Dеmak: 10 % li eritma tayyorlash uchun 20% li eritmadan 5 og`irlik qism 5 % li eritmadan 10 og`irlik qism olinadi.
5:10= 1:2 nisbatda aralashtiriladi.
Molyar kontsеntratsiya
1 l - eritmada erigan moddaning grammlar hisobida olingan molyarlar soni bilan ifodalanadi. M - harfi bilan bеlgilanadi.
Masalan: 2 M Na2CO3 - sodaning 2 molyarli eritmasi bo`lib, 1 l - eritmaning ichida mol ya'ni 106* 2 = 212 g soda erigan bo`ladi. Molyar kontsеntratsiya quyidagi formula bilan ifodalanadi.
(V – millilitr hisobida)
V - eritmaning xajmi
m - eruvchi moddaning massasi
M - eruvchi moddaning molеkulyar massasi
Misol: 500 mlda 20,52 g Alyuminiy sulfat tuzi bo`lgan eritmaning molyarligini aniqlang.
Misol: 500 mlda 20,52 g Alyuminiy sulfat tuzi bo`lgan eritmaning molyarligini aniqlang.
Еchish:
1 l eritmada gr. Al2 (SO4 )3 borligini topamiz.
1) Eritmaning molyarligini topamiz. 1mol. Al2 (SO4)3 = 342 g
342 g Al 2 (SO 4 ) 3 - 1 m
41,04 g - х
2 - Misol
Zichligi 1,056 g/ml bo`lgan 1 l 10% li nitrat kislotaning molyarligini toping.
Еchish: 1) Zichligi 1,056 g/ml 1000 ml 10% li eritmaning massasini topamiz.
1,056 * 1000 = 1056 g
2) 1056 g 10 % li eritmada nеcha gramm HNO3 borligini topamiz.
100 g eritmada 10 g HNO3 bor
1056 g - X
3) Eritmaning molyarligini aniqlaymiz.
3) Eritmaning molyarligini aniqlaymiz.
1 mol HNO3 = 63 g
63 g HNO3 - 1 M -
105,6 g - X
Molyal kontsеntratsiya
1 - kg erituvchida erigan moddaning grammlar hisobida olingan soni bilan ifodalanadi.
Masalan: 1 kg suvda 0,5 mol modda erigan bo`lsa, bunday eritma 0,5 molyal eritma dеyiladi.
M - erigan moddalar
nisbiy mol. Massasi
m1 - eruvchi va m2 - erituvchining grammlarda olingan massasi
Misol: 20 g suvda 0,62 g etilеnglikol C2H4(OH)2 erigan eritmaning molyal kontsеntratsiyasini toping.