil qiladi.
Suvo`tlarining juda ko`p, 20 minga yaqin turi bo`lib, ular 5 ta sinfga bo`linadi. Shulardan biz qo’yidagi: 1. Ko`k- yashil suvo`tlar (Cyanophyta), 2. Yashil suvo`tlar (Chlorophyta), 3. Diatom suvo`tlar (Diatomeae), 4. Qo`ng`ir suvo`tlar (Phaeophyta) va 5. Qizil suvo`tlar (Rodophyta) sinfi bilan tanishamiz.
Tuproq suvo`tlari yer yuzasida va uning ustki qatlamlarida yashaydi. Ularning ko`pi tuproqda organik moddalarni to`planishiga yordam beradi va unumdorlikning muhim omili hisoblanadi.