T. Malikov O. Olimjonov moliya


Davlat byudjeti xarajatlarini sarflash muammolari va



Yüklə 2,2 Mb.
səhifə132/271
tarix20.09.2023
ölçüsü2,2 Mb.
#146047
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   271
T. Malikov O. Olimjonov moliya-fayllar.org

Davlat byudjeti xarajatlarini sarflash muammolari va



vazifalari
Muammolar. Hozirgacha davlat byudjeti xarajatlari bo’yicha ayrim kamchiliklar mavjud. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
  • davlat byudjeti mablag’laridan foydalanish samara-dorligi nisbatan past;


  • davlat byudjeti mablag’larini maqsadsiz sarflash amaliyoti mavjud;


  • davlat byudjeti daromadlari bo’yicha rejalar baja-rilmagan sharoitda xarajatlar ayrim yo’nalishlarining moliya-lashtirilishi noproportsionaldir;


  • davlat byudjeti xarajatlari davlat ijtimoiy siyosatining pishib etilgan muammolarini hal eta olmayapti;


  • sub’yektlarga to’lovlar bo’yicha qarzlar doimiy ravishda oshib borayapti;


  • milliy xo’jalikka davlat investitsiyalari minimum darajagacha qisqardi;


  • va boshqalar.




Davlat byudjeti xarajatlari bo’yicha bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar. Yuqoridagi kamchiliklarning mavjudligi davlat byudjeti xarajatlari bo’yicha baja-rilishi lozim bo’lgan asosiy vazifalarni belgilab olishni va ularning o’z vaqtida bajarilishini taqozo etadi.
Hozirgi sharoitda bunday vazifalarning qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • eng samarali va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan loyi-halarga davlat byudjeti mablag’larini yig’ish (kontsentratsiya qilish), ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirishning ustu-vorligini ta’minlash;


  • sub’yektlarga to’lovlar bo’yicha qarzlarni keskin qisqartirish va ularning to’liq qaytarilishiga erishish;


  • iqtisodiyotning ustuvor sohalarida investitsiyalarni davlat tomonidan moliyalashtirishni kengaytirish;


  • loyihalarni moliyalashtirishning davlat-tijorat amaliyotini kengaytirish asosida investitsion jarayon-larning nomarkazlashuvini davom ettirish;


  • davlat apparatini saqlash xarajatlari va davlat qarzlarini boshqarish bo’yicha xarajatlarni qisqartirish;


  • harbiy islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish asosida milliy mudofaaga mo’ljallangan davlat byudjeti mablag’laridan foydalanish samaradorligini oshirish;


  • ayrim tarmoqlarning zararlarini qoplashga yo’nalti-rilayotgan dotatsiyalarni kamaytirish;


  • maqsadli dasturlar va xarajatlarning ayrim maqsadli moddalari bo’yicha xarajatlarni qisqartirish;


  • fan, madaniyat, tibbiy xizmat va maorif xarajat-larining ustuvor moliyalashtirilishini ta’minlash;


  • davlat byudjeti mablag’laridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish;


  • davlat byudjeti xarajatlarini moliyalashtirishning g’azna-chilik tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish;


  • va boshqalar.




Yüklə 2,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin