T. Malikov O. Olimjonov moliya


  “Moliya” fanining paydo bo’lishi va rivojlanishida



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

1.5. 
“Moliya” fanining paydo bo’lishi va rivojlanishida 
ajdodlarimiz xizmatlari 
 
Jahonda moliyaning alohida fan sifatida shakllanishi va 
rivojlanishi jarayonida o’zbek olim va mutafakkirlari-ning ulkan 
hissalari bor. To’g’ri, Buyuk Temur yoki Buyuk Bobur
9
kabi 
vatandoshlarimiz qadimda “moliya” deb nomlangan maxsus ilmiy 
asarlar yozishmagan. Lekin ular o’zlarining boshqa nomlar bilan 
atalgan ilmiy-
siyosiy, diniy va ma’rifiy asarlarida moliyaning turli 
masalalariga tegishli fikr-
mulohazalarini bayon qilishgan. O‘zbek 
davlat-
larining ayrim hukmdorlari esa o’z amaliy faoliyatlarida 
moliya, ayniqsa, uning tarkibiy qismi bo’lgan soliq sohasini 
rivojlantirish 
bo’yicha 
ulkan 
ahamiyatga 
molik 
islohotlar 
o’tkazishgan. 


Insoniyat tarixida ilk davlatlar paydo bo’lishi va ularning turli- 
tuman xarajatlarini qoplash maqsadida soliqlardek o’ta muhim
vosita o’ylab topilishi bilan, ya’ni qadim-qadimdan hukmdorlar va 
soliqlarning to’lovchilari soliqlar miqdori, to’lash tartibi va muddatlari 
masa-
lalari bo’yicha o’zaro tortishib kelishgan. Chunki xalq uchun 
bular 
hayot-mamot 
masalasi 
hisoblangan. 
Bizning 
buyuk 
ajdodlarimiz bu muammo ham hokimlar, ham ularga tobe xalqlarni 
qanoatlantira oladigan tarzda ijobiy hal bo’lishi uchun juda katta 
hissa 
qo’shishgan. 
Mutafakkirlarimizning moliya faniga qo’shgan hissa-lari haqida 
so’z yuritishdan oldin muqaddas kitobimiz “Qur’oni Karim”da ham 
moliya va soliq masalalariga keng e’tibor berilganligini e’tirof 
etishimiz mantiqan to’g’ri bo’ladi. To’g’ri, “Qur’on” ni inson 
yaratmagan, u Parvardigor tomonidan biz, musulmonlarga, tortiq 
etilgan buyuk asar! Biz uchun bu o’rinda eng muhimi shundaki, ana 
shu muqaddas kitobimizda ham moliya, ayniqsa, soliq va soliq 
to’lash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. “Qur’oni Karim”da 
islomiy soliqlarning asosiy turlari bo’lmish xiroj, ushr, zakot va 
boshqa soliqlarning miqdori, to’lash tartibi, vaqti, soliq yig’uvchilar va 
to’lovchilar haqida atroflicha fikr yuritilgan. 
Hadislarda ham moliyaga 
daxldor masalalar bo’yicha keng 
miqyosda fikr yuritilgan. Masalan, soliqlar, ularning turlari, 
to’lovchilar, to’lov miqdorlari va shartlari kabi masalalarning aniq 
javoblari hadislarda bayon etilgan. 
Miloddan avvalgi VIII asrda, ya’ni bundan 2800 yil oldin qadimiy 
Xorazm diyorida bitilgan “Avesto” asarida moliya masalalari ham 
tadqiq 
etilganligi 
jahondagi 
iqti-sodiy 
tafakkur 
tarixi 
bilan 
shug’ullanadigan olimlarni hayratga soladi
10
. Zero, dunyoda 
moliyaga daxldor va 28 asr oldin yozilgan hamda bugungacha 
sa
qlanib qolingan asarlar deyarli yo’q. Xullas, ”muqaddas kitobda 
agrar munosabat-
larning moliya masalalariga ham katta e’tibor 
beriladi”
11

Xalqimizning “Alpomish”, “Go’ro’g’li” kabi qator doston-larida 
ham moliya va soliq masalalariga alohida e’tibor berilgan. 
“Alpomish” dostonida Qo’ng’irot elida hukmronlik qilgan Boybo’ri 
bilan uning ukasi Boysaribiy o’rtasidagi ixtilof zakot masalasida 
paydo bo’ladi. Asarda Qo’ng’irot va Qalmiq ellarining moliya tizimlari 
o’rtasidagi farqlar ham ko’rsatib o’tilgan. 
“Go’ro’g’li” dostonida soliqqa doir masalalar ham bayon 
qilingan. Bunda soliqchi, pul yig’uvchi – pulchin, purush (furush) 
degan iboralar bilan atalgan. 
Umuman olganda, soliqlar masalalari juda ko’p islo-miy 


mutafakkirlarimiz tomonidan chuqur tadqiq etilgan. Masalan, 
Burhoniddin Marg’inoniyning (1123-1197) “Hi-doya”
12
asarida 
chorva mollaridan zakot olish, qimmatbaho buyumlar (oltin, kumush) 
dan olinadigan zakot turlari, hosildan undiriladigan soliq (ushr), 
zakotni taqsimlash tartibi bo’yicha tavsiyalar berilgan. 
1063-
1092 yillarda saljuqiylar davlati vaziri bo’lib ishlagan 
Nizomulmulkning “Siyosatnoma”
13
asarida davlat xazinasi, uni 
oqilona boshqarish, soliqlarni adolatli yig’ish masalalari ham bayon 
etilgan. 
Buyuk ajdodimiz Ahmad Al-
Farg’oniy Misrda Nil daryosi suvi 
hajmining o’zgarishiga qarab, suvni barcha dehqonlar o’rtasida bir 
xil taqsimlashni ta’minlay oladigan, o’z zamonasida jahonda tengi 
yo’q gidroinshoot barpo etgan. Qohira shahri yaqinidagi Sayyolat ul- 
Rod mavzesida bunyod etilgan mazkur bino 1200 yildan beri 
ajdodlarimizning buyuk aql-zakovati timsoli sifatida qad rostlab 
turibdi. 
Vatandoshimiz Al-
Farg’oniy ekin maydonlarini suv bilan 
ta’minlash darajasining hosilga ta’siri va shu asosida soliq miqdorini 
adolatli o’rnatish g’oyasini oldinga surgan va hayotga joriy etgan. 
Tan olish kerakki, bu insoniyat tarixida soliqqa tortish tamoyillarini 
ishlab chiqishga bo’lgan ilk va muvaffaqiyatli amalga oshgan 
urinishlardan biri edi
14

Ahmad Al-
Farg’oniy mazkur g’oyani o’rtaga tashlagan va 
hayotga joriy etgan 
IX asrda g’arb mamlakatlarining ko’pchiligi hali 
davlat sifatida shakllanib ulgurishmagan edi. Binobarin, ularda soliq 
haqida fikr yuritishga asos, ya’ni soliqlarning o’zi ham yo’q edi. 
Buyuk Temur ham moliya va soliq fanlari nazariyasi va 
amaliyotiga ulka
n hissa qo’shgan. U o’z saltanatida soliqlar adolatli 
bo’lishi uchun harakat qilgan. Bu fikrimizning to’g’riligini tushunish 
uchun uning “Temur tuzuklari” asari va hukmdorlik faoliyatida 
o’tkazgan islohotlariga murojaat qilish kerak. Jahongir “Temur 
tuzukl
ari” asarida moliya, soliqlar va soliqqa tortish masalalariga 
juda katta e’tibor bergan. U o’z ixtiyoridagi mamlakatlarda soliqqa 
tortish, uning miqdori va to’g’ri yig’ib olish jarayonida qat’iy tartib 
o’rnatgan. 
“Amr qildimki, - deb ta’kidlaydi Amir Temur, - raiyatdan xiroj 
yig’ishda uni og’ir ahvolga tushirib qo’yishdan yoki mamlakatni 
qashshoq qilib qo’yishdan saqlanmoq zarur, chunki raiyatni 
xonavayron qilish xazinaning g’ariblashuviga olib keladi. Xazinaning 
g’ariblashib qolishi esa sipohning tarqalib ketishiga sabab bo’ladi. 
Sipohning tarqalib ketishi o’z navbatida saltanatning zaiflashishiga 
olib keladi”
15



Ko’rinib turibdiki, Buyuk Temur davlat byudjeti daro-madlarini 
shakllantirishda soliq to’lovchilarga nisbatan soliq yuklamasini 
oshirib yuborishni
ng salbiy oqibatlarini chuqur his qilgan va o’z 
saltanatida bunga yo’l qo’ymagan. 
Sohibqiron qishloq xo’jaligida soliqni ekindan olingan hosilga 
va erning unumdorligiga qarab belgilashni joriy qilgan. Temur 
saltanatida hosil pishib etilmasdan raiyatdan mol
u jihot olishni qat’iy 
ravishda ta’qiqlab qo’yish ham amal qilganki, soliqqa tortishning 
bunday adolatli printsiplari Yevropa davlatlarining ko’pchiligida hali 
ma’lum emas edi. 
Tashlandiq yoki yangi erlarni o’zlashtirgan shaxslarga soliqdan 
katta imtiyoz berilgan. 
“... amr etdimki, - deyiladi “Temur 
tuzuklarida”, - kimda-kim biron sahroni obod qilsa yoki koriz (er 
ostidan 
o’tkazilgan ariq) qursa, yo biron bog’ ko’kartirsa, yoxud 
biron xarob 
bo’lib yotgan erni obod qilsa, birinchi yili undan hech 
narsa olmasinlar, ikkinchi yili raiyat 
o’z roziligi bilan berganini 
olsinlar, uchinchi yili (esa) qonun-
qoidaga muvofiq xiroj yig’sinlar”
16

Axir bunday fikrlar adolatli soliq siyosatining asosini tashkil 
qilmaydimi?! 
Buyuk Temur o’z zamonasining eng adolatli soliq 
siyosatlaridan birini ishlab chiqqan hamda uni Osiyo va Yevropaning 
katta qismini tashkil etgan bepoyon saltanatida hayotga joriy etgan. 
Demak, Buyuk Temurni uning nazariy qarashlari va amaliy faoliyati 
bo’yicha zamonaviy soliq siyosatining asoschilaridan biri, deyishga 
haqqimiz borligi 
ko’rinib turibdi. Uning davlat byudjeti daromadlarini 
shakllantirish va soliq siyosatini tashkil etish bo’yicha bildirgan 
g’oyalari bugun ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. 
Soliq nazariyasini yaratgan, deb hisoblan
adigan g’arblik olimlar 
ham shu taxlit g’oyalarni “Temur tuzuklari” yozil-gandan 3-4 asr 
keyin boshqacha shakl va so’zlar bilan ifoda-lashganliklarini 
tushunish uchun ularning asarlarini bir bor qiyoslab chiqish etarli. 
Kezi kelganda shuni alohida ta’kidlash kerakki, Buyuk Temur 
yurtimizni mo’g’o’llar zulmidan ozod qilish va Amir Husayn bilan taxt 
uchun uzoq davom etgan kurashlarida xalqqa ularga nisbatan 
adolatli soliq siyosatini taklif etgani ham katta yordam berganligi sir 
emas. 
Yana bir misol. Bobur va boburiylar saltanatining Hindiston 
zaminida o’ta uzoq muddat(1526-1858 yillar), ya’ni 332 yil hukm 
surishida ham xalqparvarlik, jumladan, ortiqcha soliqlar bilan xalqni 
qiynamaslik kabi omillar-ning xizmati beqiyos 
bo’lgan. 
Bobur iqtisodiy, jumladan, moliyaviy tafakkur rivo-jiga juda 
katta hissa qo’shgan. Uning “Boburnoma”, “Mubayyan” va boshqa 
asarlarida”
17
asarlarida iqtisodiy, moliyaviy va soliq siyosatlariga doir 


fikrlari bayon etilgan. U iqtisodiy qonunlarning mohiyatini, 
iqtisodiyotning davlat va jamiyat hayotini belgilovchi ahamiyatini 
yaxshi bilgan. Shuning uchun ham uning iqtisodiy siyosati adolatli va 
keng xalq ommasi uchun mo’’tadil bo’lgan. 
Buyuk Boburning “Mubayyan” asari iymon-e’tiqod, namoz, 
zakot, ro’za va haj kitoblarini o’z ichiga olgan 5 qismdan iborat. 
Zakot kitobida zakot shartlari, zakot beriladigan mollar, naqdina, 
chorva va tijorat mollarining zakoti, zakot farzlari, zakot beriladigan 
shaxslar, zakot berish durust bo’lmagan kishilar, ushr va xirojga doir 
barcha masalalar bo’yicha aniq tavsiyalar berilgan. 
Boburning moliya va soliq sohasidagi xizmatlari bu boradagi 
nazariy masalalarni tadqiq etish bilan cheklanib qolmagan. U moliya 
va soliq bo’yicha o’zi ishlab chiqqan tavsiyalarni saltanatida o’zi 
amaliyotga joriy ham etgan. 
Bobur davlati barpo etilgunga qadar Hindiston hududida hukm 
surgan o’nlab katta-kichik davlatlarning xazinani tashkil etish, uning 
daromadlaridan foydalanish, soliq siyosati, soliq tizimi, soliqlar
turlari va ularni aholidan yig’ib olish tartiboti bir - biridan keskin farq 
qilgan. Har bir rojalikning o’z soliq siyosati bo’lgan. Soliq-larning 
turlari ko’pligi, ularni yig’ib olishning tartibi qat’iy emasligi va soliq 
miqdori juda katta ekanligidan aholi juda qiynalgan
18. 
Bobur Hindiston saltanatining hukmronligi davrida davlat 
xazinasini adolat tamoyillari asosida tashkil etish bo’yicha keng 
qamrovli soliq islohoti o’tkazgan, yagona davlatning yaxlit soliq 
tizimini yaratib, soliqlar miqdorini sezilarli darajada kamaytirgan. 
Avvallar har bitta rojaning o’z qoidalari bo’yicha yig’iladigan soliq va 
yig’imlar Bobur davrida yagona islomiy qoida va tartibot asosida 
olinadigan bo’lgan. 
Ya’ni Bobur o’z davlati hududida yagona soliq tizimi va bir xil 
soliqqa tortish tartibini joriy etgan, soliqqa tortishning muhim manbai 
bo
’lgan ekin eri maydonini o’lchash tizimini takomillashtirgan va 
aniqlashtirgan. 
Bobur saltanatida quyidagi soliq va yig’imlar mavjud bo’lgan - 
yyer solig’i, savdo solig’i, zakot (musulmonlar uchun), jiz’ya 
(nomusulmonlar uchun), o’lpon to’lovlari, tuz solig’i, urushlardan 
olinadigan o’ljalarning beshdan bir qismi, zarb qilingan pullar, 
musodara qilingan egasiz mollar va 
sovg’alar. 
Bulardan tashqari mahalliy ehtiyojlar uchun ishlatila-digan 
soliqlar ham mavjud bo’lib, ularni mahalliy hoki-miyat yig’ib olgan 
(mazkur soliqlar “ahbob” deb atalgan). 
Bobur kambag’al aholiga soliqlar bo’yicha katta imtiyoz-lar 
bergan. Buning uchun soliqlar miqdori engillashtirilgan hamda 


soliqlarning ma’lum qismini boy-badavlatlar davlatga emas, beva- 
bechoralarga berishgan. Masalan, islo-
miy qoidaga ko’ra, “zakot” 
solig’i muhtoj oilalarga tarqa-tilgan. Bobur musulmonlardan 
olinadigan “tamg’a” solig’ini bekor qilgan. 
Boburning 
qator 
farmon 
va 
hukmlari 
Hindistonning 
iqtisodiyotini rivojlantirish va moliyaviy hamda harbiy ahvolini 
yaxshilashga katta hissa qo’shgan. 
Bobur xalqaro iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish davlatning 
iqtisodiy qudratini oshirishning muhim omili ekanligini yaxshi 
tushungan. Uning bu xususdagi qarashlari “Boburnoma”da
atroflicha ifodalangan. 
Shu bois savdogarlarga katta engillik va imtiyozlar berilgan. 
Savdo ahlidan olinadigan soliq va yig’imlar miqdori mo’’tadil, adolatli 
va oshkora bo’lgan. Sotiladigan mahsulotlar miqdorining oshishi 
soliqlar hissasining kamayishiga olib kelgan va savdo rivojiga katta 
ijobiy 
ta’sir ko’rsatgan. Xorijiy savdogarlarga bir qator engilliklar 
beril-
gan. Agar savdogarlar islom davlatlaridan kelgan bo’lsa-lar, 
daromadlarining 5 foizi miqdorida soliq to’lashgan. Nomusulmon 
davlatlardan kelgan savdogarlar esa o’z yurtlarida musulmon 
sa
vdogarlardan olinadigan miqdorda soliq to’lashgan. 
Boburning soliq sohasida boshlagan islohotlarini uning 
nevarasi Buyuk Akbar oxiriga etkazgan. U saltanatning barcha 
xalqlariga nisbatan bir xil va adolatli soliq siyosatini yaratgan. Akbar 
amalga oshirgan soliq islohoti natijasida yagona soliq idoralari tizimi 
hamda soliq-
larni to’g’ri hisoblash maqsadida bir xil og’irlik va 
miqdor o’lchov tartibi joriy etilgan. U musulmon bo’lmagan aholi 
to’laydigan “jizya” solig’i va jon solig’ini bekor qilgan. Avval natura 
shaklida olingan va miqdori hosilning uchdan bir qismiga teng 
bo’lgan yyer solig’ini pul shaklida yig’ish tizimiga o’tkazgan. Buning 
natijasida soliq to’lash uchun dehqon mahsulotini bozorda sotishi 
shart bo’lganligi Hindistonda tovar-pul munosabatlari keskin rivojla- 
nishiga va iqtisodiy o’sish sur’atlarining oshishiga iqtiso-diy zamin 
yaratgan. 
Vazifalari aniq belgilab qo’yilgan yagona soliq ido-ralari 
tizimining barpo etilishi, soliqlarni pul shaklida yig’ishning joriy 
etilishi, soliq yig’imlari miqdorining aniqligi, hisob-kitoblarning 
puxtaligi soliqchilarning boshboshdoqligini keskin kamaytirgan. Bu 
tadbirlar soliq yig’uvchilar soliqlarni o’g’irlay olmaydigan tizim 
yaratish uchun xizmat qilgan. 
Buyuk Akbar hosil yaxshi bo’lmagan va ocharchilik davrida 
soliq olmaslik imtiyozini joriy etgan, muhtoj aholiga zarur hollarda pul 
va g’alla bilan qarz berish tartibini amaliyotga kiritgan. 


Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, o’zlaridan oldin mavjud bo’lgan 
davlatlarga nisbatan aholining barcha qatlamlari uchun adolatli va 
engil soliq siyosati yaratil-ganligi Hindiston hududida Boburiylar 
saltanati uzoq davr hukm surganligining muhim sabablaridan biri 
bo’lgan. 
Buyuk vatandoshimiz Xoja Ubaydulloh Ahror moliyaning o’ta 
muhim bo’g’ini bo’lgan soliq amaliyotining rivojiga ulkan hissa 
qo’shgan, u kishining ayrim xatti-harakatlari esa xalqqa soliqdan 
qator engilliklar berilishiga sabab bo’lgan. 
Xoja Ubaydulloh Ahror (1404-
1490 yillar) o’z zamona-sining eng 
obro’li va buyuk mutafakkiri, Bobur ta’biri bilan aytganda, “xojalar 
xojasi, ulug’lar ulug’i” bo’lgan. U kishi o’zi yashab o’tgan 15 asrda 
islom olamining diniy, siyosiy, ma’rifiy va iqtisodiy hayotida juda 
katta o’rin tutgan. Biz bu yerda ul buyuk zotning moliya va soliq 
sohasida qilgan xizmatlari haqida fikr yuritamiz. 
Ayrim islom davlatlarida XV asrda o’zaro taxt uchun kurashlar 
natijasida oddiy xalq ahvoli og’irlasha borgan. Masalan, temuriylar 
davlatida shariat tomonidan belgi-langan ushr, mol va zakotlardan 
tashqari har xil vaqtlarda turli munosabatlar bilan olinadigan soliqlar 
soni 30 taga etgan. Ulardan ayrimlari (tamg’o, yorg’u) mo’g’ullar 
hukmron-
ligi davrida joriy etilgan bo’lib, ba’zi vaqtlarda hali ham 
qo’llanib kelardi. Ana shunday bir sharoitda Xoja Ahror musulmonlar 
boshidan jabr-zulmni daf etmoq uchun din va shariatni dastur qilgan 
holda sultonlarga murojaat qilib, masalani ijobiy hal etardi. 
Turli masalalar bo’yicha islom davlatlari rahbarlari va boshqa 
zamondoshlariga yozilgan nomalari 
– “ ruqa” deb atalgan va 
ularning ko’pchiligi turli to’plamlar orqali bugungacha etib kelgan. 
Ana shu “ruqa”larning uchinchi turkumi iqtisodiy, savdo va soliq 
masalalariga bag’ishlangan. Bu “ruqa”larda Xoja Ahror oddiy 
xalqning soliq bo’yicha huquqlarini himoya qilishga ham katta e’tibor 
qaratgan. 
Xoja Ahror hatto sar
oy xizmatidan voz kechmoqchi bo’lgan 
Alisher Navoiyga xat yozib, aytadi: «...Eshitishimcha, onhazrat, ya’ni 
sultonga mulozamat qilishchdan goho malomat chekar ekansiz. 
Iltimos shuki, musulmonlarga madad etkazmoq va biror faqirning dili 
mushkullikdan xalos 
topib, shod bo’lmog’i uchun xotiri sharifingizni 
saroy xizmatidan uzmang... Biror kishi ham musulmonlar g’amini 
eyishni o’ylamay qo’ygan bu vaqtda ularga g’amxo’rlik qilish — eng 
xayrli ishdir!..» 
Manbalarda ko’rsatilishicha, Xoja Ahror o’z zamonasining eng 
yirik tadbirkorlaridan biri bo’lgan. Chunonchi, "Rashahot" asari 
muallifi Faxriddin Ali Xoja Ahror erlari Toshkent viloyatidan to 


Amudaryo sohillarigacha bo’lgan hududda 1300 dan ortiq 
ekinzorlarni tashkil etganini eslatadi. Lekin bu mulklarning katta 
qi
smi soliqlar zulmidan ozor chekkan shaxslarning o’z erlari va 
tadbirkorliklarini ixtiyoriy suratda Xoja Ahrorga berishlari tufayli 
tashkil topgan. Chunki Xoja Ahrorning hukmdorlar oldidagi nufuzi 
shari-atda belgilangandan (ushr, mol, zakot) tashqari favqulodda 
soliqlarni mehnatkashlar gardaniga yuklashdan ularni himoya etgan. 
Xoja Ahror rasman mulkni olgan, lekin amalda uni oldingi egasi 
ishlatib, foydasini o’zi olavergan. Dehqonchilik, chorvachilikdan 
tashqari Xoja Ahrorning shahar-larda ham hunarmandchilik rastalari, 
ustaxonalari bo’lgan va bulardan ham katta daromad kelib turgan. 
Lekin Xoja Ahror o’z xo’jalik faoliyatidan olgan daro-madning 
katta qismini aholi boshiga tushgan og’ir soliqlarni to’lash, diniy va 
madaniy qurilishlarni amalga oshirish kabi ishlarga sarflagan. 
Chunonchi, Umarshayx Mirzo Toshkent aholisidan 250 000 dinor 
hajmida soliq talab qilganida Xoja Ahror bu mablag’ning hammasini 
o’zi to’lab, yana 70 000 dinorni ham soliq yig’uvchilarga topshirgan. 
Muxtasar aytganda, Xoja Ubaydulloh Ahror 
o’z davrida davlat 
xazinasini tashkil etish va aholini soliqqa tortish jarayonida adolat 
mezonlariga rioya qilish sohasida hukmdorlarga takliflar bergan va 
o’z amaliy harakatlari bilan ularga o’rnak ko’rsatgan. 
Yusuf Xos Hojib tomonidan 1069-1070 yillarda yozil-gan 
“Qutadg’u bilik” (“Saodatga eltuvchi bilim”), Nosiriddin Burhoniddin 
o’g’li Rabg’uziyning “Qisasi Rabg’uziy”(1310 yil) asarlari, Ulug’bek 
Mirzo(1394-1449)ning islohotlari ham mazkur sohada muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy (1441-
1501) “Hilo-liya”, 
“Vaqfiya, “Mahbub ul- qulub” (“Ko’ngillarning sevgani”), “Saddi 
Iskandariy” (“Iskandar devori”) kabi qator asar-larida adolatli davlat, 
adolatli soliq masalalari bo’yicha o’z fikr-qarashlarini bayon etgan. 
Bundan tashqari, Alisher Navoiy katta saltanatning vaziri va 
bosh vaziri lavozimlarida faoliyat ko’rsatgan davrida aholi uchun 
soliq miqdorining adolatli bo’lishi uchun kurashgan. 
Biz moliya haqidagi fanning tarkib topishida g’arblik olim va 
mutafakkirlarning xizmatlarini inkor etish niyatidan uzoqmiz. 
Haqiqatdan ham ular zamonaviy moliya nazariyasi va 
amaliyotining asoschilari hisoblanishadi. Bunga hech kim shubha 
qilayotgani 
yo’q. 
Lekin ular moliyaviy masalalar haqida fikr yuritishar ekanlar, 
insoniyat tarixida o’zlaridan oldin yaratilgan asarlar, g’oyalar va oldin 
hukmronlik 
qilgan 
podsholarning 
amaliy 
faoliyatlariga 
tayanishganligi negadir ko’pchiligi-mizning esimizdan chiqib 


qolmoqda. Biz darslikning bu qismida mazkur masalaga oydinlik 
kiritishga harakat qildik. 
Moliya va, ayniqsa, soliqlar iqtisodiyotning shunday keng 
qamrovli sohasiki, ular jamiyat a’zolarining mutloq ko’pchilik qismi 
hayotiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Soliq siyosati, uning mazmuni, 
amal qilish shakl va vositalari barcha soliq to’lovchilarni qiziqtirishi 
o’z-o’zidan tushunarli. Qolaversa, mustaqillikni yaqinda qo’lga 
kiritgan 
davlat-larda 
soliq 
mexanizmi 
hali 
shakllanish 
va 
takomillashish bosqichlarini o’z boshidan kechirmoqda. Shu o’rinda 
mamla-
katimizda soliq kontsentsiyasini takomillashtirish bo’yicha 
2018 yil davomida olib borilgan amaliy harakatlar va munozaralarni 
eslatib o’tish mumkin. Shu sabablarga ko’ra mamlakatimizda so’nggi 
yillarda soliqlar bilan bog’liq muammolar tobora ko’proq kitob, 
maqola va ilmiy tadqiqot-
larga mavzu bo’layotganligini tabiiy bir hol 
sifatida qabul qilish mumkin. 
Mazkur masalaga oid ilmiy-ommaviy adabiyot, ayniqsa, 
dissertatsiyalar bilan tanishish jarayonida yuzaga chiqadigan qiziq 
bir holat kishini o’ylashga majbur qiladi. Sobiq sho’rolar davrida 
iqtisodiy, shu jumladan, moliya va soliq nazariyasi bilan 
shug’ullanadigan olimlar o’z tadqiqotlarini asosan K.Marks, F. 
Engels va V. Lenin asarlariga tayangan holda amalga oshirishar edi. 
Bolsheviklar imperiyasi parchalanishi bilan bog’liq ob’yektiv 
sabablarga ko’ra marksizm-leninizm ta’limoti asoschilari iqtisodiy 
fanlar cho’qqisidan tushib ketishdi va bu borada muayyan bo’shliq 
paydo bo’ldi. Ulardan keyin moliya va soliq masalalari bo’yicha 
yozilayotgan risola, maqola va ilmiy tadqiqotlar mualliflari mazkur 
vakuumni asosan g’arb asarlari hisobiga to’ldira boshlashdi. 
Asar, mabodo zamonaviy moliya-soliq siyosati va uning eng 
dolzarb muammolari haqida yozilayotgan bo’lsa, bunday 
yondoshishni ma’qullash mumkin. Lekin hatto moliya va
soliqlarning tarixi, ularning paydo bo’lishi, rivojlanish bosqichlari
ob’yektiv sabablarga ko’ra o’ziga xos xususi-yatlarga ega bo’lgan 
sharq davlatlarida moliya-soliq siyosatining shakllanishi kabi 
masalalarni tadqiq qila-
yotganda ham tadqiqotchilar o’z fikr- 
mulohazalarini bayon qilish jarayonida ko
’proq g’arb olimlari 
asarlariga tayanishmoqda. 
Masalan, soliqlar haqida tayyorlangan har qanday ilmiy 
tadqiqotda mavzuning o’rganilganlik darajasi Vilyam Petti, Adam 
Smit, David Rikardo kabi g’arblik klassik olimlarning soliqlarga oid 
qarashlarini tahlil etish bilan boshlanishi taomilga kirib qoldi.
Soliqlar haqidagi fanning paydo bo’lishi ham asosan yuqorida 
nomlari zikr etilgan olimlarning xizmatlari, degan xulosa allaqachon 


hammamizning qon-qonimizga singib ketdi. 
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan va o’z oldiga shunday maqsad 
qo’ygan davlatlarda amal qilayotgan moliya-soliq siyosati va uning 
zamonaviy muammolari tadqiq qilingan asarlarning «foydalanilgan 
adabiyotlar ro’yxati» qismida ham asosan yana g’arblik olimlarning 
nomlarini ko’ramiz. qaysi dissertatsiya, kitob yoki maqolani olib 
qaramang, ular S. Bryu, J Keyns, M.Kempbel, Ya.Kornai, K. 
Makkonell, J. Lourens, P. Samuelson, Y. Shumpeter, M. Fridman 
kabi olimlar asarlari bilan boshlanib, yana o’shalar bilan tugaydi. 
G’arblik olimlardan keyin sobiq sovet va zamonaviy rus olimlari 
asarlari, va nihoyat, oxirida o’zbek olim-lari tadqiqotlari tilga 
olinadi. 
Bizning fikrimizcha, masalaga bu taxlit yondoshish tarixiy 
voqelikka to’g’ri kelmaydi va uni o’zgartirish fursati allaqachon etib 
keldi. 
Masalan, soliqqa tortishning umumiy printsiplari birinchi bor 
Adam Smit, Vilyam Petti va David Rikardo asarlarida ishlab 
chiqilgan, deb hisoblanadi. Bu o’rinda ortiqcha e’tirozimiz yo’q. 
Negaki, klassik siyosiy iqtisod asoschilari bo’lmish ingliz olimlari V. 
Petti (1623-
1687 yillar) “Soliqlar va yig’imlar haqidagi risola” (1662 
yil), A.Smit (1723-
1790 yillar) “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari 
to’g’risida tadqiqot” (1776 yil), D.Rikardo (1772-1822 yillar) “Siyosiy 
iqtisod va soliqqa tortish asoslari” (1817 yil) kabi mashhur asarlarida 
soliq fani sohasida haqiqatdan ham katta xizmat qilishgan. 
Lekin hamma gap shundaki, moliyaning alohida fan va soha 
sifatida shakllanishi jarayonida xalqimizning yuqo-rida nomlari zikr 
etilgan buyuk farzandlarining ham muhim hissasi bor ekanligini tan 
olish kerak. 
Yana shuni alohida ta’kidlash lozimki, bunday holat faqat 
moliya va soliqlar masalasi bilan chegaralanib qolmagan. Ming 
taassufki, adabiyot va fanning boshqa sohalarida ham hozirgacha 
“oldingdan oqqan suvning qadri yo’q”, qabilida yashab kelayotgan 
xalq ekanligimiz sir emas. Shoiru-olimlarimiz yozayotgan kitob, 
maqola, o’tkazayotgan ilmiy tadqiqotlarida, televidenie va radiodagi 
chiqish-
larida ko’proq g’arb asarlariga tayanish kasalligidan 
hozirgacha qutula olishmayapti. 
Hatto kundalik hayotimiz va o’zaro 
suhbatlarimizda ham Buyuk Navoiy, Boburlardan emas, Shekspir 
yoki Gyotelardan ko’proq misol keltiramiz... 
Agar bobolarimiz tomonidan o’z vaqtida mazkur masa-lalar 
bo’yicha biror jo’yaliroq fikr aytilmaganda bunchalik xafa bo’lishga 
asos yo’q edi. 
Ming afsuslar bo’lsinkim, hozirga qadar ajdodlari-mizning 


moliya sohasidagi buyuk merosi etarli darajada o’rganilmagan va 
o’zining haqiqiy bahosini olmagan. Sobiq sho’rolar davrida biz buyuk 
merosimizni bilmas edik, Al-
Farg’oniy, Imom Buxoriy, At-Termiziy, 
Marg’inoniy, Motu-ridiy kabi allomalarimizning xizmatlari u yoqda 
tursin, hatto nomlarini ham eshitmagan edik. Mustaqillik sharo-fati 
bilangina biz ularni bila boshladik. 
Mazkur holatga chek qo’yish uchun ajdodlarimiz qoldir-gan 
buyuk merosni sinchiklab o’rganish talab etiladi. Lekin bu oson va 
tez fursatda hal bo’ladigan ish emas. Negaki, ularning asarlari eski 
o’zbek(turk), arab va fors tillarida va boshqa imloda, ya’ni arab 
alifbosida bitilgan. 
Istiqlol yillarida mavjud qiyinchiliklarga qara-masdan asrlar 
davomida jahon mamlakatlari va xalqlari o’rtasida o’zining munosib 
o’rniga ega bo’lgan va oldiga buyuk maqsadlarni qo’ygan davlatimiz 
o’z ajdodlari merosini tobora kengroq ko’lamda o’rganmoqda. 
2016 yildan boshlab ajdodlarimiz 
merosini o’rganish-ga e’tibor 
yanada 
kuchaydi. 
Bu 
borada 
O‘zbekiston 
Respu-blikasi 
Prezidentining qator farmon va qarorlari qabul qilindi, nufuzli 
tadbirlar 
o’tkazildi. 
Jumladan, Samarqandda 2017 yilning 28-30 avgust kunlarida 
YuNESKO shafeligida 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin