T. Malikov O. Olimjonov moliya


Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar



Yüklə 2,2 Mb.
səhifə112/271
tarix20.09.2023
ölçüsü2,2 Mb.
#146047
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   271
T. Malikov O. Olimjonov moliya-fayllar.org

Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar

      • Davlat byudjeti qanday omillarga bog’liq holda vujudga keladi va rivojlanadi?


      • Davlat byudjeti o’zida qanday munosabatlarni ifodalaydi?


      • Davlat byudjeti uchun qanday xarakterli xususiyatlar xos?


      • “Davlat byudjeti” tushunchasiga terminologik jihatdan yana qanday tushunchalar qo’shiladi?


      • Mamlakatning yalpi ichki (milliy) mahsuloti davlat byudjeti orqali taqsimlanganda qanday bosqichlarni bosib o’tadi?


      • Davlat byudjeti fondini shakllantirishda qanday ikki tushun- chalardan foydalaniladi?


      • Qanday davlat byudjeti kategoriyalarini bilasiz?


      • Davlat byudjetining iqtisodiy mazmuni nimalardan iborat?


      • Mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi deyilganda nima nazarda tutiladi?


      • Davlat byudjetining ta’rifini ayting.


      • Davlat byudjetining mohiyatini tushuntirib bering.


      • Davlat byudjeti boshqa iqtisodiy (moliyaviy) katego-riyalar bilan qanday bog’langan?


      • Davlat byudjeti qanday funksiyalarni bajaradi?


      • Davlat byudjetining taqsimlash va nazorat funksiyalari qanday xarakterli xususiyatlarga ega?


      • Davlat byudjetining taqsimlash va nazorat funksiya-larining miqdoriy va sifat tomonlari nimalardan iborat?


      • Davlat byudjeti mexanizmini qanday tushunasiz?


      • Davlat byudjetining ahamiyatini tushuntirib bering.


      • Davlat byudjeti mamlakatning moliya tizimida qanday o’rinni egallaydi?


      • Davlat byudjetining daromadlari nima uchun oraliq xarakterga ega?


      • Davlat byudjeti daromadlarining moddiy-buyumlash-gan shaklini nimalar tashkil etadi?


      • Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish jarayonining asosiy printsiplari nimalardan iborat?


      • Davlat byudjetining daromadlari qanday mezonlar asosida tasniflanishi (klassifikatsiya qilinishi) mumkin?


      • Davlat byudjetining daromadlari o’z manbalariga ko’ra qanday guruhlarga bo’linadi?


      • Davlat byudjetiningsoliq daromadlari tarkibini bilasizmi?


      • Davlat byudjetining soliq bo’lmagan daromadlari tarkibiga nimalar kiradi?


      • Tushumlarning qanday turlari (ko’rinishlari) davlat byudjeti daromadlarining tarkibi hisobiga olinishi mumkin?


      • Hozirgi amaliyotda davlat byudjetining daromadlari qanday tartibda tasniflanadi?


      • To’g’ri (bevosita) va egri (bilvosita) soliqlarning tarkibini aytib bering.


      • O‘zining ijtimoiy-iqtisodiy belgisiga ko’ra davlat byudjetining daromadlari qanday guruhlarga bo’linishi mumkin?


      • Mulkchilik shakliga ko’ra davlat byudjetining daromad-lari qanday ko’rinishlarga ega bo’lishi mumkin?


      • Sub’ektlarning daromadlari qanday metodlarni qo’llash evaziga davlat byudjeti ixtiyoriga olinayapti?


      • Hozirgi sharoitda davlat byudjeti daromadlarining tarkibi nimalardan iborat va uning tuzilmasi qanday?


      • Mamlakatimizda qo’llanilayotgan davlat byudjeti daromadlari tizimining samaradorligi bevosita nimaga bog’liq va u o’z ichiga nimalarni oladi?


      • “Davlat byudjeti daromadlari” va “Davlat daromadlari” tushunchalari o’rtasiga barobarlik (tenglik) belgisini qo’yish mumkinmi?


      • Davlat byudjetining xarajatlari qanday xarakterli belgilarga ega?


      • Davlat byudjeti xarajatlari konkret turlarining xilma-xilligi nimalar bilan izohlanadi?


      • Davlat byudjetining xarajatlari qanday belgilarga ko’ra turkumlashtiriladi?


      • Iqtisodiy mazmuniga ko’ra davlat byudjetining xara-jatlari qanday xarajatlarga bo’linadi?


      • Davlat byudjetining kapital xarajatlari deyilganda nimalar tushuniladi va ularning tarkibi nimalardan iborat?


      • Davlat byudjeti joriy xarajatlarining mazmuni va tarkibini bilasizmi?


      • Takror ishlab chiqarishdagi roliga ko’ra davlat byudjetining xarajatlari qanday guruhlarga bo’linadi?


      • Davlat byudjeti xarajatlarining tarmoq belgisi bo’yicha guruhlarga ajratishning asosida nimalar yotadi?


      • Ijtimoiy yo’nalishi bo’yicha davlat byudjetining xarajatlari qanday guruhlardan tashkil topgan?


      • Davlat byudjeti xarajatlarining konkret turlari tarkibini aytib bering.


      • Davlat byudjetining xarajatlari tashkiliy jihatdan qanday guruhlarga ajratiladi?


      • Davlat byudjetining xarajatlari hududiy belgilariga muvofiq qanday guruhlardan tashkil topadi?


      • Faqat Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan xarajatlar tarkibini bilasizmi?


      • Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat byudjetining xarajatlari uning daromadlari bilan uzviy bog’langanmi?


      • Hozirgi sharoitda davlat byudjeti xarajatlarining konkret tarkibi va ularning tuzilmasi qanday?


      • Byudjetdan moliyalashtirishning mazmunini aytib bering.


      • Byudjetdan moliyalashtirishning umumiy printsip-larini aytib bering.


      • Amaliyotda byudjetdan moliyalashtirishning qanday shakllaridan foydalanilmoqda?


      • “Davlat byudjetining xarajatlari” va “Davlat xarajatlari” iboralari bir xil ma’noni anglatadimi?


      • Davlat byudjeti defitsitini qanday tushunasiz?


      • Davlat byudjeti defitsiti vujudga kelishining eng umumiy sabablarini bilasizmi?


      • Davlat byudjeti defitsiti vujudga kelganda unga nisbatan strategik yondashuv (strategiya) nimalarga alohida e’tibor berishni taqozo etadi?


      • Davlat byudjeti defitsiti darajasini kamaytirish yoki unga barham berish borasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan chora-tadbirlarning asosiy yo’nalishlarini aytib bering.


      • Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning asosiy manbalarini aytib bering.


      • Davlatning ichki va tashqi qarzlarini qanday tushunasiz?


      • Davlat ichki qarzlarining tarkibini tushuntirib bering.


      • Davlat tashqi qarzlari tarkibiga nimalar kiradi?


      • Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning barcha manba-lari qanday guruhlardan tashkil topadi?


      • Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning ichki manba- larini aytib bering.


      • Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning tashqi man- balari nimalardan iborat?


      • Mamlakatning qarz majburiyatlari qanday shakllarda bo’lishi mumkin?


      • “Davlat byudjeti defitsiti”, “Davlat byudjeti kamomadi”, “Davlat byudjeti taqchilligi”, “Davlat byudjeti etishmovchiligi” iboralarining ma’nosi bir xilmi?



Yüklə 2,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin