T. Malikov O. Olimjonov moliya


erkin (sof yoki takomillashgan) raqobat



Yüklə 2,2 Mb.
səhifə94/271
tarix20.09.2023
ölçüsü2,2 Mb.
#146047
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   271
T. Malikov O. Olimjonov moliya-fayllar.org

erkin (sof yoki takomillashgan) raqobat. U baholarni aniqlashda erkin musobaqalashishning mavjudligi bilan xarakterlanadi;


  • monopolistik raqobat. Bunda to’liq almashtirilishi mumkin bo’lmagan xilma-xil tovarlar guruhini ishlab chiqaruvchi XYuSlarning musobaqalashishi amalga oshiriladi;


  • oligopolistik raqobat. Bu ko’p bo’lmagan ishlab chiqaruvchilar raqobat bozoridan iborat;


  • monopolistik bozor. Bunday bozor tovarlarning bahosini o’rnatishda bir xo’jalik sub’yekti hukmronlik qiladigan bozordir.

    Bozor iqtisodiyotida marketing-baho strategiyasining moliyaviy jihatlarini tashkil etish shakl va sharoit-larining ko’p turliligi bilan xarakterlanadi. Bu o’z tovarini sotuvchi xo’jalik yurituvchi sub’yektlar iqtisodiy nuqtai-nazardan nimadan iborat ekanligiga va turli bozorlarda shu tovarlarni iste’mol qilish imkoniyatining qandayligiga bog’liq.


    Baholarni shakllantirishning u yoki bu strategiyasi, yoki ularning turli kombinatsiyalarini qo’llash tovarlarni realizatsiya qiluvchilarning egalariga (mulkdorlariga) ko’zda tutilgan pul tushumlariga ega bo’lishni va shu asosda zaruriy moliyaviy fondlarni muvaffaqiyatli shakllantirishga imkon beradi.

    Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar


      • Baho deb nimaga aytiladi?


      • Bozor iqtisodiyoti sharoitida bahoning asosi sifatida nima maydonga chiqadi?


      • Baho qanday funksiyalarni bajaradi?


      • Bahoning o’lchov(chilik) funksiyasining mazmuni nimadan iborat?


      • Baho hisob-nazorat funksiyasining asosiy vazifalari nimalardan iborat?


      • Bahoning taqsimlash funksiyasi nimalar bilan xarak-terlanadi?


      • Bahoning tartibga solish funksiyasiga tegishli bo’lgan xarakterli belgilarni aytib bering.


      • Qanday holatlarda baho ijtimoiy funksiyani baja-radi?


      • Qanday hollarda bahoning rag’batlantiruvchi funksiyasi namoyon bo’ladi?


      • Baholarni qanday belgilarga ko’ra tasniflash (klas-sifikatsiya qilish) mumkin?


      • Aylanmaga xizmat qilish xarakteri bo’yicha baholar qanday farqlanadi?


      • Ulgurji bahoning mazmunini tushuntirib bering.


      • Qanday baho chakana baho deyiladi?


      • Qay hollarda sotib olish baholari qo’llaniladi?


      • Qurilish mahsulotlarining bahosi qanday qiymatlarda to’lanadi?


      • O‘rnatilishi (belgilanishi)ga qarab baholarning qanday turlari mavjud?


      • Qanday baholar qat’iy baholar deyiladi?


      • Joriy baholar deyilganda nima tushuniladi?


      • O‘zgaruvchan (“harakatchan”) baholar qanday baholardan iborat?


      • Almashtiriluvchi (“sakrovchi”) baholar qanday buyum-larga nisbatan o’rnatiladi?


      • Vaqt omiliga ko’ra baholarning qanday tur (ko’ri-nish)lari bo’lishi mumkin?


      • Qanday baholarga doimiy baholar deyiladi?


      • Mavsumiy baholar qanday o’rnatiladi?


      • Qanday mahsulotlarning bahosi bosqichli baholarda belgilanadi?


      • Baholar xususida ma’lumotlarni olish usuliga muvofiq baholar qanday farqlanadi?


      • Qanday baholarga ma’lumotnomaviy baholar deyiladi?


      • Qaerlarda e’lon qilingan baholar preykurant baholar deb ataladi?


      • Qanday baholar hisob-kitobli baholardir?


      • Bozor turi (ko’rinishi)ga bog’liq ravishda baholarning qanday turlari mavjud?


      • Qanday baholarga auktsion baholar deyiladi?


      • Birja kotirovkalari deb nimaga aytiladi?


      • Qanday baholar savdolar baholaridan iborat?


      • Xududiy bozorlarga bog’liqligini nazarda tutib baho-larning turlari qanday farqlanadi?


      • Yagona (yaxlit) baholar qaerlarda amal qiladi?


      • Mintaqaviy baholar qaerlarda shakllanadi?


      • Qanday baholar mahalliy baholar deyiladi?


      • Bozorda davlatning ta’sirchanligi, tartibga solish va raqobat darajasining xarakteri bo’yicha baholarning qanday turlari mavjud?


      • Qanday baho bozor baholari deyiladi?


      • Qqat’iy baholar qanday baholardan iborat?


      • Qanday baholar tartibga solinadigan baholar deb ataladi?


      • Qanday buyumlarning bahosiga prestij (nufuzli) baho-lar deyiladi?


      • Qanday baholar paritet baholar deb ataladi?


      • Etkazib berish va sotish shartlariga ko’ra baholarni qanday farqlash mumkin?


      • Qanday baholarga netto-baholar deyiladi?


      • Qanday ravishda aniqlanadigan baholar brutto-baholar deb ataladi?


      • Jahon baholari qanday baholardan iborat?


      • Ichki firmaviy (transfert) baholar qaerlarda qo’lla-niladi?


      • Qanday baholar tabaqalashtirilgan baholar deb yuri-tiladi?


      • Qanday baho rezervlashtirilgan baho deyiladi?


      • Bahoning tarkibi va tarkibiy tuzilmasining mazmuni qanday, ularning tarkibiga nimalar kiradi?


      • Baholarni aniqlashning qanday kontseptsiyalari mavjud?


      • Bahoni hisoblash (aniqlash)ning “o’rtacha xarajatlar va foyda” metodi o’z asosiga nimalarni oladi?


      • Baholarni shakllantirishning “bozor nimani ko’rsatsa”, metodining mohiyati nimada?


      • Bahoni zararsizlik va maqsadli foydani ta’minlash asosida hisoblash metodiga xos bo’lgan xarakterli belgi-larni aytib bering.


      • Qanday hollarda baho chiqariladigan tovarning unikal-ligi (antiqaligi) asosida o’rnatiladi?


      • Preyskurant baholarning asosida nima yotadi?


      • Bahoni aniqlashning raqobat savdolari orqali usuli qanday sharoitda qo’llaniladi?


      • Qishloq xo’jaligida baholarning qanday yo’nalishlari rivojlanadi?


      • Baholarni shakllantirishga xarajatli yondoshuv meto-dida asosiy tayanch nuqta sifatida nimalar qabul qilinadi?


      • Baholarni qimmatli shakllantirish baholarni qanday o’rnatilishini taqozo etadi?


      • XYuSlar marketing strategiyasining moliyaviy jihat-lari nimalarni nazarda tutadi?


      • XYuS faoliyat ko’rsatishining mikromuhiti va makro-muhiti nimalardan iborat va ular o’z ichiga nimalarni qamrab oladi?


      • XYuS tomonidan sotilishi mumkin bo’lgan tovarlar bahosini asoslash, hisob-kitob qilish va o’rnatish qanday ketma-ketlikda va faoliyat turlari bo’yicha amalga oshiri-lishi maqsadga muvofiq?


      • Talab, iste’moliy tanlov, taklif, muqobil ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan bog’liq bo’lgan omillar, nazorat qilinadigan va nazorat qilinmaydigan omillar nimalardan iborat?


      • Yuqori baholar strategiyasi (“qaymog’ini ajratib olish”) ning mazmuni nimada?


      • Past baholar strategiyasi qanday maqsadlarda amalga oshiriladi?


      • Tabaqalashtirilgan baholar strategiyasi qanday amalga oshiriladi?


      • Imtiyozli baholar strategiyasining mazmuni nimada?


      • Elastik baholar strategiyasi nimalarni anglatadi?


      • Barqaror, standart (andozaviy), o’zgarmaydigan baholar strategiyasini tushuntirib bering.


      • Yaxlitlanmagan baholar strategiyasi nimani anglatadi?


      • Yoppasiga (ommaviy) sotib olishlar bahosi va baho-larni tovarning sifati bilan uzviy bog’langanligi strategiyalarining o’ziga xos bo’lgan xususiyatlari nimalardan iborat?


      • “Skonto” chegirma, progressiv chegirmalar, tovarlarning almashtirilishi yoki shu bilan bog’liq bo’lgan chegirma, eksport chegirmalari, funktsional chegirmalar yoki savdo sohasidagi chegirmalar, maxsus chegirmalar, yashirin chegirmalar, konfidentsial chegirmalar deyilganda nimalar tushuniladi?


      • Bozorni segmentlashtirishning mazmuni nimada?


      • Raqobatning erkinlik darajasi va baholarni shakllantirishga bog’liq ravishda bozorlarning qanday tiplari mavjud?



      1. Yüklə 2,2 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   271




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin