ta’sischi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda barcha soliqlar va O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlatning maqsadli jamg’armalariga to’lovlar to’langanidan so’ng, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufidagi davlat unitar korxonalarida qoladigan sof foydaning bir qismi;
fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish sohasida faoliyatni amalga oshirayotgan nodavlat tashkilotlari xorijga ishga yuborilgan har bir fuqaro uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan stavka bo’yicha Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasiga mablag’lar o’tkazadilar;
qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda mehnat daftarchalari blanklarini sotishdan olingan daromadlar;
Bandlik jamg’armasining bo’sh mablag’larini tijorat banklarida va boshqa moliya tuzilmalarida joylashtirishdan olingan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya yordamlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.