T. Malikov O. Olimjonov moliya


Hududiy bozorlarga bog’liqligini nazarda tutib



Yüklə 2,2 Mb.
səhifə85/271
tarix20.09.2023
ölçüsü2,2 Mb.
#146047
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   271
T. Malikov O. Olimjonov moliya-fayllar.org

Hududiy bozorlarga bog’liqligini nazarda tutib baholarning turlari quyidagicha farqlanadi:
    • yagona (yaxlit) baholar;


    • mintaqaviy baholar;


    • mahalliy baholar.




Yagona (yaxlit) baholar mamlakatning barcha hudud-larida amal qiladi. Ular davlat tomonidan o’rnatiladi (belgilanadi) va tartibga solinadi.

Mintaqaviy baholar mamlakatning ayrim hududla-rida shakllanadi. Bunday baholarning tarkibiga qishloq xo’jaligi mahsulotlari va xomashyo, gaz, elektroenergiyaning baholarini kiritish mumkin.
Shu mintaqaning o’zida ishlab chiqariladigan va iste’-mol qilinadigan mahsulotlarga o’rnatilgan baholar mahal-liy baholar deyiladi.


Bozorda davlatning ta’sirchanligi, tartibga solish va raqobat darajasining xarakteri bo’yicha baholarning quyidagi turlari mavjud:
    • bozor baholari;


    • qat’iy o’rnatilgan baholar;


    • tartibga solinadigan baholar;


    • prestij (kamyob, obro’li) baholar;


    • paritet (teng) baholar.


Mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar va xizmatlarni ko’rsatuvchilar tomonidan bozor kon’yunkturasiga muvofiq ravishda talab va taklif asosida qo’llaniladigan baho bozor baholari deyiladi.



Qat’iy o’rnatilgan baholar ma’lum darajada belgi-langan baholardan iborat.
Yuqori ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan mahsulotlarga nisbatan tegishli boshqaruv organlari tomonidan foyda-laniladigan baholar tartibga solinadigan baholar deb ataladi.
Noyob xususiyatlarga ega bo’lgan juda yuqori sifatli buyumlarning bahosiga prestij (nufuzli) baholar deyiladi.
Bir necha mamlakatlarning davlat hokimiyat organlari tomonidan qishloq xo’jaligi mahsulotlari, boshqa tovarlar va xizmatlar baholari o’rtasidagi nisbatni tartibga solish uchun qo’llaniladigan baholar paritet baholar deb ataladi.



Yüklə 2,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin