Suyuqliklarning issiqlikdan kengayishi. Yuqorida aytib o`tilganidek, ziсhlik issiqlik o`zgarishi bilan o`zgarib boradi. Bu esa o`z-o`zidan issiqlik o`zgarishi bilan hajmning o`zgarishini ko`rsatadi. Suyuqliklarning bu xususiyatini gidravlik mashinalarni hisoblash va turli masalalarni hal qilish vaqtida nazarga olish zarur bo`ladi.
Suyuqlikning issiqlikdan kengayishini kolbaga solingan suyuqlikning qizdirilganda hajmi ko`payishi, suyuqlik to`ldirilib germetik yopib qo`yilgan boshqa va sisternalarning quyosh nurida qolganda yorilib ketishi, to`ldirilgan idishdagi suyuqlikning sirtidan oqib tushishi kabi hodisalarda juda ko`p uchratish mumkin.
Suyuqliklarning bu xususiyatidan foydalanib suyuqlik termometrlari va boshqa turli sezgir o`lсhov asboblari yaratiladi. Suyuqliklarning isitilganda kengayishini ifodalash uсhun hajmiy kengayish temperatura koeffisiyenti degan tushunсha kiritilib, u bilan belgilangan.
1-jadval. Suvning hajmiy kengayish temperatura koeffisienti 1/grad
Bosim, MN/m2
|
t° с
|
1-10
|
10- 20
|
40-50
|
60-70
|
90—100
|
0,1
9,8
19.6
49,0
88,3
|
0,000014 0,000043 0,000072 0,000149 0,000229
|
0,000150 0,000165 0,000183 0,000236 0,000294
|
0,000422 0,000422 0,000426 0,000429 0,000437
|
0,000556 0,000548 0,000539 0,000523 0,000514
|
0,000719 0,000714
0,000661 0,000621
|
Birlik hajmdagi suyuqlikning temperaturasi 1°C ga oshirilganda kengaygan miqdori uning hajmiy kengayish temperatura koeffisiyenti deyiladi va quyidagi formula bilan ifodalanadi:
bunda – qizdirilgandan keyingi va boshlang`ich hajmlar farqi; – temperaturalar farqi;
juda kichik miqdor bo`lib, u suv uchun t = 20°C da , mineral moylar uchun 1/grad; simob uchun 1/grad.
Dostları ilə paylaş: |