T abdraxmanov


I.BOB TUPROQSHUNOSLIK FANLARINI O‘QITISHDA TA’LIM VA TARBIYANING UZVIYLIGI



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə3/43
tarix29.03.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#91263
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Туп ўқитиш услубиёти Абдрахманов

I.BOB TUPROQSHUNOSLIK FANLARINI O‘QITISHDA TA’LIM VA TARBIYANING UZVIYLIGI


§1.1.Tuproqshunoslik yo‘nalishidagi fanlarning o‘qitish jarayonida ta’lim-tarbiyaning uzviyligi


Ta’lim tizimida har qanday fanning o‘qitishda ta’lim va tarbiyani uzviy olib borish tayyorlanayotgan kadrlarni har tomonlama mukammal shakllanishiga ijobiy ta’sir qiladi. Ta’lim va tarbiyaning uzviy olib borish bizning mamlakatimizda ko‘proq yo‘lga qo‘yilgan. Dunyoning aksariyat davlatlarining ta’lim tizimida ta’limning o‘zi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan, biroq, tarbiya masalasi deyarli oliy ta’lim tizimda olib borilmaydi. Ayniqsa, Yevropa va AQSh oliy ta’lim tizimida bularni yaqqol ko‘rish mumkin. Hatto ushbu mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalarida I blokdagi gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar deyarli o‘qitilmaydi, ya’ni, mutaxassislik fanlari ko‘proq va chuqurroq o‘qitiladi. Bu esa tayyorlangan yosh kadrlarning jamiyatga qo‘shilishida, ularning barkamol avlod bo‘lib yetishishlarida qator muammolarni keltirib chiqaradi.
Tarbiya ta’lim berish bilan mustaxkam aloqada bo‘lgani holda o‘ziga xos qonuniyatlarga ega. Ta’lim va tarbiya yagona jarayondir, lekin ular bir- biriga aynan o‘xshash emas. Ta’lim va tarbiyaning uzviyligi avvalo ular maqsadining umumiyligidan iborat. Bir butun pedagogik jarayonda ta’lim doimo tarbiyaviy vazifalarni, tarbiya esa hayotni bilish, unga tayyorlanishdek mas’uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyaning vazifalari ko‘p qirralidir. Ta’limning asosiy vazifasi o‘quvchilarni bilimlar bilan qurollantirish bo‘lsa, tarbiyada talabaning jamiyatda qabul qilingan axloq-odob qoidalariga mos keladigan e’tiqodini, axloqiy malaka va ko‘nikmalarini, ehtiyoj va intilishlarini tarkib toptirish muhim.
Tarbiya inson shaxsini tarkib toptirish yuzasidan rejalashtiriladigan ulkan ishning bir qismi. Tarbiya talaba oliy ta’limni tamomlaganidan keyin ham tugallanmaydi, balki muntazam davom ettiriladi. Tarbiya tarbiyalanuvchining ruhiyatiga tarbiyachiga ma’qul bo‘lgan sifatlarni singdirish uchun maqsadga muvofiq suratda va muntazam ravishda ta’sir etishdir. Tarbiyalanuvchi − tarbiyachi tomonidan tarbiyaviy jarayonga rahbarlik qilingan taqdirdagina samarali bo‘ladi.
Ta’limda tarbiya samarali bo‘lishi uchun quyidagilar muhim hisoblanadi:
- tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi;
- tarbiyaning mehnat bilan bog‘lanishi;
- shaxsni jamoa orqali tarbiyalash;
- tarbiyada talaba shaxsini hurmat qilish va unga talabchanlik;
- tarbiyaviy ishlarning izchilligi, muntazamligi hamda birligi;
- tarbiyada talaba yoshi va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish.
Tarbiya turlaridan biri milliy tarbiyadir. Milliy tarbiya har bir millatning milliy mentaliletidan kelib chiqadi. Masalan, sharqona urf-odatlarga muvofiq ota-onani hurmat qilish qadriyat sifatida qadrlanadi va yoshlar ongiga sindiriladi. Tarbiyaning vazifalari keng va ko‘p qirrali. Ta’limning asosiy vazifasi talabani bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish bo‘lsa, tarbiya yosh avlodda jamiyatimizda qabul qilingan odob-axloq qoidalariga mos keladigan e’tiqodni, axloqiy malaka va ko‘nikmalarni, ehtiyoj va intilishlarni tarkib toptirishdan iborat. Tarbiyashunos olim Abdulla Avloniy o‘zining “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida inson kamolotida tarbiyaning o‘rnini alohida ta’kidlab, shunday degan edi: “Janobi Haq insonlarning asl xilqatda iste’dod va qobiliyatli, yaxshi ila yomonni, foyda ila zararni, oq ila qorani ayiradigan qilib yaratgan”. Lekin, bu insondagi qobiliyatni kamolga yetkazmoq tarbiya vositasida bo‘ladir”.
O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning 3-moddasida ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplaridan biri sifatida uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iktisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy extiyojlarini kondiruvchi ustuvor soha ekanligi, ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy barkamol shaxsning shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi, davlat ta’lim standartlariga muvofiq turli darajalardagi ta’lim dasturlarining izchilligi ta’minlanishi va maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash hamda maktabdan tashqari ta’lim turlarini o‘z ichiga olishi ta’kidlanadi.
O‘zbekistonda davlat siyosatining asosiy tamoyillari sifatida ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi, ta’limning uzluksizligi va izchilligi, ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi, davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi, ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondoshuv, bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish, ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish kabilar belgilab berilgan. Ularga ta’limda ilmiylik, tizimlilik va izchillik, onglilik va faollik, bilimlarni puxta va mustahkam o‘zlashtirish, o‘quvchilarni yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olish, ko‘rsatmalilik, nazariyani amaliyot bilan bog‘liqligi, mustaqillik va erkin fikrlash hamda tafakkur qilish kabilar kiritiladi.
1Uzluksiz ta’lim tizimida tizimlilik va izchillik prinsipi muhim ahamiyat kasb etadi. U ta’limda ma’lum mantiqiy izchillik bo‘lish zarurligini bildiradi, chunki bilimlar vorislik xarakteriga ega. Bilim olishdagi tizimlilik va izchillik nazariya va amaliyotning birligi, Davlat ta’lim standartlari, ularga mos ravishda o‘quv dasturlarini yaratish va ta’lim-tarbiya jarayoniga bosqichma-bosqich joriy etish bilan ta’minlanadi.
Ta’lim uzviyligini ta’minlash muammosini shartli ravishda uning barcha yo‘nalishlarini qamrab oluvchi quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
- uzviylikni ta’minlashning umumpedagogik muammolari yechimini ishlab chiqish kasb-hunar tayyorgarligining umumpedagogik jihatdan optimal ketma-ketlikda loyihalanishini ta’minlaydi;
- uzviylikni ta’minlashning didaktik muammolari ta’limning shakl, metod va usullarini qo‘llashning ilmiy asoslangan ketligini qo‘llash, kasbiy-texnik harakatlarni o‘zlashtirish jarayoni dinamikasini tadqiq qilish, mantiqiy asoslangan tuzilishga ega didaktik materiallar va ularni qo‘llash metodikasi, ta’lim vositalari tizimini qo‘llashga oid savollarni o‘z ichiga oladi;
- uzviylikni ta’minlashning tarbiyaga oid muammolari ta’lim oluvchilarni ilmiy asoslangan tarbiyasini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni qamrab oladi.
Ta’lim–tarbiya jarayonida uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilanadi (1-rasm).




Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin