T. Malikov O. Olimjonov moliya


Davlat byudjetining xarajatlari



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə109/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Davlat byudjetining xarajatlari


Davlat byudjetining xarajatlari umumiy moliyaviy kategoriya bo’lgan davlat byudjetiningko’rinishlaridan biri bo’lib, unga tegishli bo’lgan umumiy xususiyatlarga egadir. Ya’ni ular taqsimlash xarakteriga ega, ifodalanishning pul shakli xos, pul fondlarining amal qilishi bilan bog’langan va davlat tomonidan tashkil qilinadi. Shu bilan birgalikda davlat byudjetining xarajatlari bir butunning o’ziga xos qismi bo’lganligi uchun ular davlatning markazlashtirilgan pul fondlari mablag’laridan foydalanish va tegishli fond-larni shakllantirish bilan bog’liqdir. Bu taqsimlash munosabatlarining moddiy-buyumlashgan shakli turli soha-larga yo’naltirilayotgan davlat byudjeti mablag’larining hara-katidan iborat.


Davlat byudjetining xarajatlari xarajatlarning konkret turlari orqali namoyon bo’ladi. Davlat byudjeti xarajatlari turlarining xilma-xilligi esa, o’z navbatida, quyidagi omillarning mavjudligi bilan belgilanadi: davlatning iqtisodiy tabiati va funksiyalari; mamlakatning ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyot darajasi; davlat byudjetiningmilliy iqti-sodiyot bilan bog’langanligi; iqtisodiy munosabat-larning rivojlanganlik


68 Davlat byudjeti daromadlariga oid ushbu paragrafda ko’tarilgan masalalarning aksariyati, ma’lum ma’noda biroz takrorlashlar bo’lishiga qaramasdan, darslikning 17-bobi doirasida batafsilroq ko’rib chiqiladi.
darajasi; davlat byudjeti mablag’larining namoyon bo’lish shakllari va h.k.
Jamiyatning iqtisodiy hayotida davlat byudjeti xarajatlarining roli va ahamiyatini aniqlash uchun ularni ma’lum belgilarga ko’ra turkumlashtirish maqsadga muvofiq. Ular o’zlarining iqtisodiy mazmuni, ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli, ishlab chiqarish tarmoqlari va faoliyat turlari, ijtimoiy mo’ljallanganligi bo’yicha va ma’lum maqsadlariga ko’ra alohida guruhlarga ajratilishi mumkin.
Iqtisodiy mazmuniga ko’ra davlat byudjetining xara-jatlari kapital va joriy xarajatlarga bo’linadi.
Davlat byudjetiningkapital xarajatlari innovatsion va investitsion faoliyatga yo’naltirilgan xarajatlardir. Bu xarajatlarning tarkibiga:

    1. tasdiqlangan investitsion dasturga muvofiq harakat-dagi yoki yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga investitsiyalar uchun mo’ljallangan xarajatlar;

    2. yuridik shaxslarga investitsion maqsadlar uchun davlat byudjeti kreditlari sifatida beriladigan mablag’lar;

v) kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan kapital ta’mirlashni amalga oshirish xarajatlari va shu bilan bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlar;
g) amalga oshirilishi davlat mulkiga tegishli bo’lgan mulk miqdorini oshirish yoki uni yangidan yaratishga olib keladigan xarajatlar;
d) davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy turkum-lanishiga muvofiq davlat byudjetiningkapital xarajatlari tarkibiga kiritiladigan boshqa xarajatlar.
Davlat byudjetining kapital xarajatlari tarkibida Taraqqiyot byudjeti shakllantirilishi mumkin.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin