T a y y o r L a d I : t o ’ h t a X o ’ j a y e V a. M, J a b b a r o V a g angliyada Ta'lim. Angliyada Ta'lim Tizimi



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix04.11.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#67381
1   2   3   4   5
EjYNSL7QPR0nLXTLflLTxsZ6rCwlNFdN5fHN1dDi

Milliy dasturga quyidagi fanlar

kiradi
:

ingliz tili, texnologiya va dizayn, geografiya, matematika, informatika,

musiqa, tabiatshunoslik, chet tillari, san’at, jismoniy tayyorgarlik, tarix.

Milliy dastur 4 bosqichga bo’linadi va «Bosqichlar» deb ataladi, bu bolaning

yoshiga bog’liq:

5-7 yoshdagi (1-bosqich) bolalar milliy bosqichdagi barcha fanlar o’rgatiladi/

7-11 yoshdagi (2-bosqich) bolalar chet tillaridan boshqa barcha fanlarni

o’rganadilar.

11-14 yoshdagi (3-bosqich) bolalar quyidagi majburiy fanlarni o’rganadilar:

matematika, ingliz tili tabiatshunoslik, chet tili, texnologiya. Ular qo’shimcha hech

bo’lmaganda bitta ijtimoiy fanni o’rganishlari kerak: geografiya yoki tarix,

shuningdek, san’at bo’yicha biror fanni: san’at, jismoniy tarbiya yoki musiqa.

Maktab jadvali bo’yicha bolalar xohishlariga qarab barcha ijtimoiy va san’at

fanlarini o’rganishlari mumkin.



Keyingi ta’lim (studentlarning) 16 va undan katta yoshdagi 
talabalarning oliy

o’quv yurtlariga kirish uchun jadal tayyorlaydigan turli kurslarda 
o’qishlariga

mo’ljallanadi. Bunday ta’lim turli fanlar bo’yicha tayyorlaydigan, 
texnika va tijorat

fanlarining eng quyi darajadan boshlab, to yo’naltirilgan 
kurslargacha, biznes

sohasida, ma’muriyatchilik va xo’jalikning nufuzli doiralarida yuqori 
malakali

xodimlar tayyorlashga yo’naltiradigan «keyingi ta’lim» kollejlarida 
bo’lishi

mumkin. Shuningdek, o’qishning davomi nokasbiy yo’nalishdagi 
kurslarda ham

bo’lishi mumkin. Ularga ixtisoslashtirilgan GCSE va «A» level 
kurslari ham

tegishlidir. Kunduzgi o’qish kurslariga qo’shimcha tarzda o’qishni ish 
bilan birga

olib boruvchilar uchun qator sirtqi va kechki kurslar ham mavjud. 


 Oliy ta’lim

Oliy ta’lim «A» 1eve1dan yuqori darajadagi ta’limning har 
qanday turini o’z

ichiga oladi. Bunday ta’lim universitetning turli kurslarida, 
kollejlarda, oliy ta’lim

institutlarida (shu jumladan pedagogika institutlari), 
shuningdek, keyingi ta’lim

institutlarida ham bo’lishi mumkin. Hozirgi vaqtda Buyuk 
Britaniyada 89 ta

universitet mavjud (shu jumladan oliy ta’limning 1992 yildagi 
Aktiga muvofiq

tashkil etilgan 39 ta «yangi» universitetlar ham) bo’lib, ular 
sobiq politexniklarga

o’z fanlari bo’yicha daraja berishga va universitet nomini olib 
yurishga yo’l beradi.


Universitetga kirish

Universitetlar va kollejlarga barcha rasmiy talablar UCAS (Universities and

Colleges Admission Service) - oliy ta’limning Britaniya universitet va 
kollejlariga

agentlik kabi harakatdagi markaziy organi orqali uzatiladi. UCAS savollarni

sentyabrning boshlari va dekabrning o’rtalarida bo’lgan oraliqda, oliy o’quv

muassasalarida o’qishga keyingi yilning oktyabridan qabul qiladi. 
Kechikkan

talablar 30 iyungacha uzatilishi mumkin, lekin bu davrda OO’Yularida 
bo’sh joylar

anchagina qisqaradi va OO’Yularining tanlovi cheklanadi.

Abiturient turli universitetlardan ko’pi bilan 6 kursni tanlaydi va ularni 
UCAS

qayd qiladigan shaklda ko’rsatib beradi. Afzalliklar tartibi belgilanmaydi.



UCAS dagi har bir talab detallar qaydnomasi shaklida kompyuterga

kirgiziladi va talablar nusxalari unda ko’rsatilgan universitetlarga 
jo’natiladi.

Hap qaysi universitet rasmiy talabni qarab chiqadi va abiturientni 
suhbatdan

o’tishga chaqirishi mumkin, shundan keyin universiteta taklif etish haqida 
qaror

qabul qiladi.

Odatda bunday taklif «shartli» bo’ladi va bu shartlar har yili avgustning

uchinchi haftasida e’lon qilinadigan «A» level imtihonlarining natijalari

hisoblanadi.

UCAS abiturientlarga qaror va har bir tanlangan universitetning o’tish 
balini

e’lon qiladi.



Qachonki tanlangan universitetlar o’zlarining qarorlarini e’lon qilsalar,

abiturient ko’pi bilan ikkita taklifni tanlashi mumkin. Takliflardan biri 
asosiy va

ikkinchisi esa «har ehtimolga qarshi» bo’ladi.

«A» level imtihonlarining natijalari e’lon qilinganda, (avgustning uchinchi

haftasida) universitetlar abiturient qabuli haqida yakuniy qaror qabul 
qiladilar.

«A» level imtihonlari bo’yicha kerakli ballarni to’plagan barcha 
abiturientlar

universitetga qabul qilinishlari shart.

«A» level imtihonlarida etarli ball yig’olmagan abiturientlar universitet

ixtiyori bilan unga qabul qilinishi mumkin.

Tanlangan universitetlardan taklif olmagan yoki kech (1 iyuldan so’ng)

murojaat qilgan abiturientlar keyingi tanlov bosqichida qatnashishlari 
mumkin. 





Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin