T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 2,2 Mb.
səhifə118/271
tarix20.09.2023
ölçüsü2,2 Mb.
#146047
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   271
T. Malikov O. Olimjonov moliya-fayllar.org

Aktsizlar. Umumdavlat soliqlarining turlaridan yana biri aktsizlardir. Ular mahsulotlar va xizmatlarning bahosidan undiriladi. Aktsizlar tegishli mahsulotning bahosi, xizmatning haqi yoki tarifning tarkibiga kiriti-ladi. Odatda, yuqori rentabelli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarning yuqori foydasini byudjetga olish uchun sotilayotgan mahsulotlarning sotish bahosiga davlat tomonidan o’rnatiladi. Mamlakat hududida ishlab chiqaril-gan va import qilingan aktsiz to’lanadigan mahsulotlarga aktsiz solig’i solinadi. Bu soliq bo’yicha soliqqa tortish ob’yekti aktsizosti mahsulotlarning (ichimlik spirti, vino-aroq, tamaki, mo’yna, ikra, zargarlik buyumlari, engil avtomobillar, maishiy-kimyo buyumlari, neft va neft mahsulotlari va boshqalar) qiymatidir(qo’shilgan qiymat solig’i hisobga olinmagan holda).
Aktsiz to’lanadigan mahsulotlar ishlab chiqarayotgan yoki bunday mahsulotlarni import qilayotgan yuridik va jismoniy shaxslar byudjetga aktsiz solig’ini to’lovchilar bo’lib hisoblanadi. Aktsiz to’lanadigan mahsulotlar ro’yxati va aktsiz solig’ining stavkalari


O‘zbekiston


Respublikasi Vazirlar


Mahkamasi


tomonidan


tasdiqlanadi.


Ularning stavkalari,


odatda, 5%


dan (engil


avtomashinalar uchun) 90% gacha (ichimlik spirti) bo’lishi mumkin. Aktsiz solig’ining asosiy qismi neft va gaz hamda spirtli alkogol mahsulotlariga nisbatan o’rnatilgan aktsizlar hisobidan shakllanadi.


Aktsiz solig’i byudjetga oyning aktsiz to’lanadigan mahsulot sotilgan 10 kunligi tugaganidan keyin (agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa) uch kundan kechiktirmay o’tkazilishi lozim.



Yüklə 2,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin