Suyuqliklarning asosiy paramentlarini aniqlashga



Yüklə 35,38 Kb.
səhifə5/11
tarix20.11.2023
ölçüsü35,38 Kb.
#164058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bozor munosabatlari sharoitida davlat va korxonalar o‘rtasidagi munosabat

Boshqaruv faoliyati - boshqaruvchi shaxs yoki oрgan tomonidan boshqaruv amallarini bevosita va bilvosita komandalar (Buyruq, tavsiya va ko’rsatmalar) shaklida ishlab chiqish va amalga oshirishdir
Boshqaruv faoliyati tarkibiga jamoatchilik tashkilotlaridagi faoliyat, ish joylarida ijodiy tashabbuskorlikning yuzaga kelishi hamda ishlab chiqarishda band bo’lgan xodimlarning taklif va maslahatlarini ham kiritish mumkin. Bu esa boshqaruv faoliyatini, bevosita boshqaruv (korxona boshqaruv apparatining faoliyati) va o’zini-o’zi boshqarish (boshqaruv faoliyatining jamoatchilik shakli) turlariga ajratilgan holda tasniflash imkonini yaratadi. Faoliyatning ikkala turi ham amalda birgalikda yuрitilib, ularning o’zaro aloqalari ishlab chiqarishni boshqarishning samaradoriligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ishlab chiqarishning, jumladan, boshqaruv foliyatining o’zining samaradorligini oshirishda, ishlab chiqarishning allohida elementlari va bo’g’inlari o’rtasida yuzaga keluvchi boshqaruv munosabatlari muhim o’rin egallaydi.
Bugungi bozor munosabatlari sharoitida boshqaruv tizimi birinchi o’rinda korxonaning barqarorligini ta’minlashi, xo’jalik tavakkalchiligini kamaytirishi, sifatli va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga ko’maklashishi zarur. Shuningdek, u xodimlarning o’z mehnatlari natijasiga qiziqish darajasi oрtishiga, mehnat va ishlab chiqarish intizomini mustahkamlashga xizmat qilishi lozim.
Korxona yopiq tizim bo’lmaganligi sababli, boshqaruv tizimiga korxonada yuzaga keluvchi ichki muhitdan tashqari, tashqi muhit, avvalo, aholining turmush taрzi, jamiyat qurilmasi, davlat siyosati va hokazolar ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Umuman olganda, boshqaruv siklini - maqsad va vazifalarni belgilashdan to natijalarga erishishgacha quyidagi chizma shaklida ko’rsatish mumkin.
Korxonani boshqarishning samaradorligi, maqsadlarni shakllantirish va amalga oshirishga qanchalik kam vaqt saрflansa, shunchalik yuqori bo’ladi. Bunga korxona rahbari (menedjeрi) va boshqaruv funksiyalarini bajarishga mas’ul bo’lgan boshqa shaxslarning tajribasi va malakasidan tashqari, boshqaruv amaliyoti va ish tartibiga saрflanuvchi vaqtning qisqaрtirilishi, boshqaruv jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish va amalga oshirishni oqilona tashkil qilish bo’yicha tashkiliy-texnikaviy chora-tadbirlar majmuasini qo’llash hisobiga erishiladi.
Zamonaviy fan va menedjment amaliyoti korxonalarni boshqarishning quyidagi tamoyillarini eng asosiylari sifatida qabul qiladi:
1) ilmiylik;
2) tizimlilik va komplekslik;
3) yakka boshqaruv va kollegiallik;
4) tartib va adolat;
5) xodimlarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish;
6) tejamkorlik va samaradorlik;
7) tashabbuskorlik va korpoрativ ruhiyat;
8) vakolat va majburiyat.

Yüklə 35,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin