Suyuqliklar va ularning xossalari[tahrir



Yüklə 129,49 Kb.
səhifə2/5
tarix03.12.2023
ölçüsü129,49 Kb.
#172113
1   2   3   4   5
real kuch

Hajmiy qovushoqlik[tahrir | manbasini tahrirlash]
Hajmiy qovushoqlik yoki ikkilamchi qovushoqlik harakat yoʻnalishida impulsning uzatilishi natijasida yuzaga keladi. Suyuqlikning siqiluvchanligini va(yoki) qovushoqlik koeffitsiyentining bir jinsli emasligini hisobga olgandagina yuzaga keladi.
Agar dinamik (va kinematik) qovushoqlik sof siljish deformatsiyasini xarakaterlasa, ikkilamchi qovushoqlik hajmiy siqilish deformatsiyasini xarakterlaydi.
Hajmiy qovushoqlik tovush va zarb toʻlqinining soʻnishida muhim rol oʻynaydi va tajribalarda, asosan, toʻlqinlarning soʻnishini oʻlchash orqali aniqlanadi.
Masalan, zarb toʻlqinlarining tarqalishida yuzaga kelgan hajmiy qovushoqlikni quyidagi formuladan aniqlash mumkin:
�(∂v∂�+(v⋅∇)v)=−∇�+�Δv+(�+�3)∇divv; (2)
2-tenglama Navye-Stoks tenglamasi deb ataladi. Bu yerda ikkilamchi qovushoqlik �  harfi bilan belgilangan. Kompleks koʻrinishda esa ��=�+(2/3)�  hajmiy qovushoqlik deb ataladi. Stoks nazariyasiga koʻra, hajmiy qovushoqlik nolga teng boʻladi.
Umuman olganda, ikkilamchi qovushoqlik juda kam oʻrganilgan parametr. Masalan, suv uchun 15∘�  temperatura va 1 atm. bosimda uning qiymati 3,09 santipuazga yoki 3,09⋅10−3��⋅ s ga teng.
Rus olimi L.D.Landauning fikriga koʻra:
Suyuqlik juda tez siqilganda yoki kengayganda, u termodinamik muvozanat holatidan chiqib ketadi. Natijada uni muvozanat holatiga qaytaruvchi ichki kuchlar paydo boʻladi. Bu kuchlar, odatda, muvozanatni buzgan taʼsir kabi tez boʻladi. Shu sababli hajmiy oʻzgarishga nisbatan muvozanatning tiklanishi deyarli bir zumda roʻy beradi. Faqatgina, agar hajmiy oʻzgarish tezligi juda katta boʻlmasa.
Agar ushbu kuchlarning relaksatsiya vaqti katta boʻlsa, suyuqlikning siqilishi yoki kengayishida energiyaning sezilarli miqdorda dissipatsiyasi(issiqlik energiyasiga aylanishi) kuzatiladi. Bu dissipatsiyani ikkilamchi qovushoqlik �  ning qiymati katta ekanligi bilan tushuntirishimiz mumkin.
Nyuton suyuqliklari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Nyuton suyuqliklarida qovushoqlik koeffitsiyenti deformatsiya tezligiga bogʻliq boʻlmaydi. Yuqorida koʻrib oʻtganimiz — Navye-Stoks tenglamasida analogik tarzda Nyuton suyuqligi uchun quyidagi tenglamani yozishimiz mumkin: ���=�(∂��∂��+∂��∂��); (3)
bu yerda ���  — ichki ishqalanish tenzori.
Tabiatda va kundalik turmushda ishlatiladigan deyarli hamma suyuqliklar Nyuton qonuniga boʻysunadi. Boshqacha aytganda, atrofimizdagi deyarli barcha suyuqliklar Nyuton suyuqliklaridir.
2-rasm.
Nyuton suyuqliklari boʻlmagan suyuqliklar, asosan, sanoat ishlab chiqarishida yoki texnikada ishlatiladi. Ularni qovushoqlik koeffitsiyentining deformatsiya tezligiga bogʻliqligiga qarab psevdoplastiklar va dilatant suyuqliklar turlariga ajratiladi. Agar qovushoqlik koeffitsiyenti vaqt oʻtishi bilan oʻzgarsa, bunday suyuqlik tiksotrop suyuqlik deb ataladi.
Temperatura ortganda koʻp suyuqliklarda qovushoqlik kamayadi. Bu har bir molekulaning kinetik energiyasi, molekulalar orasidagi oʻzaro taʼsir potensial energiyasidan tezroq ortishi bilan tushuntiriladi. Shuning uchun ham barcha moylarni sovitishga harakat qilinadi. Aks holda ular juda oquvchan boʻlib qolishi va turli xavflarni yuzaga keltirishi mumkin.

Yüklə 129,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin